40-sonli maktabda qoraqalpoq tili bayramiga bağişlangan tadbir ötkazildi
Til – millatning boyligi, benazir qadriyati va bebaho mulki hisoblanadi. Tilda ana şu tilning ijodkori bölgan xalq, elatning tarixi va madaniyati,urf-odatlari aks etadi.
Mustaqilligimiz şarofati bilan 1989-yil 1-dekabr kuni Qoraqalpoq tiliga davlat tili maqomi berildi. Har yili Qoraqalpoğiston Respublikasida bu sana keng nişonlanib kelinadi.
1-dekabr kuni “ Qoraqalpoq tiliga davlat tili maqomi berilgan kun”ning 32 yilligi munosabati bilan 40-sonli umumtaʼlim maktabida “ Til milletting aynasi ” mavzusida tadbir bölib ötdi. Tadbirda maktab öquvçilari tomonidan qoraqalpoq tilida şeʼrlar va qöşiqlar ijro qilindi.
Qoraqalpoğiston Respublikasida özbek tili va qoraqalpoq tili davlat tili sifatida yuritilib kelinmoqda. Butun dunyo böylab qoraqalpoqlar 1-dekabr kunida ona tili bayramini nişonlaşadi. Qoraqalpoqlar – turkiy xalq bölib, dunyo böyiça umumiy 800 mingdan ziyodni taşkil qiladi. Millatning nomi qadimda ular kiygan boş kiyimga borib taqaladi. Qoraqalpoq tili turk tillar oilasining qipçoq guruhiga kiradi.
U qozoq hamda nöğay tillariga yaqin, şunçalik yaqinki,tadqiqotçilar qoraqalpoq tilini qozoq tilining şevalaridan biri deb hisoblaşadi. Qoraqalpoq tilida 400 ming atrofidagi kişi gaplaşadi. Tilda şimoli-şarqiy va janubi-ğarbiy lahjalar bor.
Tadbirda isteʼdodli öquvçilar tomonidan tayyorlangan bayram tadbiri va sahna körinişlari yiğilganlar kayfiyatini kötardi. Bundan taşqari, qoraqalpoq tili öqituvçilari Şoira Şomuratova, Gavhar Karomaddinova, Zevarjon Adilboyeva, Umida Yöldaşeva, Zamira Xudoyberganovalar oçiq darslar va interaktiv öyinlar taşkil qilib, öquvçilarga qoraqalpoq tilining boy madaniy merosi, urf-odatlari böyiça maʼlumotlar berişdi.
M.Rahmatullayeva, 40-sonli umumtaʼlim maktabning maʼnaviy-marifiy işlar böyiça direktor örinbosari.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶