24.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
24.09.2026, 21:41
Jamiyat 👁 269

BUTUNJAHON OITSGA QARShI KURAShISh KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIR OʻTKAZILDI

BUTUNJAHON OITSGA QARShI KURAShISh KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIR OʻTKAZILDI

Ayni davrda butun dunyoni tashvishga solayotgan muammolardan biri asr vabosi boʻlgan orttirilgan immunitet tanqisligi sindromi, yaʼni OITS kasalligidir. Haligacha davosi topilmagan ushbu kasallikka chalinishning oldini olish, zararlarini kamaytirish maqsadida kurash olib borilmoqda. Ayniqsa, butun jahon OITSga qarshi kurash kuni deb belgilangan 1-dekabr sanasida turli targʻibot-tashviqot tadbirlari tashkil etilib, kasallik va uning oldini olish choralari haqida aholiga keng tushunchalar berilmoqda.

1-dekabr kuni 30-sonli maktabda butun jahon OITSga qarshi kurashish kuni munosabati bilan «Barcha hayot uchun» shiori ostida «Biz OITS ga qarshimiz» nomli koʻrik-tanlov tashkil qilindi. Tanlovda 30-sonli maktabning "Vitaminka" va 40-sonli maktabning "Avitsena" jamoalari ishtirok etdi.

Maktabning biologiya fani oʻqituvchilari Nargiza Mamutova hamda Nafisa Mamutovalar tomonidan tashkil etilgan tadbirda dastlab OITS kasalligi va unga qarshi kurashish haqidagi maʼruzalar tinglandi.

Maʼruzalarda OITS kasalligining kelib chiqish tarixi, etiologiyasi, kasallikning dunyoda tarqalganligi, kasallik manbalari, kasallikning yuqish yoʻllari, qaysi holatlarda yuqmasligi, kimlar koʻp kasallanishi va profilaktikasi boʻyicha soʻz yuritildi. Shuningdek, OITS kasalligi millat genofondiga salbiy taʼsir etib kelayotgani, ijtimoiy turga kiruvchi bu kasallik keng maʼnoda nafaqat iqtisodiy, siyosiy zarar keltirishi, oilaviy, ruhiy, maʼnaviy, axloqiy jihatdan salbiy oqibatlarga sabab boʻlishi, kasallikning oldini olish, davolash, tarqalishini cheklash ishlarida aql-zakovat bilan ish tutish katta ahamiyatga egaligi tushuntirildi.

Tadbir davomida oʻquvchilar salomlashish, koʻrgazmali qurollar namoyishi, tezkor savol-javob koʻrinishidagi bilimlar sinovi, erkin mavzu, razminka, guruh sardorlari bellashuvi kabi shartlar boʻyicha bellashishdi. Kasallik haqidagi tushunchalarini namoyish etib, berilgan savollarga batafsil javoblar berishdi. Tayyorlagan koʻrgazmalari, plakat va slaydlarni namoyish etishdi. Guruh sardorlari ham kasallik haqida, unga chalinishning oldini olish borasida keng tushunchalarga ega ekanliklarini koʻrsatib berdilar.

Taʼkidlanganidek, jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining maʼlumotiga koʻra, hozirgi kunda dunyoning 197 mamlakatida 2000-yil oxirigacha 5,5 million odam OITS bilan xastalangan va ulardan 15,5 millioni vafot etgan. Hozirgi kunda esa 95 million atrofida hisoblanmoqda. Oʻzbekistonda ham OITS bilan kasallanganlarning soni ortib bormoqda. Kasallik omillari – fahsh ishlar, giyohvandlik, spirtli mahsulotlar isteʼmol qilish, tibbiy xizmatdan notoʻgʻri foydalanish, tartibsiz turmush tarzi sanaladi.

Tadbirda oʻquvchilar musiqiy chiqishlar ijro etib, tomoshabinlarni yanada xushnud etdilar. Iqtidorli oʻquvchilar tomonidan namoyish etilgan qoʻshiq va raqslar, OITS kasalligining salbiy oqibatlari haqidagi sahna koʻrinishlari barchaga nihoyatda manzur boʻldi. Oʻquvchilar sahna koʻrinishlari orqali, turli yot illatlarga, ayniqsa, giyohvandlikka berilish oqibatida OITS kasalligiga chalinish ehtimoli mavjudligini ifodalab berishdi.

Tadbir ishtirokchilari OITS kasalligi va uning oldini olish choralari haqida keng maʼlumotlarga ega boʻldilar.

O. Xudoyberganova.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026