24.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
24.09.2026, 21:41
Jamiyat 👁 182

YoShLAR BILAN UChRAShUVDA HUQUQBUZARLIKLARNING OLDINI OLISh MASALALARI MUHOKAMA ETILDI

YoShLAR BILAN UChRAShUVDA HUQUQBUZARLIKLARNING OLDINI OLISh MASALALARI MUHOKAMA ETILDI

Yoshlar oʻrtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish – bugungi kundagi muhim masalalardan biri hisoblanadi. Shu bois yoshlarning maʼnaviy-axloqiy tarbiyasiga jiddiy yondoshish, ularning huquqiy ongini oshirish, turli huquqbuzarlik, jinoyatchilik, ekstremizm va aqidaparastlik kabi illatlarga berilishining oldini olish kabilarga alohida eʼtibor qaratilib kelinmoqda.

25-noyabr kuni tuman Ichki ishlar boʻlimi binosida ichki ishlar organlari Probatsiya guruhi masʼullari tomonidan shu masalalarga bagʻishlangan uchrashuv oʻtkazildi. Yigʻilishda tuman Ichki ishlar boʻlimi boshligʻining oʻrinbosari Muxtor Rahmatullayev, Yoshlar ishlari agentligi  tuman boʻlimi xodimi Sardor Quranboyev, tuman Ichki ishlar boʻlimi huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻlinmasi katta inspektori Ulugʻbek Qoʻchqorovlar ishtirok etdilar.

Uchrashuv davomida asosan Probatsiya guruhi nazorati ostida jazo oʻtayotgan yoshlarning boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish, ularning bandligini taʼminlash, moddiy tomondan qoʻllash va kasbga yoʻnaltirish orqali sogʻlom turmush tarziga qaytarish hamda ular tomonidan qayta jinoyat sodir etilishi oldini olishga doir masalalar muhokama etildi.

Taʼkidlanganidek, hozirgi kundagi globallashuv jarayonida mamlakatlar oʻrtasida oʻzaro aloqalar kengaygan, oʻzaro taʼsirlar chegara bilmagan davrda terrorizm va ekstremizm barcha xalqlar uchun birday tahdid solmoqda. Bugungi murakkab mafkuraviy jarayonlarni ilmiy-amaliy jihatdan atroflicha tahlil qilish va baholash, oʻsib kelayotgan yosh avlod qalbiga milliy tafakkurni, maʼnaviyatni va sogʻlom dunyoqarash asoslarini mustahkamlash alohida ahamiyat kasb etadi.

Uchrashuvda yoshlarning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, bandligini taʼminlash borasida amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida maʼlumot berildi. “Yoshlar daftari”ga 6 753 nafar yoshlar roʻyxatga olingani, koʻrilgan amaliy chora-tadbirlar natijasida 6 599 nafar yoshlar daftardan chiqarilgani, hozirda tuman boʻyicha 44 nafar yoshlar “Yoshlar daftari”da qolganligi qayd etib oʻtildi.

“Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan maxsus jamgʻarma hisobidan 1551 nafar yoshlarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash uchun 1 mlrd 60 mln. soʻm mablagʻ sarflangani, 21 nafar yoshlarga bir martalik moddiy yordam uchun 20,7 mln. soʻm, 189 nafar yoshlarga asbob-uskunalar va mehnat qurollari xarid qilish uchun 307,8 mln. soʻm, 76 nafar yoshlarga haydovchilik guvohnomasi uchun 106,3 mln. soʻm, 12 nafar yoshlarga toʻlov-kontrakt summasining 50 foiz qismi 51,5 mln. soʻm, 2 nafar yoshlarga safarbarlik chaqiruv rezerifi xizmati badali 10,5 mln. soʻm ajratib berilgani maʼlum qilindi. Shuningdek, “Yoshlar daftari”dan chiqarilgan yoshlarning 858 nafari doimiy va jamoat ish oʻrinlariga, 318 nafariga 9 mlrd. 617 mln.soʻm imtiyozli kreditlar, 309 nafariga subsidiya, 5114 nafariga “Har bir yoshga – bir gektar” tamoyili asosida 1135 gektar yer maydonlari ajratilgani aytib oʻtildi.

Uchrashuvda maʼruzachilar hozirda mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar haqida hamda yoshlar va voyaga yetmaganlar oʻrtasida huquqbuzarliklarning oldini olish chora-tadbirlari, bu borada qabul qilingan Qonun hujjatlarining mazmun-mohiyati toʻgʻrisida toʻxtalib, huquqiy tushunchalar berishdi. Shu bilan birga muntazam ravishda hamkorlikda targʻibot tadbirlari oʻtkazilayotgani, voyaga yetmaganlar oʻrtasida jinoyatchilikning oldini olish uchun yoshlarning huquqiy madaniyatini oshirish,  mahalla va ota-onalar oʻrtasida doimiy ravishda hamkorlik oʻrnatish lozimligi taʼkidlandi.

Tadbir yakunida huquqbuzarliklarning oldini olish uchun shu kabi huquqiy targʻibot tadbirlarini hamkorlikda muntazam ravishda oʻtkazishga kelishib olindi.

Ozoda Xudoyberganova.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026