22.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
22.09.2026, 02:42
Fan va taʼlim 👁 299

PROKURATURA XODIMLARI MAKTABDA OChIQ DARS OʻTKAZIShDI

PROKURATURA XODIMLARI MAKTABDA OChIQ DARS OʻTKAZIShDI

Oʻzbekiston Respublikasida prokuratura organlari tashkil etilganiga kelgusi yilda 30-yil toʻladi. Shu munosabat bilan joylarda turli tadbirlar tashkil etilmoqda.

 27-noyabr kuni tumandagi 40-sonli umumtaʼlim maktabida «Oʻzbekistonda prokuratura organlarining shakllanish tarixi» mavzusida ochiq dars oʻtkazildi. Ochiq dars Amudaryo tuman prokuraturasi tergovchisi Janibek Kurbanov hamda prokuror yordamchisi Abbaz Niyazimbetov tomonidan tashkil etildi.

Ochiq darsda prokuratura organlarining shakllanish tarixi, asosiy yoʻnalishlari, vazifalari, bugungi kunda olib borayotgan faoliyati toʻgʻrisida soʻz yuritildi.

Taʼkidlanganidek, mustaqilligimizning dastlabki kunlaridan boshlab, milliy davlatchiligimizni tiklash, davlat tuzilmalarini tashkil etish hamda sud-huquq tizimini isloh qilishga kirishildi. Bunda asosiy eʼtibor huquqni muhofaza qiluvchi idoralar, jumladan, prokuratura organlarini sobiq Ittifoq boʻysunuvidan chiqarib, mustaqil Oʻzbekistonning milliy davlat organlari sifatida qayta tashkil etishga qaratildi. Bu saʼy-harakatlar natijasida 1992-yil 8-yanvarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi prokuratura organlari toʻgʻrisida“gi Farmoni qabul qilindi hamda sobiq Ittifoq qaramogʻidagi Oʻzbekiston SSR prokuraturasi mustaqil Oʻzbekiston prokuraturasiga aylantirildi. Oʻtgan davrlar mobaynida prokuratura organlarining faoliyati islohotlarga hamohang tarzda takomillashtirib borildi.

Ochiq dars davomida prokuratura masʼullari oʻquvchilarga davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev asos solgan taraqqiyotimizning yangi bosqichida ham jamiyatda adolatni qaror toptirish, qonuniylikni mustahkamlash hamda inson huquqlarini himoya qilish boʻyicha keng qamrovli va misli koʻrilmagan islohotlar amalga oshirilayotgani, soʻnggi uch yilda prokuratura organlari faoliyati bilan bogʻliq 20 ga yaqin qonun, farmon, qaror va farmoyish qabul qilingani, Prezidentimiz tomonidan 2016-yil 19-dekabrda Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasi prokuratura organlari xodimlari kunini belgilash toʻgʻrisida”gi qonuni imzolangani, bu haqdagi qonun Yurtboshimizning Prezident sifatida imzolagan birinchi qonuni ekanligini soʻzlab berishdi. Muhtaram Prezidentimiz 2016-yil 19-dekabr kuni prokuratura xodimlari uchun muhim tarixiy sanaga asos solgani, 8-yanvar sanasi – Oʻzbekiston Respublikasi prokuratura organlari   xodimlari   kuni” deb belgilanganini eʼtirof etishdi.

Undan tashqari, prokuratura organlari tomonidan jamiyatda qonuniylikni mustahkamlash, qonun ustuvorligini taʼminlash, jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olish, umuman, barcha yoʻnalishlarda salmoqli ishlar qilinayotgani va muhim natijalarga erishilayotganiga keng toʻxtalib oʻtishdi. Hozirgi paytda prokuratura organlarida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari uzluksiz ishlaydigan “Call centr” markazining qisqa raqamli “1007” ishonch telefoni orqali qabul qilinayotganligi, “pm.gov.uz” internet sayti orqali ham onlayn rejimda prokuratura organlariga murojaat etish mumkinligini qayd etishdi.

Ochiq darsda oʻquvchi-yoshlarni qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar berildi.

Abbaz Niyazimbetov, tuman prokurori yordamchisi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026