40-SONLI MAKTABDA KONSTITUTsIYa KUNIGA BAĞIŞLANGAN TADBIRLAR ÖTKAZILDI
Yurtimizda Konstituttsiyamiz qabul qilinganligining 29 yilligi keng nişonlanmoqda. Şu munosabat bilan 40-sonli maktabda ham “Konstitutsiya va mening huquqlarim” deb nomlangan rasmlar va maketlar tanlovi, “Konstitutsiya bilimdonlari” bellaşuvi va “Ajdodlar merosi – kelajak poydevori” hamda “Konstitutsiya – faxrimiz, ğururimiz” deb nomlangan keça taşkil qilindi. “Konstitutsiya va mening huquqlarim” deb nomlangan rasmlar tanlovida 5-sinf öquvçilari Dilşoda Yöldoşeva, Gulinur Yangiboyevalar ğolib deb topildi. Maketlar tanlovida esa 6-sinf öquvçilari Abror Aşirboyev, Iqboljon Abdullayev, Diyorbek Maqsudov, Saidbek Rasulov, Sevinç Safarboyevalar yasagan maketlar eng yaxşi maket deb topilib, ğoliblar rağbatlantirildi.
“Konstitutsiya bilimdonlari” bellaşuvida 8-sinf öquvçilari taniştiruv, xotira maşqi, sardorlar bellaşuvi, şuningdek, voyaga yetmaganlar orasida huquqbuzarliklarning kelib çiqişi, ularning oldini oliş böyiça takliflar asosidagi sahna körinişini namoyiş qiliş kabi 5 şart asosida bellaşdi. Nihoyatda qiziqarli ötgan bellaşuvda 8-V sinfining “Huquqşunoslar” guruhi ğolib böldi va faxriy yorliq bilan taqdirlandi.
Bundan taşqari, maktabda “Konstitutsiya – faxrimiz, ğururimiz” deb nomlangan tadbirda maktab öquvçilari Asosiy qonunimizda körsatilgan moddalarni keng yoritib berişdi va şeʼrlar aytdi. Bayramga bağişlab, 7-sinflar örtasida “Ajdodlar merosi – kelajak poydevori” tanlovi ham ötkazildi. Tanlovda 7-“A” sinf öquvçilarining Jaloliddin Manguberdi guruhi 1-örinni egalladi va faxriy yorliq bilan taqdirlandi.
Tadbirlarda maktab öquvçilari katta taassurotlar olişdi va bir muhim maʼlumotlarga ega bölişdi.
Umida Karimova, 40-sonli maktabning ijodiy-madaniy masalalar böyiça tarğibotçisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶