OLIY MAJLIS QONUNÇILIK PALATASI DEPUTATLARI TUMANIMIZNING YaŞIL HUDUDI KENGAYIŞIGA HISSA QÖŞDILAR
Mamlakatimizda Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan “Yaşil makon” umummiliy loyihasi doirasida köçat ekiş zarbdor 40 kunligi davom etmoqda. Köçalar, yaşil maydonlarga, korxona-taşkilotlar, öquv muassasalari atroflariga, ariqlar böylariga mevali va manzarali daraxtlar, butalar köçatlarini ekiş, çor-atrofda havo musaffoligini taʼminlaydigan kökalamzorlar barpo etiş işlari olib borilmoqda.
Tumanimizda ham bu umummilliy harakati tufayli daraxt köçatlari ekiş işlariga ulkan eʼtibor qaratilmoqda.
Şu yilning 30-noyabr kuni Özbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputatlari Zumrad Bekatova, Ruslan Jumamurodovlar tumanimizga taşrif buyurdilar va Manğit şahrining “Olmazor” mahallasi Barkamol avlod köçasi böyidagi “Yaşil hudud” uçun ajratilgan maydonga mevali, manzarali daraxtlar, köpyillik butalar köçatlarini ötqazişdi. Ular bilan birga tuman hokimi Sultonboy Yöldoşev, Xalq deputatlari tuman Kengaşi deputatlari hamda keng jamoatçilik bu harakatda faol iştirok etdilar.
Maʼlumki, Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputatlari joriy yilning 26-noyabridan 1-dekabrga qadar hududlardagi ijtimoiy-iqtisodiy ahvol, fuqarolarning turmuş şaroitlarini örganiş, joylarda mavjud muammolarni aniqlaş va keçiktirmasdan hal etiş maqsadida joylarda bölib, fuqarolar bilan jonli muloqotlar taşkil qilişi rejalaştirilgan edi.
Mazkur reja asosida Zumrad Bekatova va Ruslan Jumamurodovlar Qiliçboy ovulida joylaşgan, Zumrad Bekatova taʼlim olgan 15-sonli maktabga taşrif buyurdilar. Ularni maktab öqituvçilar jamoasi va öquvçilar musiqa sadolari ostida non-tuz bilan şodon qarşi oldilar.
Maktab öquvçilari masʼullar taşrifidan minnatdorligini şeʼrlar, qöşiqlar bilan ifoda etdilar. Zumrad Bekatova va Ruslan Jumamurodovlar özlariga bildirilgan hurmat-ehtirom uçun minnatdorçilik bildirib, hozirgi kunda öquvçi-yoşlarning bilim olişlari va intillektual salohiyatini rivojlantirişlari uçun ulkan imkoniyatlar yaratilayotganligi, yoşlar bundan unumli foydalanişlari lozimligini taʼkidladilar, maktab kutubxonasi ahvoli bilan qiziqib, öquvçilarni köproq kitob öqişga çorladilar.
Samimiy, oçiq muloqot tarzida ötgan uçraşuvda 15-sonli maktab öqituvçisi Gözal Bekmurodova maktabda variativ sinf taşkil etganligini, biroq sinfga Beşovul, Yuqori qişloq mahallalaridan öquvçilarning qatnaşi qiyin bölayotganini, bu muammoni hal etiş uçun uşbu hududlarga yönalişli transport qatnovini yölga qöyişda yordam söradi.
Şuningdek, Qiliçboy ovuli köçalariga, xususan, maktab atrofiga tungi çiroqlar örnatiş lozimligi taʼkidlandi.
Deputat öqituvçining va boşqa fuqarolarning murojaatlarini hal qilişga amaliy yordam berişga vaʼda berdi.
Ovul aholisi özlarining hayotidagi muammolarni örganiş uçun taşrif buyurgani uçun Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputati, şu ovulda ösib, voyaga yetgan Zumrad Bekatovaga çuqur minnatdorlik bildirdi.
Oygul RAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶