22.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
22.09.2026, 00:04
Siyosat 👁 224

KORRUPTsIYaGA QARShI KURAShISh VA YoShLARNI HARBIY VATANPARVARLIK RUHIDA TARBIYaLAShGA BAGʻIShLANGAN KENGAYTIRILGAN YIGʻILISh OʻTKAZILDI

KORRUPTsIYaGA QARShI KURAShISh VA YoShLARNI HARBIY VATANPARVARLIK RUHIDA TARBIYaLAShGA BAGʻIShLANGAN KENGAYTIRILGAN YIGʻILISh OʻTKAZILDI

Hozirgi kunda korruptsiyaga qarshi kurashish – kunning eng dolzarb  va muhim vazifasi boʻlib qoldi. Ushbu illatga qarshi nafaqat bizning mamlakatimizda, balki dunyodagi barcha mamlakatlarda keskin va murosasiz kurash olib borilmoqda.

Davlatimiz mustaqilikka erishgach, korruptsiyaga qarshi kurash doirasida koʻplab normativ-huquqiy hujjatlar, dasturlar qabul qilinib, shu asosda keng qamrovli ishlar, korruptsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olishga qaratilgan tushuntirish-targʻibot tadbirlari, huquqiy-maslahat uchrashuvlari amalga oshirilib kelinmoqda.

9-dekabr kuni Xalqaro korruptsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan tuman madaniyat markazi binosida mutasaddi tashkilotlar rahbarlari va xodimlari ishtirokida boʻlib oʻtgan kengaytirilgan yigʻilishda ham ushbu illatga qarshi kurashishda davlat organlari va tashkilotlari  tomonidan aholining, ayniqsa oʻsib kelayotgan yosh avlodning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishga, shu bilan birga jamiyatda korruptsiyaga qarshi murosasiz munosabatni shakllantirishga qaratilgan maʼruzalar oʻqilib, fikr-mulohazalar bildirildi.

Yigʻilishda Amudaryo tumani xalq taʼlimi boʻlimi, Davlat Xavfsizlik xizmati, Mudofaa ishlari boʻlimi va tumandagi umumtaʼlim maktablarining direktorlari, oʻqituvchilar ishtirok etdilar.

Yigʻilishni Amudaryo tumani Xalq taʼlimi boʻlimi mudiri Akmal Ismoilov kirish soʻzi bilan ochib, yigʻilganlarni kun tartibidagi masalalar bilan tanishtirib oʻtdi hamda tuman xalq taʼlimi boʻlimi tomonidan korruptsiyaga qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan huquqiy-tarbiyaviy ishlarga batafsil toʻxtaldi.

Yigʻilishda Oʻzbekiston Respublikasining “Korruptsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Qonuni mazmun-mohiyati toʻgʻrisida maʼruza qilindi. Jumladan, mazkur Qonun 6 bob, 34 moddadan iborat ekanligi, korruptsiya soʻzi - shaxsning oʻz mansab yoki xizmat mavqeidan shaxsiy manfaatlarini yoxud oʻzga shaxslarning manfaatlarini koʻzlab, moddiy yoki nomoddiy naf olish maqsadida qonunga xilof ravishda foydalanishi xususida toʻxtaldi.

Soʻzga chiqqanlar “Oʻquvchi-yoshlarning diniy ekstremizm, terrorizm, turli diniy oqimlarga kirib qolishining oldini olish boʻyicha ham oʻz fikr-mulohazalarini bildirib oʻtdilar. Jumladan, tinchlik – taraqqiyot va farovonlikning asosiy omili ekanligi, davlatimiz taraqqiyot yoʻlida qanday ulkan, boshqalarning havasini tortadigan yutuq va marralarga erishgan boʻlsa, barchasining negizi yurtimizdagi tinch va osuda hayot, millatlar va fuqarolararo totuvlik, oʻzaro mehr-oqibat va hamjihatlikni asrab-avaylab kelayotganimizda ekanligi taʼkidlab oʻtildi.

Yigʻilishda Amudaryo tumani Mudofaa ishlari boʻlimi boshligʻi yoshlarni milliy gʻoya va Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash borasida amalga oshiriladigan ishlar xususida maʼruza qildi.

Ushbu tadbirda yosh avlodni turli yot illatlardan himoyalash, ularni Vatanga muhabbat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashda taʼlim muassasalarining oʻrni beqiyos ekanligini, bunda oʻquvchi-yoshlar oʻrtasida targʻibot-tashviqot ishlarini samarali tashkil qilish, mavzuga doir uchrashuvlar va davra suhbatlari, dunyodagi siyosiy vaziyat boʻyicha videoroliklar namoyishlarini tashkil qilish kerakligi boʻyicha tavsiyalar berildi.  

Muzokaralarda ishtirok etgan 40-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi direktori Sanobar Xoʻjamurotova, 22-sonli maktab direktori Azim Bekberganov, 21-sonli maktab direktori T.Doschanov, 18-sonli maktab direktori vazifasini vaqtincha bajaruvchi S.Yeshboyeva, 46-sonli maktabning ChQBT rahbari A.Yeshimbetovlar muhokama etilgan masalalar boʻyicha oʻz taklif va tavsiyalarini berdilar.

Robiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026