IŞGA KIRIŞDA MEHNAT ŞARTNOMASI TUZILADI
Mehnat kodeksining 72-73-moddalariga köra, mehnat şartnomasi xodim bilan iş beruvçi örtasida muayyan mutaxassislik, malaka, lavozim böyiça işni içki mehnat tartibiga böysungan holda taraflar kelişuvi, şuningdek, mehnat töğrisidagi qonun hujjatlari va boşqa normativ hujjatlar bilan belgilangan şartlar asosida haq evaziga bajariş haqidagi kelişuvdir deyilgan. Xodim va iş beruvçi mehnat şartnomasining taraflari bölib hisoblanadilar. Mehnat şartnomasini tuziş haqidagi kelişuvdan oldin qöşimça holatlar, yaʼni tanlovdan ötiş, lavozimga saylaniş va boşqalar bölişi mumkin. Mehnat şartnomasining mazmuni taraflar kelişuvi böyiça, şuningdek, mehnat töğrisidagi qonun hujjatlari va boşqa normativ hujjatlar bilan belgilanadi.
Mehnat şartnomasi taraflarning kelişuvi bilan belgilanadi. Yaʼni, iş joyi, xodimning mehnat vazifasi — mutaxassisligi, malakasi, u işlaydigan lavozim, işning boşlaniş kuni, mehnat şartnomasi muayyan muddatga tuzilganda uning amal qiliş muddati, mehnat haqi miqdori va mehnatning boşqa şartlari körsatiladi.
Işga qabul qiliş iş beruvçining buyruği bilan rasmiylaştiriladi. Buyruq çiqariş uçun xodim bilan tuzilgan mehnat şartnomasi asos böladi. Işga qabul qiliş haqidagi buyruq tuzilgan mehnat şartnomasining mazmuniga töla muvofiq ravişda çiqariladi.
Buyruq xodimga maʼlum qilinib, tilxat olinadi. Işga qabul qiliş huquqiga ega bölgan mansabdor şaxs tomonidan yoki uning ijozati bilan xodimga haqiqatda işlaşga ruxsat etilgan bölsa, işga qabul qiliş tegişli ravişda rasmiylaştirilgan yoki rasmiylaştirilmaganligidan qatʼi nazar, iş boşlangan kundan eʼtiboran mehnat şartnomasi tuzilgan deb hisoblanadi.
Şuningdek, MKning 84-moddasiga köra, mehnat şartnomasi xodimning topşirilayotgan işga layoqatliligini tekşirib köriş, xodim mehnat şartnomasida şartlaşilgan işni davom ettirişning maqsadga muvofiqligi haqida bir qarorga kelişini aniqlaş maqsadlarida dastlabki sinov şarti bilan tuzilişi mumkin.
Dastlabki sinovni ötaş haqida mehnat şartnomasida şartlaşilgan bölişi lozim. Bunday şartlaşuv bölmagan taqdirda xodim dastlabki sinovsiz işga qabul qilingan deb hisoblanadi.
Xomilador ayollar, uç yoşga tölmagan bolasi bor ayollar, korxona uçun belgilangan minimal iş joylari hisobidan işga yuborilgan şaxslar, örta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarining hamda oliy öquv yurtlarining tegişli taʼlim muassasasini tamomlagan kundan eʼtiboran uç yil içida birinçi bor işga kirayotgan bitiruvçilari işga qabul qilinganda, şuningdek xodimlar bilan olti oygaça muddatga mehnat şartnomasi tuzilib, işga qabul qilinganda dastlabki sinov belgilanmaydi.
Şunday ekan mehnat şartnomasining özida sinov muddati taraflarning kelişuvi bilan belgilanişi lozim böladi.
Davron Pirmanov, “Madad” NNTning Amudaryo tumani huquqiy maslahat byurosi boş mutaxassisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶