22.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
22.09.2026, 02:41
Fan va taʼlim 👁 337

56-SONLI MAKTABDA FAN OYLIGI MUVAFFAQIYaTLI YaKUNLANDI

56-SONLI MAKTABDA FAN OYLIGI MUVAFFAQIYaTLI YaKUNLANDI

Keyinggi yillarda barcha umumtaʼlim maktablarida fan oyligii oʻtkazilib, oʻquvchilarning fanlarga boʻlgan qiziqishlarini oshirishga erishilmoqda. Fan oyligi doirasida oʻtkazilayotgan ochiq darslar va turli mavzulardagi bellashuvlar oʻquvchilar ong va bilim darajalarining oshishida muhim omil boʻlayotir.

Tumanimizdagi 56-sonli umumtaʼlim maktabida ham noyabr oyi uchun belgilangan fan oyligi oʻqituvchi va oʻquvchilar faolligida, namunali tarzda oʻtkazildi.

“Rus va xorijiy tillar fan oyligi” deb nomlangan mazkur oylik davomida maktabning 23 ta sinfida rus tili fani boʻyicha va 23 ta sinfida ingliz tili fani boʻyicha bir qancha ochiq darslar, mashgʻulotlar va bellashuv tadbirlari oʻtkazildi.

Fan oyligi davomida oʻquv-tarbiya jarayonining sifatini, fan oʻqituvchilarining pedagogik mahoratini oshirish, ularning qobiliyat va isteʼdodlarini roʻyobga chiqarish yuzasidan bir qancha ishlar amalga oshirildi.

Ushbu fan oyligi jarayonida oʻqituvchilarning zamonaviy uslublardan keng foydlanishlariga, pedagogik texnologiyalarni takomillashtirishlariga va taʼlim-tarbiya borasida yaxshi natijalarga erishishlariga alohida eʼtibor berildi.

Fan oyligi davomida ayniqsa maktabning rus tili fani oʻqituvchilari Laylo Fayzullayeva, Gulnora Joldiboyeva va Muharram Qurbonboyevalar faol harakat qilishib, rus tili fani oʻqitilishida yaxshi natijalarga erishdilar.

Fan oyligining birinchi haftaligida eng chiroyli husnixat va eng chiroyli rasm chiqish boʻyicha bellashuvlar oʻtkazilib, kirish testlari olindi. Ikkinchi haftalikda ifodali oʻqish boʻyicha musobaqalar, uchinchi haftalikda esa “Oltin kuz” mavzusida ochiq darslar oʻtkazildi.

Rus tili fani oʻqituvchilari Laylo Fayzullayevaning 11“B”-sinfda, Gulnora Joldiboyevaning 10“A” va 8 “B”-sinflarda, Muxarram Qurbonboyevaning 10“V” va 3 “B”-sinflarda oʻtkazgan ochiq darslari barcha oʻquvchilarda katta qiziqish uygʻotdi.

Fan oyligining  toʻrtinchi haftaligida oʻtkazilgan yakunlovchi testlar va bellashuv tadbirlari maktab oʻquvchilarida rus tiliga boʻlgan qiziqishining yanada oshishiga omil boʻldi.

Joriy yilning 30-noyabr kuni maktabda fan oyligi yakuni boʻyicha alohida tadbir oʻtkazilib, unda oʻquvchilar ishtirokida rus tilida savol-javoblar va badiiy chiqishlar tashkil etildi, zukko oʻquvchilar ragʻbatlantirildi.

Ayni kunda maktabda navbatdagi fan oyligi doirasida amalga oshiriladigan ishlarga ham qizgʻin tayyorgarlik koʻrilmoqda.

Allambergan JUMANIYoZOV, maktabning ijodiy-madaniy masalalar boʻyicha targʻibotchisi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026