IJTIMOIY SOHADAGI DAVLAT XIZMATLARIDAN FOYDALANING!!!
Mamlakatimizda keksalar va nogironligi bölgan şaxslarga eʼtibor qaratiş, ijtimoiy sohani yanada rivojlantiriş maqsadida Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 19-noyabr knugi “Aholiga sanatoriylarda davolaniş uçun yöllanmalar beriş sohasiga axborot-texnologiyalarini joriy etiş töğrisida”gi 693-sonli qarori qabul qilindi.
Qaror bilan keksalar va nogironligi bölgan şaxslarga sanatoriylarda davolaniş uçun yöllanmalar beriş böyiça davlat xizmatlari körsatişning maʼmuriy reglamenti, keksalar va nogironligi bölgan şaxslarga Davlat xizmatlari markazlari orqali sanatoriylarda davolaniş uçun yöllanmalarni beriş böyiça davlat xizmati körsatiş tartibi, keksalar va nogironligi bölgan şaxslar yoki ularning vakillari tomonidan sanatoriylarda davolaniş uçun yöllanmalarni beriş böyiça davlat xizmatidan foydalaniş tartibi, keksalar va nogironligi bölgan şaxslarga Davlat xizmatlari markazlari orqali sanatoriylarda davolaniş uçun yöllanmalarni taqsimlaş tartibi tasdiqlandi.
2022-yil 1-iyuldan boşlab uşbu qaror bilan tasdiqlangan maʼmuriy reglamentga muvofiq keksalar va nogironligi bölgan şaxslarga Davlat xizmatlari markazlari orqali sanatoriylarda davolaniş uçun yöllanmalar beriş böyiça davlat xizmatidan foydalaniş uçun jismoniy şaxslar faqat Davlat xizmatlari markazlari yoki Özbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat qiladilar.
Yöllanmalar Özbekiston Respublikasi Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantiriş agentligi tizimidagi keksalar, nogironligi bölgan şaxslar, uruş va mehnat faxriylari uçun sanatoriylarga beriladi.
Yöllanmalarni beriş davriyligi (birlamçi murojaat etganlar bundan mustasno) quyidagilardan iborat böladi:
a) har yili — navbat asosida:
uruş nogironlariga tenglaştirilgan şaxslarga;
respublika ahamiyatiga molik şaxsiy pensiya oluvçi şaxslar;
Çernobil AES halokati oqibatida nurlaniş kasalligiga çalingan va uni boşidan keçirgan şaxslar, şuningdek, Çernobil AES halokati sababli nogiron bölib qolgan şaxslarga;
yadro poligonlari va boşqa radiatsiya-yadro obʼektlarida harbiy xizmatni ötagan pensiya yoşidagi şaxslarga;
özgalar parvarişiga muhtoj bölgan yolğiz keksalarga;
b) ikki yilda bir marotaba — navbat asosida:
uruş qatnaşçilariga tenglaştirilgan şaxslarga;
halok bölgan harbiy xizmatçilarning yangi nikohdan ötmagan beva xotinlariga (beva erlariga);
I va II guruh nogironligi bölgan şaxslarga, közi ojiz I guruh nogironini kuzatib boruvçi şaxsga;
v) uç yilda bir marotaba — navbat asosida yoşga doir pensiya oluvçilarga.
Davlat xizmatidan foydalaniş uçun Keksalar va nogironligi bölgan şaxslar yoki ularning vakillari Davlat xizmatlari markazlariga kelib murojaat etadilar yoki davlat xizmatidan elektron tarzda foydalaniş uçun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida röyxatdan ötadilar.
Keksalar va nogironligi bölgan şaxslar özlari yoki vakillari kelib murojaat etgan taqdirda, Davlat xizmatlari markazi xodimi keksalar va nogironligi bölgan şaxslar nomidan, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida orqali murojaat etgan taqdirda esa — mustaqil tarzda sörovnomani elektron ravişda töldiradilar.
Sörovnomaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
imtiyozdan foydalaniş huquqini beruvçi hujjat (pensiya guvohnomasi, mavjud bölsa, uşbu Reglamentning 4-bandida nazarda tutilgan holatlarni tasdiqlovçi hujjatlar) nusxasi;
tibbiy maʼlumotnoma (davolovçi şifokor tomonidan beriladigan sanatoriy-soğlomlaştiriş tavsiya etiladigan maʼlumotnoma).
Mansur Sadikov, Tuman Davlat xizmatlari markazi direktori

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶