9-dekabr – Xalqaro korruptsiyaga qarşi kuraşiş kuni
Tuman Xalq taʼlimi bölimi taşabbusi bilan Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 29 yilligi hamda Xalqaro korruptsiyaga qarşi kuraş kuni munosabati bilan tadbir ötkazildi. 82-sonli maktabda bölib ötgan mazkur tadbirda tuman Xalq taʼlimi, Adliya bölimi masʼullari, tumandagi 85 ta umumtaʼlim maktablari direktorlari va ommaviy axborot vositalari xodimlari qatnaşişdi.
Tadbirda Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Özbekiston Respublikasining “Korruptsiyaga qarşi kuraş töğrisida”gi qonun mazmun-mohiyati xususida batafsil tuşunçalar berildi. Şuningdek, mamlakatimizda korruptsiyaga qarşi kuraşişga qaratilgan muhim huquqiy hujjatlar ijrosini taʼminlaş nafaqat bu illatning oldini oliş, davlat va jamiyat taraqqiyotiga xizmat qilişi taʼkidlandi. Taʼlim tizimi xodimlari örtasida odob-axloq qoidalariga rioya etiş, korruptsiya bilan boğliq qonunbuzarlik holatlari haqida tegişli joylarga xabar beriş, ularning oldini oliş va bartaraf etişga oid masalalar yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.
Tadbirda iştirok etgan soha xodimlari davlat taşkilotlari tomonidan ötkazilayotgan bu kabi tadbirlar jamiyatda huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olişni taʼminlaşi, ularning profilaktikasi samaradorligini oşirişi hamda aholining huquqiy bilimlarini yanada boyitişga xizmat qilişini taʼkidlab, taşkilotçilarga öz minnatdorçiliklarini bildirişdi.
O.Xudoyberganova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶