“YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDA KÖÇAT EKIŞ IŞLARI DAVOM ETMOQDA
Prezidentimiz tomonidan respublikamiz böylab “Yaşil makon” umummilliy loyihasi doirasida daraxt va buta köçatlarini ekiş hamda yaşil maydonlarni köpaytiriş dolzarb vazifa qilib belgilab berildi. Loyiha asosida eʼlon qilingan “Dolzarb 40 kunlik” tadbiri doirasida Amudaryo tumanida ham keng kölamli işlar amalga oşirilmoqda.
Daraxtlar havo musaffoligini saqlab çor –atrofga fayz berib turadi, emin-erkin nafas olişimiz uçun zarur kislorod işlab çiqaradi.Şuningdek, oftob tiğidan, çang tözonlardan asraydi. Biroq, daraxtlarni ekib köpaytirişga, borini parvarişlab, avaylaşga doimo ham eʼtibor beravermaymiz.
Agar ahvol şu zaylda davom etsa, yozda issiqdan, qişda sovuqdan pana qiladigan, çor-atrofimizdagi şovqin-surondan himoya qiladigan, rizqimiz yetiladigan mevali daraxtlarga, atrofga fayz berib turgan manzarali daraxtlarga qiron keltiraversak, oxiri nima böladi?
Buningdek ayançli oqibatning oldini oliş yuzasidan barça mamlakatlarda bölgani kabi bizning yurtimizda ham köpgina amaliy işlar qilinayapti.
Prezidentimiz taşabbusi eʼlon qilingan “Yaşil makon” umummilliy loyihasi ham bu boradagi ezgu qadamlardan biridir. Loyiha doirasida har yili 200 million tup daraxt va buta köçatlarini ekiş rejalaştirilgan. Natijada yaşil makonlar kengayadi. Bunda har bir hududning tabiatiga mos, odamlarda allergiyalar keltirib çiqarmaydigan manzarali, mevali daraxtlar va butalarni ekiş közda tutilganligi ayniqsa ahamiyatlidir.
Tumanimizda ham “Yaşil makon” umummilliy loyihasi doirasida köçat ekiş işlarini amalga oşirişga bağişlangan dolzarb 40 kunlik doirasidagi harakatlar qizğin davom etmoqda. Korxona, taşkilotlar, öquv muassasalari xodimlari öz hududlarini yaşil maydonga aylantiriş taşabbusi bilan köçat va butalar ekişmoqda. Şuningdek, ovul va mahallalar aholisi bu harakatda faol iştirok etmoqda, tuman Obodonlaştiriş boşqarmasi, fermer xöjaliklar işçilari ham jalb etilgan.
Şu yilning 25-noyabrida tumanimizga taşrif buyurgan Qoraqalpoğiston Respublikasi Mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş vaziri Soğindiq Turmanov, tuman hokimi Sultonboy Yöldoşev, tuman Mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş bölimi boşliği Alişer Yöldoşevlar Manğit şahrining Olmazor mahallasi Barkamol avlod köçasidagi yaşil hudud uçun möljallangan maydonga mevali va manzararli daraxtlar köçatlarini ötqazdilar. Ona zamin bağriga ekilgan köçatlarning unib çiqib, şahar fayziga fayz qöşişini tiladilar.
Şunisi eʼtiborliki, köçat ekiş işlari kun sayin umum harakatiga aylanib borayotgani kişini quvontiradi. Albatta, vaqtlar ötib , bu harakatlar samarasida bunyodga kelgan yaşil makonlar tobora ekologik muammolar köpayayotgan hududimizda muvozanat barqaror bölişiga zamin yaratadi.
Oygul Rajabova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶