TAʼLIM SIFATINI OŞIRIŞGA BAĞIŞLANGAN YIĞILIŞ BÖLIB ÖTDI
Şu yilning 19-noyabrida Manğit şahridagi 82-sonli maktab faollar zalida tuman Xalq taʼlimi bölimi xodimlarining kengaytirilgan yiğilişi bölib ötdi.
Yiğilişga bölim masʼul xodimlari, tizimdagi barça maktablarning direktorlari, ZOOM dasturi böyiça barça maktablar direktorlarining öquv işlari böyiça, maʼnaviy-maʼrifiy işlar böyiça, xöjalik işlari böyiça örinbosarlari, psixologlar va yoşlar yetakçilari, tuman Favqulodda vaziyatlar bölimi va tuman prokuraturasi xodimlari iştirok etdilar.
Iştirokçilar dastlab tuman prokuraturasining 2021-yil 31-oktyabr kungi “Qonun buzilişi, uning kelib çiqiş sabablari va unga imkoniyat yaratib berayotgan şart-şaroitlarni bartaraf etiş töğrisida”gi taqdimnomasini körib çiqiş va ijrosini taʼminlaş töğrisida”gi masala yuzasidan tuman Xalq taʼlimi bölimi mudiri Akmal Ismoilovning fikr-mulohazalarini tingladilar.
Kun tartibidagi ikkinçi masala - Özbekiston Respublikasining “Korruptsiyaga qarşi kuraşiş töğrisida”gi Qonuni mazmun-mohiyati töğrisida tuman prokurori katta yordamçisi A.Bekberganov maʼruza qildi va korruptsiyaning, qonunga xilof ravişda harakatlar qilişning huquqiy oqibatlari haqida keng tuşunçalar berdi.
Şuningdek, tuman Favqulodda vaziyatlar bölimi kapitani Begzod Tojiboyev, katta leytenant Begzod Ollomberganovlar kuz-qiş mavsumida umumiy örta taʼlim muassasalaridan isitiş tizimidan foydalanişda xavfsizlik qoidalariga rioya qiliş, is gazidan zaharlanişdan saqlaniş, yonğin xavfsizligining asosiy qoidalari haqida maʼruzalar qildilar. Tumandagi mavjud umumiy örta taʼlim maktablarida yonğin xavfsizligi qoidalarini tarğib etiş maqsadida amaliy öquv maşğulotlarini ötkaziş lozimligini taʼkidladilar va xalq taʼlimi tizimida faoliyat yuritayotgan barça xodimlarni “Yonğin xavfsizligi oyligi”ni uşqoqlik bilan ötkazişda faol qatnaşişga çaqirdilar.
Yiğilişda Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifati nazorati davlat inspektsiyasi tomonidan 2021-yil 3-noyabr kungi taqdim etilgan umumiy örta taʼlim maktablari peytingida aniqlangan kamçiliklarni bartaraf etiş töğrisidagi taqdimotdan söng, tuman Xalq taʼlimi bölimi tizimidagi maktablarda ötgan öquv yili davomida yöl qöyilgan kamçiliklar, ularni bartaraf etiş yöl-yöriqlari xususida bölim mudiri Akmal Ismoilovning tavsiyalari tinglandi.
Şuningdek, har bir maktab rahbarlari körsatib ötilgan kamçiliklardan tegişli xulosa çiqarib olişlari va bartaraf etişlari lozimligi uqtirildi.
Aytiş joizki, kelgusida Milliy Reyting körsatkiçlarini oşiriş borasida taʼlim muassasalari rahbarlari, fan öqituvçilari, öquvçilarning ota-onalari birgalikda harakat qilinsa, albatta ijobiy natijalarga erişiş mumkin.
Yiğilişda muhokama etilgan masalalar yuzasidan tegişli qarorlar qabul qilindi.
Ravşan Xolmurodov, tuman Xalq taʼlimi bölimi taʼlim sifati monitoringi bölimi boş inspektor-metodisti.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶