Diniy qadriyatlarimiz toptalgan QORA KUNLAR
Hammamiz yaxşi bilamizki, muqaddas islom dinimiz asrlar davomida butun dunyo xalqlarini mehr-oqibatli, xayr-saxovatli, bölişga undab kelgan. Ayniqsa, muqaddas dinimizda inson xotirasiga alohida hurmat bilan qaraladi. Vaholanki, sobiq ittifoq davrida ana şunday insonparvar, xalqparvar va adolatpeşa dinimizni eskilik sarqiti, xurofot deb baholab, xalqimizni imon-eʼtiqodidan mahrum qilişga oçiqdan-oçiq urinişlar bölgani ayni haqiqat. Sobiq tuzum mafkurasi mayyitlarni qabrga qöyişdan oldin jamoat oldida yuzini oçib qöyib, mitinglar ötkazib, tobut ustida diniy maʼrifatga zid maʼruzalar (janoza emas!) öqib, mayyitlarning ruhlarini çirqiratib, dafn marosimlari ötkazişga millatimizni majburlaşgaça borib yetdilar. Ana şunday rusça mitinglar, dafn marosimlari Manğit şahrining "Beş gujum” dahasida, tumanimizning köpçilik ovullarida ham ötkazilganini köpçilik biladi. Bundan taşqari, masjidlarga tegişli mulklar musodara etilib, sotuvga çiqarib yuborildi, ötgan asrning 20-30-yillarida "Kuraşçan xudosizlar ittifoqi" degan uyuşma, Toşkent şahrida dinga qarşi tarğibot muzeylari faoliyat olib borardi.
Bu nimani bildiradi?
Albatta, bu - birinçidan, diniy-axloqiy, maʼnaviy-maʼrifiy qadriyatlarimiz, urf-odatlarimizni kamsitiş bölsa, ikkinçidan, millatni erkidan, imon-eʼtiqodidan mahrum manqurtlarga aylantirişga oşkora uriniş edi.
Diniy bayramlar – qurbon hayiti va ramazon hayitlari azal-azaldan xalqimizni mehr-muruvvat, özaro oqibat, imon-eʼtiqod, xayr-saxovat tamoyillariga sadoqat tuyğulari ila birlaştirib kelgan muborak sanalarki, aynan ana şu bayram kunlarida insonlar gina-kuduratlarni unutib, bir-birlariga yaxşi, samimiy tilaklar tilagan holda maʼnan birlaşadilar. Dinimizning kamsitilişi – xalqimizning ana şu asrlar oşa şakllangan maʼnaviy birlik kamolotiga qarşi qaratilgan xuruj böldi.
Ming şukurki, 23-yildan beri hur va ozodmiz. Vijdon va eʼtiqod erkinligi, diniy qadriyatlarga hurmat va sadoqat tamoyillari Konstitutsiyamiz orqali mustahkam kafolatlangan. Atrofimizdagi gözallikka, erkinlikka, özgarişlarga, xalqimizning ahilligi va birodarligiga, hayotimizdagi tökin-soçinlikka şukronalar aytaman. Ilohim, barçalarimizni Yaratganning özi qöllab, ruşdu hidoyatga boşlasin, köngillarimizni imon nuri bilan munavvar aylasin.
Abdurahmon Abdukarimov,
"Qarşili xöja” jomʼe masjidi imom-xatibi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶