22.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
22.09.2026, 02:42
Fan va taʼlim 👁 280

OʻQUVChILARGA DAVLAT XIZMATLARIDAN ELEKTRON FOYDALANISh AFZALLIKLARI TARGʻIB ETILDI

OʻQUVChILARGA DAVLAT XIZMATLARIDAN ELEKTRON FOYDALANISh AFZALLIKLARI TARGʻIB ETILDI

Mamlakatimizda kelajak avlodni har tomonlama barkamol va bilimli qilib tarbiyalashga juda katta eʼtibor qaratilmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 11-apreldagi “Davlat xizmatlari koʻrsatish tizimini jadal rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Qaroriga muvofiq Davlat xizmatlari markazlari barcha umumiy oʻrta va kasb-hunar taʼlimi muassasalarining bitiruvchi sinf oʻquvchilarida zarur bilim va koʻnikmalarni shakllantirishga qaratilgan «Davlat xizmatlaridan foydalanish madaniyati» mavzusida oʻquv-seminarlari oʻtkazish amaliyoti joriy etilgan edi. Shunga koʻra, tuman Davlat xizmatlari markazi va tuman Xalq taʼlimi boʻlimi bilan birgalikda  umumiy oʻrta taʼlim maktablarida bitiruvchi sinf oʻquvchilarining Davlat xizmatlaridan elektron foydalanish bilim va koʻnikmalarini oshirish maqsadida oʻquv-seminar tashkil etish rejasi tasdiqlangan. Rejaga muvofiq tumandagi barcha umumiy oʻrta maktablarida oʻquv-seminar oʻtkazilmoqda.

Yaqinda Amudaryo tumanidagi 9-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabining bitiruvchi sinf oʻquvchilariga ham «Davlat xizmatlaridan elektron foydalanish bilim va koʻnikmalarini oshirish» boʻyicha  oʻquv-seminari oʻtkazildi.

Tadbirda tuman Davlat xizmatlari markazi boʻlim boshligʻi Umida Safarboyeva, aloqa operatori Joʻrabek Xudoyberganovlar kun tartibidagi masalalar yuzasidan maʼruza qildilar. Shuningdek, oʻquvchi-yoshlarning bu boradagi bilimlarini sinovdan oʻtkazish maqsadida savol-javoblarga ham keng oʻrin berildi. Oʻquv-seminar davomida oʻquvchi yoshlar davlat xizmatlari, turlari, ulardan elektron foydalanish afzalliklari va qulayliklari  haqida oʻzlarini qiziqtirgan savollarni berib, javoblar olishdi.

Bu kabi tadbirlarning oʻtkazilishi yosh avlodning kelajak hayotida muhim oʻrin egallashi shubhasiz. Boisi bugungi kunda davlat xizmatlari sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar ularning komil inson boʻlib, har sohada yetuk mutaxassis boʻlib yetishiga xizmat qiladi.

Tuman Davlat xizmatlari markazi orqali koʻrsatilgan hamda internet tarmogʻi orqali foydalanilgan davlat xizmatlari soni joriy yilning oʻtgan davrida 62 ming 18 tani tashkil qiladi. Shu jumladan 1 ming 533 davlat xizmatidan internet tarmogʻi orqali, 60 ming 485 davlat xizmatlari tuman Davlat xizmatlari markazlari orqali koʻrsatilgan.

Davlat xizmatlaridan elektron shaklda foydalanishda fuqarolar bir qancha qulayliklar yaratilmoqda. Shu boisdan internet tarmogʻi orqali davlat xizmatlaridan foydalanish borasida oʻtgan yillarga nisbatan koʻrsatkichlar yuqori darajada. Bunda tumandagi umumiy oʻrta taʼlim maktablarida tuman Davlat xizmatlari markazi xizmatlaridan elektron foydalanish afzalliklari keng targʻib etilayotganligining ulkan oʻrin bor.

O.RAJABOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026