MAKTABGAÇA TAʼLIM TAŞKILOTLARIDA PEDAGOGLAR FAOLIYaTIGA EʼTIBOR KUÇAYTIRILMOQDA
Pedagogikaning boş masalasi tarbiya sanaladi. Tarbiya jarayonida esa bolaning ongi, his-tuyğulari şakllanadi. Maktabgaça taʼlim pedagogikasi bolalarning, yoş va individual xususiyatlarini eʼtiborga olgan holda ularning har tomonlama rivojlanişini taʼminlaşga xizmat qiladi.
Maktabgaça taʼlim taşkilotlari pedagog-tarbiyaçilari yoş avlodni jamiyatga munosib, komil insonlar qilib tarbiyalaşdek muhim va masʼuliyatli vazifani bajaradi. Öz navbatida tarbiyaçining dunyoqaraşi kengligi, bilimi taʼlim-tarbiyada katta ahamiyat kasb etadi. Şu bois ularning malakasini, mahoratini oşirib borişga alohida eʼtibor qaratiladi.
Tumandagi MTTlarda jami 803 nafar pedagog-xodimlar faoliyat yuritib kelmoqda. Şulardan 349 nafari oliy maʼlumotli, 454 nafari örta maxsus maʼlumotli pedagog-tarbiyaçilar hisoblanadi. Şundan 725 nafari davlat MTTlarida, 83 nafari nodavlat maktabgaça MTTlarida faoliyat yuritadi. Uşbu pedagog-tarbiyaçilar belgilangan reja asosida malaka oşirib, iş tajribalarini kengaytirib kelmoqda. Şuningdek, pedagog-tarbiyaçilarning kasbiy konpetentsiyasini şakllantirişga qaratilgan “Kaskad” usulidagi seminar-treninglar muntazam ravişda ötkazilmoqda. Seminarlar va taşkil etilayotgan öquv jarayonlarida ularga tarbiya maskanlarida foydalanilayotgan “Ilk qadam” dasturining ahamiyati, unda közlangan öqitişning pedagogik maqsadlari tuşuntirib boriladi. Dastur pedagoglarga bolalar uçun rağbatlantiruvçi öqitiş muhitini qanday qilib yaratişga, bunga ota-onalarni ham qay yöl bilan jalb qilişni tuşuniş va bilib olişga yordam berişini anglatadi.
Yoş avlodning kelajakda komil inson bölib voyaga yetişi bugun maktabgaça taʼlim taşkilotlarida berilayotgan taʼlim-tarbiyaga boğliq. Mazkur jarayon ota-ona bilan bir qatorda tarbiya maskanlaridagi pedagoglardan ham ulkan masʼuliyat talab etadi. Yuqori kasbiy mahorat, malakaga ega bölgan pedagog-tarbiyaçilar kelajak avlodning yetuk va barkamol insonlar bölib voyaga yetişlariga munosib hissa qöşişadi.
Soliya Bobojonova, tuman MTBning Davlat va nodavlat maktabgaça taʼlim taşkilotlari faoliyatini hamda öqitişning muqobil şakllarini taşkil etiş şöʼba mudiri.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶