“YaŞIL MAKON” LOYIHASI TUFAYLI YaŞIL MAYDONLAR KENGAYaDI
Prezidentimiz tomonidan respublikamiz böylab “Yaşil makon” umummilliy loyihasi doirasida daraxt va buta köçatlarini ekiş hamda yaşil maydonlarni köpaytiriş dolzarb vazifa qilib belgilab berildi. Loyiha asosida eʼlon qilingan “Dolzarb 40 kunlik” tadbiri doirasida Amudaryo tumanida ham keng kölamli işlar amalga oşirilmoqda. Dastlabki lavhamiz şu xususida.
Daraxtlar havodagi zararli karbonat angidridni yutib, kislorodga aylantiradi va havo musaffoligini saqlab turadi. Yaşil daraxtlar bahor, yoz, kuz fasllarida çor-atrofga fayz bağişlab, oftob tiğidan, çang töğonlardan asraydi. Biroq, daraxtlarni ekib köpaytirişga, borini parvarişlab, avaylaşga doimo ham eʼtibor beravermaymiz. Aksinça, öz nafsini öylagan baʼzilar ehtiyoj uçun daraxtlarni kesişdan ham, örmonlarga zarar yetkazişdan ham toyişmayapti. Bu hol faqat bizning yurtimizga xos emas. Maʼlumotlarga köra, hozirgi kunda dunyo böyiça 3 trln. atrofida daraxt mavjud, biroq har bir daqiqada ularning 24 ta futbol maydoniga teng qismi kesilmoqda.
Agar ahvol şu zaylda davom etsa, yozda issiqdan, qişda sovuqdan pana qiladigan, çor-atrofimizdagi şovqin-surondan himoya qiladigan, rizqimiz yetiladigan mevali daraxtlarga, atrofga fayz berib turgan manzarali daraxtlarga qiron keltiraversak, oxiri nima böladi?
Buningdek ayançli oqibatning oldini oliş yuzasidan barça mamlakatlarda bölgani kabi bizning yurtimizda ham köpgina amaliy işlar qilinayapti.
Prezidentimiz taşabbusi eʼlon qilingan “Yaşil makon” umummilliy loyihasi ham bu boradagi ezgu qadamlardan biridir. Loyiha doirasida har yili 200 million tup daraxt va buta köçatlarini ekiş rejalaştirilgan. Natijada yaşil makonlar kengayadi. Bunda har bir hududning tabiatiga mos, odamlarda allergiyalar keltirib çiqarmaydigan manzarali, mevali daraxtlar va butalarni ekiş közda tutilganligi ayniqsa ahamiyatlidir.
Tumanimizda ham “Yaşil makon” umummilliy loyihasi doirasida köçat ekiş işlari qizğin davom etmoqda. Korxona, taşkilotlar, öquv muassasalari, xodimlari, ovul va mahallalar aholisi bu harakatda faol iştirok etmoqdalar. Şuningdek, tuman Obodonlaştiriş boşqarmasi, fermer xöjaliklar işçilari ham jalb etilgan.
2021-yil kuz, 2022-yil bahor mavsumida tumanimiz ovul va mahallalari hududlariga 271 ming 500 tup manzarali, mevali daraxtlar, butalar ekilişi rejalaştirilgan. Şu kungaça esa 47 ming tupdan ortiq köçatlar ötqazildi.
Tumanimizdagi fermer xöjaliklari ekin yer maydonlari çetlariga, ariqlar böylariga 2021-yil kuz va 2022-yil bahor mavsumlarida 43 million 618 ming tup virgen arçasi, jiyda, tut, terak, yonğoq, uzum kabi mevali va manzarali daraxtlar, butalar ekilişi rejalaştirilgan edi.
Ayni kunlarda bu borada qizğin işlar olib borilayapti. Tuman miqyosida korxona, taşkilotlar, davlat idoralari xodimlari, umumiy örta taʼlim muassasalari öqituvçi va öquvçilari öz hududlarini yaşil maydonga aylantiriş maqsadida köçat ekiş işlarini uyuşqoqlik bilan olib bormoqdalar.
“Yaşil makon” – bu şunçaki loyiha emas. Yaqin yillar içida ekologik muammolar tobora avj olayotgan yurtimiz yaşil qiyofa kasb etadi, osmonimiz musaffo, çor-atrof yanada fayzli böladi.
Buning uçun esa har bir yurtdoşimizni loyiha doirasidagi tadbirlarda faol iştirok etib, mevali va manzarali daraxt köçatlarini ekkan holda xayrli işga hissa qöşişga çaqirib qolamiz.
Oygul RAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶