Amudaryo tumanining Bobur nomli ovulidan reportaj
Sönggi yillarda tumanimiz ovul va mahallalari obod va farovon göşalarga aylanib bormoqda. Aholining moddiy-maʼnaviy rivojlaniş darajasi yuksalib, yangi-yangi infratuzilma obʼektlari qurilib, qişloqlar, mahallalar körkiga-körk qöşmoqda.
Amudaryo tumanidagi Bobur nomli ovulda yaşovçi aholi doimiy turğun xalq bölib, mazkur qişloqning öziga xos tarixi, taraqqiyot tamoyillari mavjud. Qişloqning qaysi bir xonadoniga bormang, ularning barçasida özlari tuğilib-ösgan zaminga mehr-muhabbati biland, qalblari faxr-u iftixorga töla insonlarni uçratasiz. 1223 ta oilaga birlaşgan 4521 nafar aholining asosiy qismi özbek millatiga mansub bölsa-da, uşbu tabiati öziga xos, betakror zaminni jonday aziz Vatan bilib, şu el obodonligi yölida fidoyilik bilan mehnat qilayotgan qoraqalpoq, qozoq, turkman, boşqird millatlarining xuddi bir oila farzandlariday ahil-inoqligi tahsinga munosib.
Ayni paytda Bobur nomli ovulda istiqomat qiluvçi aholining 1811 nafari tumandagi turli korxona va taşkilotlarda mehnat qilişadi. 113 nafar kişi tadbirkorlik faoliyati bilan şuğullanadi. Xususan, 27 nafar kişi savdo-sotiq yönalişida, aholining 23 nafari çorvaçilik, parrandaçilik, asalariçilik yönalişlarida, 34 nafari tadbirkorlikning boşqa sohalarida öz faoliyatlarini yölga qöyişgan.
Bugungi kunda 384 nafar uyuşmagan aholi vakillari mavsumiy işlarga jalb qilinib, bandligi taʼminlangan. Şunday bölsa-da, ovul aholisining doimiy iş bilan bandligini taʼminlaş böyiça fuqarolar yiğini Kengaşi aʼzolari tomonidan zarur çora-tadbirlar işlab çiqilib, aholi tomorqasidan unumli foydalaniş, hududdagi tadbirkorlar tomonidan yangi iş örinlari yaratilişini taʼminlaşga qaratilgan keng qamrovli rejaviy işlar amalga oşirilmoqda.
Aholining asosiy qismi hududdagi 9 ta fermer xöjaliklarida ijara-şartnomalari asosida mehnat qilişadi. Ovul aholisi farzandlarining munosib taʼlim-tarbiya olişlari uçun 3 ta maktabgaça taʼlim taşkiloti va 3 ta umumtaʼlim maktabida barça şaroitlar yaratilgan. Zamon talablari darajasida jihozlangan madaniyat markazi, sport maydonçalari, maktablar huzuridagi va mahallalardagi kutubxonalarda zarur şart-şaroitlar mavjud.
Şuningdek, ovuldagi Seytovul, Nukusovul, Qönğirotovul mahallalarida 9 ta savdo şoxobçalari, 2 ta dorixona, oilaviy poliklinika xizmatidan aholi mamnun.
Qişloqdagi 823 ta xonadonning öz tomorqa yeri bor. Tomorqa yer egalari umumiy 110 gektar maydonda dehqonçilik qilişadi. Şundan 216 ta xonadonning dala tomorqa xöjaligi mavjud. Deyarli har bir tomorqa xöjaligiga ega xonadonning öz çorvasi, parrandasi bor. Hudud aholisining 175 nafari esa asalariçilik yönalişini yölga qöyişgan. 22 ta xonadonda esa yengil siğimli issiqxona xöjaligi taşkil etilgan.
Sönggi yillarda qişloqdagi bir neça infratuzilma obʼektlari qurilib, keng kölamli obodonlaştiriş-kökalamzorlaştiriş işlari amalga oşirildi. Xususan, qişloqning markaziy köçasiga tungi çiroqlar örnatilib, tuman markaziga avtobus qatnovi yölga qöyildi. Şuningdek, aholiga 2 ta tozalangan suv yetkazib beriş, 1 ta umumiy ovqatlaniş şoxobçalari qurilib, foydalanişga topşirildi. Qönğirotovul mahallasi hududida yangi imorat qurib, köçib ötgan 27 ta xonadon tomorqalarini suv bilan taʼminlaş uçun yangidan ariq qazib berilib, hududni yaşil makonga aylantiriş maqsadida 211 tup igna bargli daraxt köçatlari ötqazildi, 1 ta xususiy maktabgaça taʼlim taşkiloti işga tuşirilib, Seytovul mahallasiga yangidan imorat qurib, köçib kelgan aholiga qulaylik yaratilib, yöllar tartibga keltirildi. Qönğirotovul mahallasidagi 2 ta yangi köça tartibga keltirildi va salkam bir çaqirim uzunlikdagi yöl kötarilib, şağal-toş yotqizildi.

Qişloqda ijitmoiy-maʼnaviy muhitni yanada yaxşilaş, aholining turmuş farovonligini oşiriş borasida amalga oşirilayotgan çora-tadbirlar tufayli öz tadbirkorlik faoliyatini boşlagan va xalqqa qulaylik yaratib, manfaat yetkazayotgan insonlar talaygina.
Biz ijodiy guruhimiz bilan qişloqda bölganimizda “Akfa plast” mahsulotlari işlab çiqariş, issiq non yopiş, mebel mahsulotlari işlab çiqariş, issiqxona faoliyatini yölga qöyib, eldoşlari uçun zarur qulayliklar yaratib, munosib xizmatlari orqali xalq olqişiga sazovor bölayotgan tadbirkorlar faoliyati bilan yaqindan tanişdik.
Xususan, “Akfa plast” mahsulotlari işlab çiqariş orqali eldoşlari uçun qulaylik, oilasi uçun zarur daromad manbaini yaratgan tadbirkor Oybek Yerjanov oila aʼzolari va şogirdlari bilan birgalikda işlab çiqarayotgan zamonaviy eşik va deraza romlari sifatliligi hamda körkamligi bilan xaridorgir.

“Bahrom-Lolagul” köptarmoqli masʼuliyati çeklangan jamiyati rahbari Bahrom Yöldoşev ham öz tadbirkorlik faoliyati bilan hamqişloqlarining hurmatiga sazovor bölgan. Mazkur masʼuliyati çeklangan jamiyat şaklidagi köp tarmoqli firma tomonidan işlab çiqarilayotgan non mahsulotlari ayni paytda qöşni ovul va mahallalar aholisiga ham manzur bölmoqda.

Tadbirkor Tursunboy Qulimbetov esa qöli gul usta. U yasagan mebel jihozlarining xaridorlari ham talaygina. Tursunboy Kulimbetov va uning şogirdlari tayyorlagan turli biçimdagi uy jihozlari, avvalo hamqişloqlarining, qolaversa, tumanimizdagi köplab mijozlarining xonadonlari körkiga-körk qöşib turganidan xursand.

Qişloqda keksa avlod vakillariga alohida ehtirom körsatilib, ularning ahvolidan tez-tez xabar olib turiladi. Hayotining eng navqiron davrini el-yurt farovonligi yölida xizmat qilişdek şarafli işga bağişlagan, ikkinçi jahon uruşi yillarida front ortida katta yoşlilar bilan birga mehnat qilgan 90 yoşli Karimboy ota Quliboyev hamda Omongul momo Seyitmamutovalar bugungi kunda hamqişloqlarining faxr-u iftixoriga aylanişgan. Ovul masʼullari tez-tez bu pir-u badavlat otaxon va onaxon huzurida bölişib, ularning hayot hikmatlariga töla suhbatlaridan bahramand bölişadi. Nuroniy keksalarning köngillarini kötariş maqsadida bayramlarda hadyalar ulaşadilar.

Yana bir tadbirkor Nizomaddin Qulimbetov xonadonida bölsangiz, albatta sizni qişin-yozin, xuşböy limonli çoy bilan siylaşadi. Öz tomorqa yerida 3,5 sotix yengil siğimli issiqxona xöjaligini taşkil qilgan Nizomaddin oğa 50 tup noyob limon ham östirgan. Ayni paytda şiğil mevaga kirgan limon daraxtlarini körgan kişining közi quvnab, dilida havas uyğonadi. Issiqxona xöjaligidan oilasi byudjetiga tuşayotgan daromaddan esa Nizomaddin oğaning köngli töq. Köngil töqligi – oila farovonligi, farovonlik esa hayotdan rozi yaşaş sari yöldir.

Qişloqdagi 86-sonli maktabning matematika fani öqituvçisi Qahramon Soburov esa ovul yoşlarining yetuk va bilimdon insonlar bölib yetişişlarini taʼminlaş orzusida maktabda matematika tögaragini taşkil qilgan. Hisob ilmini örganişni niyat qilgan öquvçi-yoşlarni atrofiga jamlab, barça fanlarning kaliti bölgan matematika sirlarini şogirdlariga erinmay örgatayotgan Qahramonning şogirdlari orasida maktabdagina emas, balki tuman va respublika miqyosida öz kasbidan kamol topib, el-yurt hurmatini qozonayotgan yoşlar talaygina.

Yana bir fidoyi tadbirkor Maqsudaxon esa özining çevarlik hunari bilan hamqişlovlarining talab va ehtiyojlariga munosib xizmat körsatayotganidan mamnun. Maqsudaxon tikkan liboslarni sevib-sevib kiyadigan mijozlari esa undan minnatdor.

Bugungi kunda Bobur nomli gözal bu qişloq ahli ana şunday, fidoyi, biri-biridan mehnatkaş, elim, yurtim, oilam baxti, farovonligi deb yaşab, mehnat qilayotgan farzandlari borligidan mamnun va minnatdor yaşaşga haqli. Çunki bu qişloqning har bir xonadoni, har qariç yeri ular uçun aziz, muqaddas. Ana şu tuyğu qişloq ahlini yanada ezgu maqsadlar sari undayveradi.
Robiya YÖLDOŞEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶