24.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
24.09.2026, 21:48
Jamiyat 👁 370

2-sonli maktabni 2001-yilda tamomlagan sinfdoshlar 20-yildan keyin yana maktabda uchrashdilar

2-sonli maktabni 2001-yilda tamomlagan sinfdoshlar 20-yildan keyin yana maktabda uchrashdilar

Bolalik damlarini qoʻmsab, olis yillar xotiralari ogʻushida yashashning gashti oʻzgacha. Buni bolalikdagi doʻstlari bilan diydorlashgan insonlar juda yaxshi bilishadi. Begʻuborlik, rostgoʻylik, samimiylikdan charogʻon bolalik damlari ana shunday diydorlashuv lahzalarida eski qadrdonlarni bir-birlariga yanada yaqinlashtiradilar. Oʻrtadagi mehr-oqibat tuygʻulari qadrdon doʻstlar diydoridan bahramand dillarga yanada samimiylik, joʻshqinlik bagʻishlaydi.

Tumanimizdagi 2-sonli umumtaʼlim maktabini 2001-yilda bitirgan, 1984-yilda tugʻilgan sobiq sinfdoshlarning 20-yildan keyingi “Diydor shirin” deb nomlangan uchrashuv marosimi ham nafaqat sobiq sinfdosh doʻstlar, balki ularning ustozlari uchun ham haqiqiy bayramona kayfiyat bagʻishladi.

Xuddi oʻquvchi darsga oshiqqani kabi sobiq sinfdosh doʻstlar erta tongdanoq qadrdon maktab ostonasiga qadam qoʻydilar. Bolalik davrlaridagi kabi bundan 20-yil avval taʼlim-tarbiya olgan, ustozlarining maroqli dars-mashgʻulotlarini tinglab, taʼsirlangan sinfxonalariga kirib, oʻzlari uchun aziz partalarga oʻtirib, ustozlarini kutdilar. Sobiq sinf rahbarlari Yangiboy Allamberganov hamda Sobir Qodirovlar sinf jurnalini ochib, yoʻqlama qilishdi. Sobiq oʻquvchilarining xotiralarini sinovdan oʻtkazib, ularga savollar berishdi.

Shundan soʻng, “Diydor shirin” tadbirining maʼnaviy-maʼrifiy, adabiy-musiqiy qismi boshlandi.

Unda maktab direktori Anvar Allamberganov soʻzga chiqib, sobiq sinfdoshlarni diydorlashuv kechasi munosabati bilan samimiy tabrikladi. Shu bilan birga sobiq sinfdoshlarning hayotda erishgan va erishayotgan yutuqlari haqida quvonib soʻz yuritdi.

Oʻz navbatida sobiq sinfdosh doʻstlar ham bir-birlariga oʻz hayotlaridagi oʻzgarishlar, ezgu ishlari haqida gapirishib, erishayotgan yutuqlarida ustozlarining hissasi kattaligini, ularning oʻgit va nasihatlari ular uchun hayotda hamisha muhimligini taʼkidladilar.

Oʻzlari taʼlim-tarbiya olgan, begʻubor bolalik xotiralariga guvoh qadrdon maktab, sinfxonalarga bir-bir kirib, olis yillardagi joʻshqin yoshlik, oʻsmirlik, bolalik  damlariga qaytib, ustozlar suhbatidan yana bir bora bahramand boʻldilar. Shundan soʻng, sobiq sinfdosh doʻstlar oʻzlariga ilk saboq berib, oq-qorani tanitgan birinchi ustozlari, marhuma Roza Abuovani eslab, uning porloq xotirasi uchun Qurʼon oyatlaridan tilovatlar qildilar.

Bugungi kunda hayot gashtini surayotgan aziz ustozlari Hanifa Rajabova, sobiq matematika fani oʻqituvchisi Gulmirza Ahmedov va boshqa aziz ustozlariga sovgʻalar berishdi. Fayzli dasturxon yozilib, kuy-qoʻshiqlar ogʻushida samimiyat hurmat-ehtirom, eʼtibor qulf urgan “Diydor shirin” uchrashuvi davomida sobiq sinfdoshlar oʻzlari uchun hamisha qadrli hayot hikmatlarini oʻrgatgan aziz ustozlari hamda hamisha muqaddas ilm maskani – 2-sonli  maktab maʼmuriyati uchun mebel sovgʻa qildilar.

Uchrashuv tadbiri yakunida sobiq ustozlar va sobiq sinfdosh doʻstlar “Diydor shirin” uchrashuv kechasini tashkil etgan Botir Ismoilov, Dilshod Matsipov, Shuhrat Sultonov, Shukurullo Matyoqubov, Javlonbek Yusupov, Joʻrabek Sobirov hamda Ruslan Sobirovlarga chin dildan minnatdorchilik bildirdilar.

“Diydor shirin” uchrashuv tadbiri sobiq sinfdoshlar oʻrtasidagi doʻstlik va qadrdonlik pishtalarini yanada mustahkamladi.

Robiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026