36-SONLI MAKTABDA “KONSTITUTsIYa BAXTIMIZ QOMUSI” DEB NOMLANGAN TADBIR ÖTKAZILDI
Mamlakatimiz böylab Özbekiston Konstitutsiyasining 29 yilligi keng nişonlandi. Hududlarda, korxona-taşkilotlarda, şu qatorida umumtaʼlim maktablarida ham uşbu bayram munosabati bilan turli tadbirlar taşkil etildi.
Konstitutsiyasining 29 yilligi arafasida 36-sonli maktabda ham öquvçilarning huquqiy ongini yuksaltiriş va olgan bilimlarini mustahkamlaş maqsadida darslarda “Konstitutsiyani örganamiz”, “Konstitutsiya - mening taqdirimda” mavzularida maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar, davra suhbatlari ötkazildi.
7-dekabr kuni 36-sonli umumiy örta taʼlim maktabining 6-“A” sinfi öquvçilari tomonidan “Konstitutsiya — baxtimiz qomusi” deb nomlangan tantanali tadbir bölib ötdi. Tarix fani öqituvçisi Nurbek Ataxanov va sinf rahbari Dilnura Boboniyozovalar tomonidan taşkil etilgan mazkur tadbirga maktab öquvçilari va öqituvçilar taklif etildi.
Sözga çiqqanlar barçani qutluğ bayram bilan muborakbod etib, Konstitutsiyamizning tarixi, bugungi kundagi örni va ahamiyati, sönggi yillarda mamlakatimizda amalga oşirilayotgan islohotlar, ularning mohiyati va mazmuni haqida töxtalib ötdilar. Şuningdek, Konstitutsiyamizda bizning boş maqsadimiz – faqat huquqiy demokratik davlat emas, balki adolatli jamiyat quriş ekani aniq-ravşan belgilab berilgani xususida keng töxtaldilar. Xalqimizning adolat va haqiqatga intiliş, adolatli jamiyat qurişdek asriy orzularini amalga oşiriş uçun huquqiy demokratik davlat va adolatli jamiyat quriş borasidagi konstitutsiyaviy normalarni hayotga tizimli ravişda, keng joriy etiş ustuvor vazifamiz bölişi kerakligini eʼtirof etdilar. Boş Qomusimiz jamiyat va fuqarolar, ayniqsa, yoşlar hayotida muhim ahamiyat kasb etişini alohida aytib ötdilar.
Taʼkidlanganidek, bugungi kunda Boş qomusimiz mamlakatimizda suveren demokratik davlat barpo etiş, inson manfaatlari, huquq va erkinliklarini taʼminlaş, iqtisodiyotimiz rivoji va turmuşimiz farovonligini yuksaltirişning asosiy huquqiy kafolati bölib xizmat qilmoqda. Konstitutsiyaning muhim jihati, unda inson huquqlari eng oliy qadriyat sifatida eʼtirof etilganidir. Zero, Boş Qomusimizning barça tamoyillari, avvalo, inson va fuqarolar huquq va erkinliklarini himoya qilişga qaratilgan bölib, davlatning majburiyati uşbu huquq va erkinliklarni taʼminlaşda aks etadi.

Öquvçilar tomonidan Konstitutsiyaga bağişlab özbek, rus va ingliz tillarida şeʼrlar öqildi, Konstitutsiyaning ayrim moddalari keltirilib, ular böyiça keng tuşunçalar berildi. Sahna körinişi, raqslar va qöşiqlar ijro etildi.
Bunday tadbirlar öquvçilarda Vatanga muhabbat, boş Qomusimiz-Konstitutsiyamizga hamda davlatimiz ramzlariga hurmat tuyğularini şakllantirişda katta ahamiyatga ega. Öquvçilar tadbir davomida davlatimizning Asosiy Qonuni – Konstitutsiya haqida özlarining neçoğliq darajada çuqur bilimlarga ega ekanligini namoyiş etdilar.
Qiziqarli va kötarinki ruhda ötgan tadbir öquvçilarning Konstitutsiya haqidagi bilim va tuşunçalarini yanada boyitdi.
O.Xudoyberganova, 36-sonli maktabning ijodiy-madaniy masalalar böyiça tarğibotçisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶