3-sonli maktab kutubxonasida kitobxonlik tarğibotiga bağişlangan tadbirlar ötkazildi
Mamlakatimizda yoşlar örtasida kitobxonlikni rivojlantirişga qaratilayotgan eʼtibor va rağbat tufayli nafaqat umumtaʼlim maktablari öquvçi-yoşlari, balki maktabgaça taʼlim taşkilotlari tarbiyalanuvçilari orasida ham qiziqiş tobora ortib, MTTlarda turli ertaklar qahramonlari iştirokidagi tadbirlar ötkazilmoqda. Bu kabi tadbirlar turli sanalar munosabati bilan taşkillaştirilayotgani kitobxon yoşlar doirasini yanada kengaytiriş imkonini bermoqda.
Maʼlumki, YuNESKO taşabbusi bilan 28-oktyabr Jahonning köplab davlatlarida, şu jumladan, mamlakatimizda ham Xalqaro kutubxonaçilar kuni sifatida keng nişonlanadi. Uşbu sana munosabati bilan tumanimizdagi umumtaʼlim maktablari kutubxonalarida “Kitobxonlik haftaligi” loyihasi asosidagi tarğibot-taşviqot tadbirlari ötkazildi. Şuningdek, “Maktab kutubxonasida savodxonlikni rivojlantiriş şiori ostida 26-noyabr – “Maktab kutubxonalari kuni”da “Oçiq eşiklar kuni”, “Yangi adabiyotlar”, “Yangi Özbekiston kutubxonalarini qanday köz oldingizga keltirasiz?” “Yozuvçilar mamlakatiga sayohat”, “Yangi kitoblar taqdimoti”, “Kitob öqing”, “Kitob bizni birlaştiradi”, “60 daqiqalik kitobxonlik” kabi tadbirlarda tumanimizdagi umumtaʼlim maktablari kutubxonaçilari va kitobxon yoşlari ham faol iştirok etişdi.
“Kitobxonlik haftaligi” loyihasi asosida Nazarxon ovulidagi 3-sonli maktab kutubxonasida ham kitobxonlik tarğibotiga bağişlangan tadbirlar ötkazildi. Xususan, ovul hududidagi 10-sonli MTT tarbiyalanuvçilarining maktab kutubxonasiga sayohati taşkil etildi. Sayohat davomida MTT tarbiyalanuvçilarini kitobga mehr-muhabbat ruhida tarbiyalaş maqsadida turli ertaklar qahramonlari va ularning boşidan keçirgan sarguzaştlari haqida körgazmali suratlar vositasida hikoya qilib berildi.
Haftalik davomida maktab kutubxonasida “Yozuvçilar mamlakatiga sayohat” tadbiri ötkazilib, qoraqalpoq xalqining sevimli satirik yozuvçisi Murodboy Nizanovning 7-sinf öquvçilari tomonidan yangi kitoblari taqdimoti taşkillaştirildi. Taqdimot jarayonida yoş kitobxonlar M.Nizanovning öziga xos ijodiy olami bilan yaqindan tanişdilar.
Haftalik doirasida kutubxonada taşkillaştirilgan “Ertaklar olamiga sayohat” tadbirida maktabga ilk qadam qöyib, öqiş va yozişni qunt bilan örganayotan 1-sinf öquvçilari olam-olam zavq-şavq oldilar. Ularga maktab kutubxonasiga keltirilgan yangi ertak kitoblari ifodali öqib berildi. Öz navbatida jajji bolajonlar öquv yilining 1-çoragida özlari yodlagan şeʼrlarini, musiqa darsida örgangan aşulalarini quvonib-quvonib aytib berdilar. Tadbir yakunida esa bolalarga V.Suteyevning “Baliqçi muşuk” multfilmi namoyiş etildi. Multfilmi namoyişi endi öqişni, yozişni örganayotgan murğak qalblar dilida öz ona tillarida bexato sözlaş, fikr aytiş qobiliyatini şakllantirişga qaratilgani bilan ahamiyatli böldi.
Şuningdek, “Kitobxonlik haftaligi” loyihasi asosidagi 9-10-11-sinflar öquvçilari örtasida taşkillaştirilgan “Zakovat bahslari” doirasida amalga oşirilgan “Men sevgan badiiy asar” mavzusidagi kitobxonlar bellaşuvlari barçada qiziqarli taassurotlar qoldirdi. Yoş kitobsevarlarning yodlaş qobiliyatini, xotirasini sinovdan ötkaziş, özlari öqigan kitoblari xususidagi tahliliy fikrlarini örganiş maqsadida taşkillaştirilgan mazkur bellaşuvlarda maktabning eng yaxşi kitobxon sinflari aniqlandi. “Zakovat bahslari” yakunida eng bilimdon kitobxon yoşlarga hamda eng kitobxon sinflarga maktab maʼmuriyati tomonidan faxriy yorliqlar, esdalik sovğalari berildi.
Tozaxon QDIRNIYaZOVA, 3-sonli umumtaʼlim maktabi kutubxonaçisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶