24.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
24.09.2026, 21:48
Jamiyat 👁 311

QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI SUDI SUDYaSI AMUDARYo TUMANI SUD-HUQUQ SOHASI MASʼULLARI IShTIROKIDA MAJLIS OʻTKAZDI

QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI SUDI SUDYaSI AMUDARYo TUMANI SUD-HUQUQ SOHASI MASʼULLARI IShTIROKIDA MAJLIS OʻTKAZDI

Amudaryo tumani Davlat xizmatlari Markazi binosida “Respublika sudlari raislari, sudyalari va sud xodimlari ishtirokida 2021-yil 27-fevral kuni kengaytirilgan tarzda oʻtkazilgan Oliy sud Rayosati yigʻilishida belgilangan vazifalar yuzasidan “Yoʻl xaritasi”ning ijrosi, yaʼni sudlovga taalluqlilik masalasiga bagʻishlangan majlis boʻlib oʻtdi.

Majlisda Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudining fuqarolik ishlari boʻyicha sudyasi Abdimurat Kerimbayev, fuqarolik ishlari boʻyicha Amudaryo tuman sudi raisi Qayrulla Atamuratov, Jinoyat ishlari boʻyicha Amudaryo tuman sudi raisi Jasur  Oʻrazbayev, sud xodimlari va sud-huquq sohasi mutaxassislari, ommaviy axborot vakillari ishtirok etdilar.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudining fuqarolik ishlari boʻyicha sudyasi Abdimurat Kerimbayev raisligida oʻtkazilgan majlisda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi tomonidan 2021-yil 9-martda tasdiqlangan “Yoʻl xaritasi” ijrosini taʼminlash boʻyicha ishtirokchilarga batafsil maʼlumot berdi. Xususan, mazkur “Yoʻl xaritasi”ning 112-bandida taalluqli boʻlmaganligi uchun qabul qilish rad qilinayotgan daʼvo arizalarni, sudga murojaat qilgan shaxslarni sarson qilmaslik maqsadida, ushbu daʼvo arizasini  koʻrib chiqish uchun taalluqli boʻlgan sudga toʻgʻridan-toʻgʻri yuborish chorasini koʻrish va ishlarning taalluqligi masalalarida yuzaga kelayotgan holatlarni viloyatlar hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi miqyosida muhokama qilib, hal etilishini taʼminlash vazifasi belgilanganligini aytib oʻtdi.

Abdimurat Kerimbayev oʻz maʼruzasida  Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy sud ishlarini yuritish toʻgʻrisidagi Kodeksning 26-moddasiga koʻra, maʼmuriy sudga fuqarolar va yuridik shaxslarning buzilgan yoki nizolashilayotgan huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi, maʼmuriy va boshqa ommaviy huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan ishlar taalluqli ekanligini misollar orqali tushuntirdi.

Shundan soʻng, majlis ishtirokchilari amaliyotda sudlovga tegishlilik masalasida bir qancha tushunmovchiliklar mavjud ekanligi, shu sababli sudga murojaat qilgan shaxslarni sarson qilmaslik maqsadida taalluqli boʻlmaganligi uchun qabul qilish rad qilinayotgan daʼvo arizalarni, ushbu daʼvo arizasini koʻrib chiqish uchun taalluqli boʻlgan sudga toʻgʻridan-toʻgʻri  yuborish amaliyotini yoʻlga qoʻyish boʻyicha oʻz fikr-mulohazalarini bildirdilar.

Fuqarolik ishlari boʻyicha Amudaryo tuman sudi raisi Qayrulla Atamuratov soʻzga chiqib, taalluqli boʻlmaganligi  uchun qabul qilish rad qilinayotgan daʼvo arizalarni,  ushbu daʼvo arizasi koʻrib chiqish uchun taalluqli boʻlgan sudga toʻgʻridan-toʻgʻri yuborish amaliyotini yoʻlga qoʻyish maqsadga muvofiq boʻlishi haqida amaliyotda yuzaga kelayotgan muammolarni keltirgan holda oʻz fikrlarini bildirdi.

Majlis ishtirokchilari sudga murojaat qilgan shaxslarni sarson qilmaslik maqsadida taalluqli boʻlmaganligi uchun qabul qilish rad qilinayotgan daʼvo arizalarni, ushbu daʼvo arizasini koʻrib chiqish uchun taalluqli boʻlgan sudga toʻgʻridan-toʻgʻri yuborish amaliyotini yoʻlga  qoʻyish maqsadga muvofiqligi, ushbu amaliyotni qonunchilik bilan tartibga solish lozimligi haqidagi fikrlarini bildirdilar.

Majlis davomida soha xodimlari koʻrilgan masala yuzasidan oʻzlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qildilar. Barcha savollarga Qoraqalpogʻiston Respublikasi  sudining fuqarolik ishlari boʻyicha sudyasi A.Kerimbayev batafsil javob berdi.

Robiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026