FIZIKA FANI BILIMDONLARI ANIQLANDI
Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-martdagi “Fizika sohasidagi taʼlim sifatini oşiriş va ilmiy tadqiqotlarni rivojlantiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi Qarorining 1-ilovasi bilan tasdiqlangan “Kompleks çora-tadbirlar dasturi”ning 14-15-bandlarida Davlat va nodavlat taʼlim taşkilotlari bilan hamkorlikda fizika fani böyiça tanlovlar va musobaqalar taşkil etiş vazifasi yuklangan.
Dasturda belgilangan vazifalarning ijrosini taʼminlaş maqsadida “Umumiy örta taʼlim muassasalari öquvçilari örtasida fizika fanidan tanlovlar va musobaqalarni taşkil etiş töğrisida” Taʼlim sifatini nazorat qiliş davlat inspeksiyasi hamda Xalq taʼlimi vazirligining qöşma Qarori tasdiqlangan. Unga köra, Xalq taʼlimi vazirligi va nodavlat taʼlim taşkilotlari bilan hamkorlikda umumiy örta taʼlim muassasalarining 7-8 va 9-10-sinflar öquvçilari örtasida fizika fanidan tanlovlar va musobaqalarni ötkaziş rejalaştirilgan.
Uşbu belgilangan vazifalarning ijrosini taʼminlaş maqsadida Amudaryo tumani Xalq taʼlimi bölimiga qaraşli umumiy örta taʼlim muassasalarining 7-8 va 9-10-sinflar öquvçilari örtasida 38-sonli umumtaʼlim maktabida fizika fanidan tanlov bölib ötdi.
Avvalo, tanlov ötkaziladigan xonalar fizika faniga oid körgazmali vositalar bilan jihozlandi. Tanlov iştirokçilari yoşi va qaysi sinfdaligiga muvofiq alohida guruhlar tuzildi. Tanlovning işonçli va şaffof ötkazilişini taʼminlaş maqsadida tanlovning ötişini tajribali fizika fani öqituvçilaridan iborat masʼul hayʼat aʼzolari sinçkovlik bilan kuzatib bordilar.
Şaffoflik asosida, döstona vaziyatda ötkazilgan tanlovda öquvçilar fizika faniga oid savollarga javob berdilar, maktab dasturi doirasidagi masalalarni yeçdilar hamda nazariy bilimlarini laboratoriya maşğulotlari orqali amaliy ifoda etdilar.
Nihoyatda döstona va samimiy ruhda ötgan fizika fani böyiça tanlovda haqiqiy fizika bilimdonlari aniqlandi.
Tanlov natijlariga köra, 7-8-sinf öquvçilari orasida 1-örinni 14-sonli maktabning 8-sinf öquvçisi Araylim Tajiboyeva, 2-örinni 32-sonli maktabning 8-sinf öquvçisi Jasurbek Umarov, 3-örinni 12-sonli maktabning 8-sinf öquvçisi Ixlosbek Bozorboyev, hamda 9-10-sinf öquvçilari orasida esa 1-örinni 40-sonli maktabning 9-sinf öquvçisi Sevinç Jabborberganova, 2-örinni 56-sonli maktabning 10-sinf öquvçisi Şerali Karimov, 3-örinni 18-maktabning 10-sinf öquvçisi Jasurbek Töliboyev egalladilar va ğoliblar tanlovning Qoraqalpoğiston Respublikasi bosqiçida qatnaşiş uçun yöllanmani qölga kiritdilar.
Robiya YÖLDOŞEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶