Qoraqalpoq tiliga Davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan davra suhbati ötkazildi
Şu yilning 29-noyabrida tuman Axborot kutubxona markazida 1-dekabr qoraqalpoq tiliga Davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan “Tariximsan, taqdirimsan - qoraqalpoq tilim” nomli davra suhbati taşkil etildi. Tadbirda markaz xodimi Janaroy Xolboyeva sözga çiqib, yiğilganlarni uşbu qutluğ sana munosabati bilan qizğin qutladi va qoraqalpoq tilining naqadar jozibali va boy til ekanligi haqida, uning taraqqiyot yöli haqida maʼruza qildi.
Hurmatli Prezidentimiz Ş.Mirziyoyev “Davlat tilining obrösi-butun xalq, butun jamiyat obrösi hisoblanadi” deb aytganlari haq gap. Çindan-da til - millatning tarixini, madaniy merosini, urf-odat va dasturlarini özida jamlagan bebaho boylik hisoblanadi, u öz sözida.
Tadbirda barça millatlar vakillari öz ona tilini hurmat etişi, sof ona tilini bilişi har bir insonning burçi ekanligi taʼkidlandi.
Tadbirda iştirok etgan faol kitobxonlar qoraqalpoq tilini tarannum etuvçi qoraqalpoqça şeʼrlarni öqib berdilar.Tadbir sönggida faol qatnaşgan kitobxonlarga esdalik sovğalar topşirildi. Keça yiğilganlarda yaxşi tassurotlar qoldirdi.
R.RAMANOVA, markaz xodimi

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶