BOŞ QOMUSIMIZ QABUL QILINGAN KUN MUNOSABATI BILAN TANTANALI TADBIR ÖTKAZILDI
Har bir davlat özining taraqqiyot va rivojlaniş yölini özining Asosiy Qonunida mustahkamlab qöyadi. 1992-yilning 8-dekabrida respublika Oliy Kengaşining sessiyasida mustaqil davlatimizning Asosiy qonuni – Konstitutsiyasi qabul qilingan edi.
Mamlakatimiz mustaqilligining ilk davrlarida Qabul qilingan Konstitutsiyamizda şaxs, jamiyat va davlat örtasidagi munosabatlarda özaro huquq va majburiyatlar hamda ularning kafolatlari belgilab berilgan.
Boş Qomusimiz jinsi, millati, tili, dini va ijtimoiy kelib çiqişidan qatʼiy nazar, yurtimizda istiqomat qiluvçi barça fuqarolarni tengligining kafolatlanişini eʼtirof etadi.
Şu boisdan Asosiy Qonunimizni uluğlab, har tomonlama çuqur örganib, unga izçil amal qiliş barçaning şarafli burçidir.
Fuqarolar erkin, baxtli va osoyişta yaşaşi, munosib şaroitlarda mehnat qilişi, keksaygan çoğida ijtimoiy taʼminot oliş kabi huquqlari kafolati hisoblanmiş Konstitutsiyamiz qabul qilingan kun har yili yurtimizda ulkan tantalar bilan nişonlanadi.
Joriy yilning 7-dekabr kuni tuman Madaniyat bölimi tomoşalar zalida “Konstitutsiya – baxtimiz poydevori” deb nomlangan tadbir ham aynan uşbu sanaga bağişlandi.
Tadbirga tuman hokimligi masʼul xodimlari, huquqiy muhofaza qiluvçi organlari, korxona, taşkilotlar rahbarlari, mehnatda ulkan yutuqlarga erişayotgan yoşlar, jamoatçilik faollari taklif etildi.
Tuman hokimi Sultonboy Yöldoşev sözga çiqib, mamlakatimizda nişonlanayotgan muhim sana – Konstitutsiyamiz qabul qilinganligining 29 yilligi bilan barçani qizğin qutladi va mamlakatimizda istiqomat qilayotgan fuqarolar hayotida uşbu muhim hujjatning neçoğlik ulkan ahamiyatga ega ekanligi xususida gapirdi. Barçani şunday tinç va osoyişta, dorilomon hayotni qadrlab, özaro ahillikda yaşaşga çaqirdi, bugungi yurtimizda amalga oşirilayotgan islohotlarni qöllab-quvvatlab, ularda fidoyilik bilan iştirok etişga çaqirdi.
Şundan söng tuman Adliya bölimi boşliği Möʼminjon Matyusupov sözga çiqib, yiğilganlarni yurtimiz taraqqiyotining poydevori, tinç va farovon kunlarimiz asosi bölgan asosiy qonunimiz – Konstitutsiyamiz qabul qilinganligining 29 yillik bayrami bilan qizğin qutladi.
Şundan söng Özbekiston Qoraqalpoğiston Respublikalari davlat madhiyalari yangradi va bayram tantanalari boşlandi.
Boş Qomusimiz – bu istiqlol va mustaqil Özbekiston ramzi, ğurur-iftixori, şu zaminda istiqomat qilayotgan, millati, dini, irqi va tilidan qatʼi nazar, barça uçun mustahkam himoya, fuqarolik jamiyati istiqbolini belgilab beruvçi dasturilamal hujjatdir.
Ötgan qisqa davrda jamiyatimizning siyosiy-huquqiy va ijtimoiy-iqtisodiy qiyofasi, odamlarimizning dunyoqaraşi butunlay özgargani, har bir yurtdoşimiz mamlakatimizning taraqqiyotiga munosib hissa qöşayotgani Boş qomusimizning hayotbaxş qudrati va ulkan salohiyatidan dalolat beradi.
Ana şu ulkan salohiyatga tayanib, xalqimiz bugungi kunda murakkab sinovlarni mardona yengib, yurtimizda erkin, obod va farovon hayot – yangi Özbekistonni barpo etiş yölida fidokorona mehnat qilmoqda.
Bayram tadbiridagi musiqiy dasturdan örin olgan yurtimizni, baxtiyor hayotni, tinçlikni madh etuvçi kuy-qöşiqlar, raqslar barçaga zavq bağişladi.
Tuman Madaniyat bölimi xodimi Nasiba Eşçanova stsenariysi asosida tayyorlangan bayram dasturi iştirokçilarga manzur böldi.
Boş qomusimiz – Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kunga bağişlangan bayram tadbirlari tumandagi muassasa, korxona va taşkilotlarda, ovul va mahallalarda davom etmoqda.
Oygul RAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶