49-sonli maktabda xorijiy tillar fan oyligi doirasida bir qator tadbirlar ötkazildi
Umumiy örta taʼlim maktablarida öquvçilarga qay darajada bilim berilayotganligi, öquvçilarning Davlat taʼlim standartlarida belgilangan bilim, könikma va malakalarni qay darajada özlaştirilayotganligini baholab borişda, taʼlim sifat va samaradorligini oşirişda fan oyliklari muhim ahamiyat kasb etadi. Şu bilan bir qatorda fan oyliklari iqtidorli öquvçilarning qobiliyatlarini maʼlum bir maqsadga yönaltiriş, isteʼdodli, izlanuvçan, ijodkor öqituvçilarni aniqlaş, ularning tajribalarini ommalaştiriş, taʼlim-tarbiya jarayonida qöllanilayotgan uslublarni takomillaştirişga ham xizmat qiladi.
Şu boisdan ham tumanimiz maktablarida öquv yilining har bir oyida maʼlum fanlar oyliklarini yuksak saviyada ötkazişga harakat qilinadi. Xususan, noyabr oyi xorijiy tillar fan oyligi, deya belgilanganligi munosabati bilan maktablarda fan öqituvçilari yoş avlodga çuqur bilim beriş bilan birga, köpgina maʼnaviy, maʼrifiy tadbirlar ötkazişib, butun salohiyatini namoyiş etişmoqda, ijodkor öquvçilarga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
49-sonli umumiy örta taʼlim maktabida ham noyabr oyi boşida oylik doirasida amalga oşiriladigan işlar rejasi tasdiqlanib, şu asosda har bir xorijiy tillar öqituvçilari özlari dars berayotgan sinflar öquvçilari bilan darsdan taşqari maşğulotlar, savol-javob keçalari, adabiy suhbatlar taşkillaştirmoqdalar.
Şunday tadbirlardan biri şu yil.... noyabr kuni bölib ötdi. Fan oyligi doirasida bölib ötgan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirda maktabning nemis tili fani öqituvçisi Gulçehra Sadatova özi taʼlim berayotgan sinfda öquv rejaga asosan, axborot kommunikatsion vositalar asosida dars ötdi. U darsida öquvçilarning joriy öquv yili davomida olgan bilim va könikmalarini namoyiş qiliş maqsadida avvalgi darslarda olgan bilimlarini takrorlaş savol-javoblari orqali körsatib berdi. Şuningdek, uyga berilgan topşiriq ijrosini ham nazorat qildi. şu kungi dars maşğuloti mavzusi tuşuntirilib, öquvçilar bilimini mustahkamlaş uçun savol javoblarga ham örin berildi. Öquvçilar özlar olgan nemis tilidagi şeʼrlaridan namunalar ham öqidilar.
Şu kuni fan oyligi doirasidagi tadbirda maktabning rus tili fani öqituvçilari Roza Yernazarova, Örozboy Aliyevlar ham öquvçilarining olgan bilimlarini namoyiş etdilar. Öquvçilar ijro etgan şeʼrlar, rus xalq qöşiqlari, raqslari ularning ijodiy qobiliyatlari ham yuqori ekanligini körsatdi.
Navbat ingilz tili fani öqituvçilari Gözal Safarboyeva, Osiyo Sobirovalarga berildi. Ular öquvçilarga ingliz tilini öqitişi borasida öz tajribalari, erişayotgan yutuqlari xususida gapirdilar. Ulardan taʼlim olayotgan öquvçilarning ingliz tilida ijro etgan qöşiqlari, şeʼrlari barçaning havasini keltirdi.
Tadbirda faol qatnaşib, öz iqtidorlarini namoyiş etgan öquvçilar maktab maʼmuriyati tomonidan rağbatlantirildi. Maktab direktorining maʼnaviy-maʼrifiy işlari böyiça örinbosari Ramatilla Ortiqov tadbirni namuna taşkil etganlari uçun taşkilotçilar – xorijiy tillar öqituvçilariga minnatdorçilik bildirdi.
Tadbir öquvçilarning xorijiy tillarni örganişga qiziqişlarini oşirdi. Axir til bilgan – el biladi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶