“DIQQAT, PIYoDA” TADBIRI NAMUNALI ÖTKAZILDI
Yöllar tasodiflarga töla, köngilsiz hodisalar tez-tez sodir bölayotgani heç kimga sir emas. Buni ayrimlar yöllarda transport vositalarining köpligi bilan izohlaşadi. Aslida esa piyodalar, transport vositalarini boşqarayotganlarning barçasi yöl harakati qoidalariga rioya qilganlarida edi, baxtsiz yöl hodisalari sodir bölmas edi.
Piyodalar bilan boğliq yöl-tarnsport hodisalarining oldini oliş, ularga yöl harakati qoidalarini tarğib, etiş maqsadida Qoraqalpoğiston Respublikasi Içki işlar vazirligi yöl harakati xavfsizligi boşqarmasi 13-noyabrdan 23-noyabrgaça “Diqqat, piyoda!” tadbirini ötkazişni rejalaştirgan edi.
Rejaga muvofiq Qoraqalpoğiston Respublikasi Içki işlar vazirligi Yöl harakati xavfsizligi boşqarmasi xodimlari tomonidan piyodalarning yölning belgilanmagan qismidan kesib ötişi natijasida harakat xavfsizligiga qoidalarining köpol tarzda buzilişi holatlari sodir bölayotganligi, yölda harakatlanganda qoidalarga rioya qiliş umr foydasi ekanligi keng tarğib etişga bağişlangan muassasalarda, korxonalarda mahallalarda va taʼlim maskanlarida köpgina tarğibot tadbirlari ötkazildi.

Buning uçun respublikamizning barça hududlarida bölgani kabi tumanimizda ham umumiy örta taʼlim, maktabgaça taʼlim muassasalari, litseylarga Içki işlar bölimi yöl harakati xavfsizligi xodimlari biriktirildi. Ularga öquv yili davomida öquvçilarga yöl harakati xavfsizligi dars soatlarining namunali ötkazilişini nazorat qilib boriş ham yuklatildi. Darslar boşlaniş va tugaş vaqtlarida taʼlim muassasasiga yaqin yöl kesişmalarida öqituvçilarning navbatçiligini taşkil etiş, şuningdek, serqatnov, katta yöllar böylariga tegişli yöl harakati belgilari örnatilişini taʼminlaş, piyodalar ötiş joyidagi yöl çiziqlarining texnik holatiga, körinarli holatda bölişiga eʼtibor qaratiş, bu borada mavjud kamçiliklarni bartaraf etiş vazifasi amalga oşirildi. 10 kun mobaynida amalga oşirilgan tadbirlar davomida yöllarda piyodalarga belgilanmagan joydan kesib ötiş oqibatlari, yöl harakati qoidalariga amal qiliş foydalari keng tuşuntirildi.

Yöl harakati qoidasi – umr foydasi! Har birimizning qoidalarga amal qilişimiz – qança-qança yöllardagi baxtsiz hodisalarning oldini olişga zamin yaratadi.
Orifjon QOSIMOV, tuman IIB HPB boşliği.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶