40-SONLI MAKTABDA “KONSTITUTsIYa – BAXTIMIZ QOMUSI” DEB NOMLANGAN TADBIR ÖTKAZILDI
Tumanimizdagi umumtaʼlim muassasalarida 8-dekabr – Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kunning 29 yilligi munosabati bilan hamda ijtimoiy fanlar oyligi doirasida maʼnaviy-maʼrifiy, huquqiy-tarbiyaviy tadbirlar ötkazilmoqda. Mazkur tadbirlarda öquvçi-yoşlar faol iştirok etişib, özlarining ijtimoiy fanlar böyiça olgan bilimlarini hamda Konstitutsiya bilimdonlari ekanliklarini namoyiş etişmoqda.
Amudaryo tumani xalq taʼlimi bölimiga qaraşli 40-sonli umumtaʼlim maktabida esa Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 29 yillik şodiyonalari haqiqiy bilimdonlar bayramiga aylanib ketdi. Sana munosabati bilan ijtimoiy fanlar oyligi doirasida quyi va yuqori sinflar öquvçilari tomonidan biri-biridan mazmunli maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar taşkil etildi.
Xususan, “Konstitutsiya – baxtimiz qomusi” deb nomlangan tadbir bilimdon, zukko va epçil, hozirjavob öquvçilarinng öz iqtidorlarini namoyon etişlari uçun imkoniyat yaratdi. Tadbir davomida Konstitutsiya bilimdonlari törtta şart böyiça özaro bellaşdilar. Unga köra, birinçi şartda iştirokçi özini taniştiriş asnosida oilasi hamda özi uçun Konstitutsiyada kafolatlangan huquqlar haqida batafsil, sermazmun hikoya qilişi talab etildi. Ikkinçi şart Konstitutsiya boblari, moddalari böyiça savol-javoblar, uçinçi şart xotira maşqi, törtinçi şart esa yoşlar orasida huquqbuzarliklarning kelib çiqişi hamda ularning oldini oliş haqida sahna körinişlari tayyorlaşdan iborat böldi.
Şunisi eʼtiborliki, iştirokçilar barça şartlarni maromiga yetkazib ado etdilar.
“Ajdodlar merosi – kelajak poydevori” şiori ostida 7-sinflar örtasida bölib ötgan bellaşuv qiziqarli taassurotlarga boy böldi. Unda “Jaloliddin Manguberdi”, “Tömaris”, “Temuriylar” guruhlari özaro kuç sinaşdilar. Taniştiruv, mantiqiy savol-javoblar, xotira sinovlari asosida ötkazilgan bellaşuvda iştirokçilar uluğ ajdodlarimizning betimsol maʼnaviy, madaniy merosini qunt bilan örganayotganliklarini özlarining amaliy çiqişlari, mantiqiy savollarga bergan javoblari orqali namoyiş etdilar.
Tadbir davomida 5-6-sinflar öquvçilari örtasida “Tarixiy yodgorliklar maketlarini tayyorlaş” böyiça körik-tanlov ham bölib ötdi. Mazkur tanlov nafaqat iştirokçilar, balki maktab öqituvçilari hamda körik-tanlov tomoşabinlari uçun ham nihoyatda qiziqarli va hayajonli taassurotlarga boy böldi. Unda öquvçilar hali juda yoş bölsalar-da, tarixiy-meʼmoriy yodgorliklar xususida ançagina yaxşi tasavvurga ega ekanliklarini özlari tayyorlagan maketlar orqali ifoda etdilar. Şu bilan birga, Konstitutsiyamizda tarixiy-madaniy yodgorliklar töla davlat himoyasida va xalqimizning bebaho boyligi, bu boylikni asrab-avaylaş har bir fuqaroning burçi ekanligini ham taʼkidladilar.
Tadbir yakunida Konstitutsiya bilimdonlari maktab maʼmuriyati tomonidan faxriy yorliqlar bilan taqdirlandilar.
“Konstitutsiya – baxtimiz qomusi” deb nomlangan maʼnaviy-maʼrifiy hamda huquqiy-tarbiyaviy keçadan joy olgan har bir tadbir öquvçi-yoşlar qalbida ona Vatanga muhabbat, Konstitutsiyada belgilangan barça huquqiy normalarga hurmat tuyğusini yanada mustahkamladi.
Robiya YÖLDOŞEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶