FAN OLIMPIADALARINING TUMAN BOSQIÇI ĞOLIBLARI VA ULARNING USTOZLARI TAQDIRLANDI
Umutaʼlim maktablarida xalqaro va mintaqaviy fan olimpiadalariga nomzodlarni saralaş uçun ötkaziladigan asosiy olimpiadaning tuman bosqiçida yuqori natijalarga erişgan öquvçilar va ularning ustozlari tuman hokimligi, Xalq taʼlimi bölimi va maktab maʼmuriyati tomonidan rağbatlantirildilar.
Şu munosabat bilan 36-sonli maktabda ham xalqaro fan olimpiadalarining tuman bosqiçi ğoliblari va ularning ustozlariga faxriy yorliqlar topşirildi. Maktabning 9-sinf öquvçilari Sarvinoz Najmiddinova, Oltinoy Jumaboyeva, 11-sinf öquvçisi Maşhura Ozodboyevalar asosiy olimpiadaning tuman bosqiçida yuqori natijaga erişganligi, fan asoslarini örganişdagi jonkuyarligi, taʼlim-tarbiya oliş jarayonidagi namunali xulqi hamda jamoat işlaridagi faolligi uçun tuman Xalq taʼlimi bölimining faxriy yorliği va maktab maʼmuriyatining sovğalari bilan taqdirlandilar. Şuningdek, ularning ustozlari maktabning kimyo fani öqituvçisi Rayhon Qalandarova, qoraqalpoq tili fani öqituvçisi Nasiba Odilovalarga öquvçilarni xalqaro va mintaqaviy olimpiadalarga nomzodlarni saralaş, Özbekiston terma jamoasini şakllantiriş, terma jamoa aʼzolarini tayyorlaş, taʼlim-tarbiya beriş jarayonidagi namunali pedagogik faoliyati uçun tuman hokimining taşakkurnomasi bilan taqdirlandi.
Maktab direktori Qahramon Nurimbetov faol pedagog va öquvçilarga uşbu taşakkurnoma va faxriy yorliqlarni sovğalar bilan topşirib, kelgusidagi bosqiçda ham ğolib bölişlarida muvaffaqiyat va omad tiladi.
O.Xudoyberganova, 36-sonli maktabning ijodiy-madaniy masalalar böyiça tarğibotçisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶