21.11.2026
Til Öz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf ölçami Rang Rasmlar
21.11.2026, 00:13
Fan va taʼlim 👁 6,066

TAʼLIM MUASSASALARIDA ÖQUV-TARBIYa SAMARADORLIGINI YuQORI SIFAT DARAJASIGA KÖTARIŞ - DAVR TALABI

TAʼLIM MUASSASALARIDA ÖQUV-TARBIYa SAMARADORLIGINI YuQORI SIFAT DARAJASIGA KÖTARIŞ  - DAVR TALABI

Tuman xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlaş va taşkil etiş bölimi mudiri Ozod MATMURATOVning

tuman öqituvçilarining 2014-yilgi anʼanaviy

Avgust kengaşidagi

M A ʼ R U Z A S I

Hurmatlidöstlar! Aziz mehmonlar!

Anʼanaga aylanib qolgan tuman öqituvçilarining Avgust kengaşi bu yil "Yagonasan, muqaddas Vatanim, sevgi va sadoqatim senga baxşida, gözal Özbekistonim!” şiori ostida ötkazilmoqda. Ötayotgan har bir kunbizni mamlakatimiz böylab keng nişonlanadigan Özbekiston Respublikasi mustaqilligining 23 yilligi tantanalari sari yetaklamoqda. Fursatdan foydalanib, men Sizlarni va Siz orqali butun mehnat jamoalaringizni biz uçun eng qadrli bölganuşbu qutluğ bayram bilan, şuningdek, mazkur bayramga hamohang tarzda nişonlanadigan Bilimlar kuni bilan qizğin muborakbod qilaman!

Hurmatli hamkasblar!

Avvalo, eʼtiboringizni bugungi anjumanimiz işida alohida diqqat markazimizda turişi lozim bölgan jihat – tumanimizda taʼlim sohasida erişilayotgan yutuqlarni, yöl qöyilayotgan kamçiliklarni tahlil qiliş, ulardan tegişli xulosa çiqarib, kelgusi faoliyatimiz yönalişini belgilaşdek muhim masalaga qaratmoqçiman.

Muhtaram Prezidentimiz mustaqillikning dastlabki kunlaridan boşlab ötmişda şakllangan taʼlim tizimini tubdan isloh qilmasdan turib, eski kommunistik mafkuraning qolip va aqidalaridan butunlay voz keçmasdan, yoşlarning ongida demokratik qadriyatlarni mustahkamlamasdan turib, yangi jamiyatni barpo etib bölmasligi haqida qatʼiy xulosaga kelganligini aytib, Özbekistonda yaşayotgan aholining 60 foizidan ortiğini 30 yoşgaça bölgan yoşlar taşkil etişini inobatga oladigan bölsak, uşbu islohotlarning zarurati va roli öz-özidan tuşunarli va ravşan bölişini taʼkidlab ötgan edi.

Muhtaram Prezidentimiz öz maʼruzalarida mamlakatimizda qabul qilingan milliy dasturga köra, 9+3 sxemasi böyiça 12 yillik umumiy majburiy bepul taʼlim tizimi joriy etilgani, bu avvalambor, 12 yillik töliq bepul, majburiy taʼlim qonuniy asosda yölga qöyilganini anglatişi, agar inson öz mamlakati Konstitutsiyasi, xalqi va Vatani oldidagi farzandlik burçini bajarişni istasa, u birinçi navbatda, öz farzandining 12 yillik taʼlim olişini taʼminlaşi, buning uçun barça şaroitlarni yaratib berişi kerakligini, bu modelning printsipial xususiyati, avvalambor, umumtaʼlim maktabidagi 9 yillik öqişdan söng öquvçilar 3-yil davomida ixtisoslaştirilgan kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarda tahsil olib, ularning har biri umumtaʼlim fanlari bilan birga mehnat bozorida talab qilinadigan 2-3 ta mutaxassislik böyiça kasb-hunarlarni ham egallaşi va hozirda respublikamizda zamonaviy meʼmorçilik loyihalari asosida 1500 ta ana şunday kollej va litseylar barpo etilganini aytib ötgan edi.

Uşbu tizimning muhim jihati şundaki, majburiy taʼlimdan söng yoş yigit-qizlarimiz, öz xohişlariga köra, bakalavr yoki magistr darajasiga ega böliş uçun oliy öquv yurtlarida tahsil olişni davom ettirişlari mumkinligi, taʼlim-tarbiya sohasini isloh qiliş dasturi hayotimizga muvaffaqiyatli joriy etilişi natijasida uzluksiz taʼlimning zamonaviy talablarga javob beradigan yaxlit tizimi yaratildi.

Mamlakatimizda keng kölamli islohotlar boşlanganidan buyon oliy öquv yurtlari soni 2-marta oşib, bugungi kunda 60 ta universitet va institutda230 ming nafardan ziyod talaba tahsil olayotgani, Özbekistonda Yevropa va Osiyoning bir qator yetakçi oliy öquv yurtlarining filiallari, jumladan, Vestminster universiteti, Singapur menejmentni rivojlantiriş instituti, Turin politexnika universiteti, Rossiya neft va gaz universiteti, Moskva davlat universiteti, Rossiya iqtisodiyot universiteti filiallari faoliyat yuritayotgani, hozirgi vaqtda Özbekiston Milliy universiteti, Fanlar akademiyasi va Buyuk Britaniyaning yetakçi oliy öquv yurti – Kembrij universiteti bilan birgalikda Yuksak texnologiyalar öquv-tajriba markazi taşkil etilayotganligi, 2014-yilning sentyabr oyidan boşlab yurtimizda Janubiy Koreyaning Inxa universiteti filiali faoliyat körsatişi, uning asosiy yönalişini axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, kompyuter muhandisligi sohasidagi taʼlimni taşkil etişdan iboratligi, yoşlarimizning minglab iqtidorli vakillari Yaponiya, Germaniya, Janubiy Koreya, Xitoy, Buyuk Britaniya, AQŞ, Frantsiya va boşqa mamlakatlarning yetakçi universitetlarida taʼlim olayotgani, ularning bilim va malakasini oşirişda keng imkoniyatlar oçib berilişi barçamizga yuksak ğurur baxş etadi.

Bugungi kunda, BMT maʼlumotlariga köra, mamlakatimizda taʼlimga yönaltirilayotgan xarajatlar davlat byudjetining 35 foizdan ortiğini taşkil etayotgani, boşqaça aytganda, Özbekiston davlat byudjetidan har yili 35 foiz mablağ aynan taʼlim-tarbiya sohasiga yönaltirilayotganligi, jahon intellektual mulk taşkiloti va yetakçi xalqaro biznes-maktablardan biri – "INSEAD” tomonidan 2012-yilda inson kapitalining taraqqiyot darajasi böyiça ötkazilgan tadqiqot natijalariga köra, Özbekiston 141 mamlakat orasida 53-örinni, taʼlim tizimini rivojlantiriş darajasi, jumladan, taʼlim maqsadlari uçun ajratiladigan mablağlar böyiça esa dunyoda beşinçi örinni egallagani ortiqça izohga örin qoldirmasa kerak.

Kadrlar tayyorlaş milliy dasturi va uni amalga oşiriş bosqiçlari, maʼnaviy – maʼrifiy sohadagi yutuqlarimiz taʼlim tizimidagi tub özgarişlarda yaqqol namoyon bölmoqda.

Mustaqillik yillarida xalq taʼlimini isloh qiliş, kadrlar tayyorlaş tizimini mustahkamlaş sohasida muhim çora – tadbirlar amalga oşirildi. Yangi oliy öquv yurtlari taşkil etilib, bilimlarning yangi tarmoqlari böyiça kadrlar tayyorlaş yölga qöyildi. 2004-yil 21-mayda – Özbekiston Respublikasi Prezidentining «2004 – 2009-yillarda maktab taʼlimini rivojlantiriş davlat umummilliy dasturi töğrisida»gi farmoni eʼlon qilindi.

Oliy taʼlim tizimidagi 16 universitetning 12 tasi mustaqillik yillarida taşkil etildi.

Taʼlim sohasini rivojlantiriş maqsadida Prezidentimiz taşabbusi bilan umumtaʼlim maktablari uçun 2004-2009-yillarga möljallangan Davlat dasturi işlab çiqildi va u hayotga muvaffaqiyatli tadbiq etildi. Maktab taʼlimini rivojlantiriş umummilliy dasturi doirasida 8500 dan ziyod maktabda quriliş-tiklaş işlari bajarildi. Dastur doirasida qayta tiklaş işlari amalga oşirilgan maktablarning 1326 tasi yoki 16 foizi şaharlarda, 6887 tasi yoki 81 foizi qişloq hududlarida, 288 tasi esa boriş qiyin bölgan hududlarda joylaşgan bölib, bu işlar şahar va qişloq maktablarining moddiy-texnik bazasi orasidagi tafovutning barham topişiga imkon berdi.

Jumladan, tumanimizda uşbu yönalişda olib borilgan saʼy harakatlar natijasida erişilgan natijalarga eʼtiboringizni qaratişga ruxsat bersangiz.

Bundan 20-yil oldin – 1994-1995-yillarda mavjud taʼlim muassasalari moddiy bazasi jihatidan nihoyatda noçor ahvolda faoliyat yuritayotgan edi. Umumtaʼlim maktablari soni 70 ortiq bölgan bölsa, ularning faqatgina 24 tasi zamonaviy binolarda joylaşgan, ulardagi butun taʼlim tizimi bir xillikka asoslangan edi.

Mamlakatimiz mustaqillikka erişgan dastlabki kunlardanoq taʼlim tizimiga alohida eʼtibor qaratilib, uni tubdan qayta isloh qiliş boşlandi.

2014-yilga kelib zamonaviy tipdagi maktablar soni 60 taga yetkazildi.

2004-yilda jami maktablarning 4 tasida zamonaviy tipdagi kompyuter sinflari mavjud edi, 2014-yilga kelib ular soni 53 taga yetkazildi. Bundan taşqari, personal kompyuterlar soni 22 taga yetdi. 2014-yilda taʼlim muassasalarining 14 tasiga zamonaviy noutbuklar, elektron doskalar keltirildi va qolgan umumtaʼlim maktablarini ham uşbu jihozlar bilan töliqtiriş işlari davom qilmoqda.

2004-yilda maktablarning 24 tasida sport zallari mavjud edi. 2014-yilga kelib 48 maktabda 50 taga yetkazildi.

Tumanda bugungi kunda jami 82 ta umumtaʼlim maktablari (şu jumladan 6 ta boşlanğiç taʼlim maktablari), 37 ta maktabgaça taʼlim, 1 ta maktabdan taşqari tarbiya muassasasi ("Barkamol avlod” bolalar markazi), 3 ta bolalar va ösmirlar sport maktablari, 2 ta Bolalar musiqa va sanʼat maktablari – jami 125 ta muassasa faoliyat körsatmoqda.

Tumanimizda mavjud 37 ta maktabgaça taʼlim muassasalarining 16 tasi zamonaviy tipdagi binolarda, 21 tasi esa moslaştirilgan binolarda faoliyat körsatadi.

3 ta Bolalar va ösmirlar sport maktablarining barçasi zamonaviy tipdagi binolarda faoliyat körsatmoqda.

Sanʼatga oşufta öğil-qizlarimiz uçun - Manğit şahridagi 9-sonli Bolalar musiqa va sanʼat maktabi zamonaviy öquv binosida faoliyat körsatmoqda va "Daryo böyi” mahallasida 2014-yilda 150 öquvçi örniga möljallangan yangi öquv binosi qurib, foydalanişga topşirildi.

Tumandagi "Barkamol avlod" bolalar markazi binosi 2013-yilda kapital rekonstruktsiya qilindi va foydalanişga topşirildi.

2014-yilning manzilli davlat investitsiya dasturi doirasida jami 2 ta, şu jumladan Amir Temur nomli ovuldagi 4-sonli umumtaʼlim maktabida "Amudaryosuvquriliş” MÇJ tomonidan 968,9 mln. sömlik kapital rekonstruktsiya işlari amalga oşirilmoqda, maktabga 270 öquvçi örniga möljallangan yangi öquv binosi qurib bitkazilmoqda.

Qiliçboy ovulidagi 15-sonli umumtaʼlim maktabida kapital rekonstruktsiya qiliş işlari olib borilmoqda. Uşbu maqsadlar uçun 668 mln. söm davlat mablaği ajratilgan.

Aziz döstlar!

Kadrlar tayyorlaş milliy dasturi joriy qilinmasidan oldin taʼlim sohasidagi muhim hujjat - "Öqituvçilar va öquvçilar turmuşi moddiy şaroitlarini yaxşilaşga oid qöşimça çora-tadbirlar töğrisida” Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997 yil 20-avgustdagi 409-sonli qarori qabul qilindi. Uşbu qarorda öqituvçilar turmuşining moddiy şaroitlarini yaxşilaş, ayniqsa mehribonlik uylari öqituvçi va tarbiyaçilari iş haqlarini oşiriş böyiça huquqiy asoslar yaratildi.

Uşbu qaror bilan har bir maktabning 1-sinfiga qadam qöyadigan jajji öğil-qizlarning umrbod esida qoladigan "Prezident sovğasi” joriy qilinişi juda katta ahamiyatga ega böldi. Bunda maktabning 1-sinfiga qabul qilingan öquvçilarga 12 nomdagi öquv qurollari va öquvçi papkasining berilişi har bir öğil-qiz, uning ota-onasining Davlatimizda olib borilayotgan siyosatning insonparvarlik asosida ekanini anglaşiga asos böladi. 1997-yildan 2013-yilga qadar 10 millionga yaqin 1-sinf öquvçilariga Prezident sovğalari berildi.

Mustaqillik yillarida taʼlim tizimida joriy qilingan yangiliklardan yana biri – bu maktab öqituvçi va öquvçilarni darsliklar hamda metodik qöllanmalar bilan taʼminlaşning yangi körinişi – ijara tizimining yölga qöyilişi böldi.

Umumtaʼlim maktablari öquvçilarini darsliklar bilan taʼminlaş tizimini yanada rivojlantiriş, ularni naşr etişga buyurtmalarni şakllantiriş mexanizmi hamda ijara tizimini, şuningdek, darsliklar çakana savdosi keng tarmoğini taşkil qilişni takomillaştirişga erişildi.

Amaliyotga joriy qilingan uşbu mexanizmdan aholining keng qatlami uçun xarid qiliş imkoniyatini optimallaştiriş nazarda tutilgan edi.

Davlatimiz rahbari taʼkidlaganlaridek, «Bugungi kunda faqat yuksak bilimli, zamonaviy fikrlaydigan, intellektual rivojlangan va professional tayyorgarlikka ega bölgan yoşlargina sifatli, jadal va innovatsion taraqqiyotning eng muhim şarti va garovi böla olişi, aynan ular mamlakatning buyuk kelajagini taʼminlaşi mumkinligiga kimnidir işontiriş yoki buni isbotlab berişning hojati yöq».

Taʼlim-tarbiya sohasining yaxlit, uzluksiz tizimini şakllantiriş va mustahkamlaş, jumladan, umumiy örta taʼlimdan boşlab örta maxsus, kasb-hunar hamda oliy taʼlimgaça bölgan barça bosqiçlarda yuksak bilimli va malakali kasb tayyorgarligiga ega bölgan avlodni tarbiyalaş jarayonini takomillaştiriş işlari izçil davom ettirilmoqda.

Şu örinda mamlakatimizda taʼlim tizimini rivojlantiriş va unda innovatsion texnologiyalarni joriy etiş böyiça AQŞning CNNkompaniyasining dunyo mamlakatlari böyiça taʼlim holati töğrisidagi qiyosiy axborotida körsatilgan maʼlumotlarga köra, Özbekiston taʼlim sohasidagi innovatsiyalar körsatkiçi böyiça 75,38 ball bilan dunyoda ikkinçi örinni egallaganligi bu sohada amalga oşirilgan işlarning yutuği hamda kadrlar tayyorlaş tizimi töğri şakllantirilganligidan dalolat beradi.

Bu kabi muvaffaqiyatlarga erişişda mamlakatimizda hukm surayotgan tinçlik-xotirjamlikning örni ulkan. Zero, yurtboşimiz taʼkidlaganidek, "... bizning xalqimizga tinçlik va omonlik kerak. Köpni körgan xalqimiz yaxşi biladi, faqat tinçlik va osoyiştalik bölgan, mehr-oqibat, özaro hurmat hukm surayotgan davlatda, jamiyatda farovon va baxtli hayot quriş mumkin, eng ezgu orzu-maqsadlarga erişiş mumkin.

Biz boşimizdan keçirayotgan zamon barçamizdan, har birimizdan ogoh va sezgir bölib yaşaşimizni, bugungi va ertangi kunimizni, tinç hayotimizni özimiz asraşimizni talab etadi. Faqatgina tinçlikni niyat qilişimiz, orzu qilişimiz emas, balki tinçlik, osuda hayot uçun, musaffo osmon uçun albatta kuraşişimiz darkor! Demak, orqamizga qarab, xolisona baho berişimiz zarur. Biz keçirgan hayot oson ötgani yöq. Biz oldin ötmagan katta maktabni ötdik. Bugungi odamlarimiz, ularning dunyoqaraşi, ongu tafakkuri, siyosiy va ijtimoiy faolligi, hayotning maʼnosiga qaraşi yon-atrofimizdagi vaziyat özgarişi bilan yaqqol özgarib borayotgani bugun har qadamda namoyon bölmoqda”.

Yurtboşimiz uşbu fikrlarini yana davom qilib taʼkidlaydilar:

"Sodda qilib aytganda, bugungi fuqarolarimiz, bugungi insonlar bilan 90-yillardagi odamlar örtasida yer bilan osmonça farq bor, desak, bu ham haqiqat. Şu haqda gapirganda, biz, avvalambor, ötgan davr mobaynida qanday qiyin, qanday oğir bölmasin, qanday maşaqqatli sinovlarni boşimizdan keçirişga töğri kelmasin, özimizning oriyatli, ğurur va iftixor bilan yaşaydigan xalq ekanimizni, öz tariximizni, kimning avlodlari ekanimizni esimizdan çiqarmadik. Va uzoqni közlab oldimizga qöygan maqsadlarga erişiş uçun özimizni ayamadik, barça-barça tahdid va xavf-xatarlardan el-yurtimizni himoya qilişga doimo tayyor bölib turdik.

Aynan şuning hisobidan, ana şunday olijanob, öxşa-şi yöq xalqimiz borligi uçun Özbekistonimiz bugungi kunda jahondagi kamdan-kam davlatlar qatorida yuksak, barqaror surʼatlar bilan ösib, odamlarning kundalik turmuşi, hayoti har tomonlama obod va farovon bölib bormoqda. Bir söz bilan aytadigan bölsak, biz barçani hayratda qoldiradigan marralarni qölga kiritmoqdamiz va ertangi kunga katta işonç bilan yaşamoqdamiz!”

Hurmatli anjuman qatnaşçilari!

Yurtboşimiz taʼkidlagan uşbu jarayonda bizning vazifamiz nimalardan iborat ekanligini aniqlab oliş bizning asosiy burçimizdir. Yaʼni, oddiy qilib aytganda, "Kim edigu-kim böldik?!” degan oddiy, lekin purmaʼno savolga javob topişda har birimiz özimiz qöşgan hissamizni sarhisob qilişimiz kerak.

Tumanimizdataʼlim tizimini isloh qiliş yönalişida boşlangan çora-tadbirlarni izçil amalga oşiriş işlari davom qildirilmoqda.

Bugungi kunga kelib eng asosiy diqqat-eʼtiborimiz – taʼlim samaradorligi va mazmunini yangi sifat darajasiga kötariş, öqituvçi va tarbiyaçilarning pedagogik mahoratini oşiriş va pirovard natijada taʼlim oluvçilarga sifatli bilim berişga erişişga qaratilmoği lozim. Lönda qilib aytganda – bundan keyingi faoliyatimiz taʼlim mazmunini oşirişga qaratilmoği zarur. Közlangan uşbu maqsadlarga yetişmoq uçun biz qanday şart-şaroitlarga va qanday salohiyatlarga ega ekanligimizni sarhisob qilib olmoğimiz, 2004-yildan bugungi kungaça ötgan davr mobaynida amalga oşirilgan quriliş-taʼmirlaş işlari, taʼlim oluvçilar uçun yaratilgan şart-şaroitlar, taʼlim tizimini isloh qiliş böyiça amalga oşirilgan izçil çora-tadbirlar, bu borada tumanimiz taʼlim muassaslarida ötgan öquv yilida va umuman, şu kungaça amalga oşirilgan işlar, erişgan yutuqlar hamda yöl qöyilgan ayrim kamçiliklar xususida qisman bölsada töxtalib ötişimiz odatga aylangan, albatta.

Tuman xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlaş va taşkil etiş bölimiga qaraşli umumiy örta taʼlim maktablarida jami 3489 nafar pedagog kadrlar umumtaʼlim maktablaridagi 28833 nafar öquvçilarga taʼlim-tarbiya bermoqdalar.

Jami pedagog xodimlarning 2538 nafarini ayollar taşkil qiladi. Pedagog xodimlarning 2653 nafari - oliy maʼlumotlidir. Örta-maxsus maʼlumotlilar - 834 nafarni taşkil etadi.

Taʼlimda ijobiy natijalarga ega böliş, eng avvalo, yoş avlodga ilmiy bilimlar asoslarini puxta örgatiş, ularda keng dunyoqaraş hamda tafakkur kölamini hosil qiliş, maʼnaviy-axloqiy sifatlarni şakllantiriş borasidagi taʼlim-tarbiyaviy işlarni samarali taşkil etişga yönaltirilgan öquv-seminarlari taşkil qiliş böyiça fanlar kesimida öqituvçi trenerlar tayyorlandi. Ular taʼlim-tarbiya jarayoniga tadbiq qilinayotgan özgarişlar böyiça hamda taʼlim-tarbiyaga yangiça yondoşuvlar böyiça tegişli tavsiyalar berib bormoqda.

Taʼlim-tarbiya tizimining bugungi kundagi asosiy vazifasi ösib kelayotgan yoşlarni vatanparvar, zamonaviy bilim, könikma va malakalarni özlaştirgan hamda jamiyatda öz munosib örnini egallaşga qodir bölgan — komillikka intiladigan barkamol avlodni voyaga yetkazişdir. Bularni amalga oşirişda öqituvçilar uçun öz vaqtida amaliy maşğulotlar va seminar-treninglar taşkil qiliş katta ahamiyatga egadir.

Şu sababli keyingi yillar davomida tuman XTMFMTTEB metodistlari va ijodkor öqituvçilar hamkorligida öqitişning dolzarb masalalari böyiça amaliy-maşğulotlar hamda seminar-treninglar taşkil qiliş odat tusiga aylandi.

Taʼlim-tarbiya samaradorligi natijalarini aniqlab beradigan tadbirlar – 5-8-sinflarda bölib ötadigan maktab öquvçilarining Bilimlar bellaşuvi hamda9-sinf öquvçilari orasida ötkaziladigan fanlar olimpiadasidir.

2010-2011 öquv yilidan boşlab, quyi sinf öquvçilari – yaʼni umumtaʼlim maktablarining 5-8-sinflarida ham taʼlim oluvçilar örtasida ijobiy maʼnodagi raqobatni şakllantiriş imkoniyati tuğildi. Bu Özbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligining 2010-yil 30-dekabr kungi 303-sonli "Umumiy örta taʼlim maktablari öquvçilarining Davlat taʼlim standartlarini özlaştiriş monitoringi va fanlar böyiça bilimlar bellaşuvini ötkaziş töğrisida”gi buyruğida öz aksini topdi va şu yildan boşlab uzluksiz tarzda har öquv yilida mazkur tadbir keng kölamda ötkazilişi anʼanaga aylandi.

Mazkur tadbirlarda tumanimiz jamoasi muvaffaqiyatli iştirok qildi. Jami 45 nafar öquvçilardan iborat tarkibda Bilimlar bellaşuvining Qoraqalpoğiston Respublikasi bosqiçida iştirok qilgan tumanimiz jamoasi aʼzolari 3 ta birinçi, 2 ta ikkinçi hamda 7 ta uçinçi, jami12 ta sovrinli örinlarni egallaşga erişdilar. Ulardan 16-sonli maktabning 2 nafar öquvçisi hamda 55-sonli umumtaʼlim maktabining 1 nafar öquvçisi mazkur tadbirning Özbekiston Respublikasi bosqiçida iştirok qiliş huquqini qölga kiritişdi. Ötgan 2012-2013 öquv yilida ham bu körsatkiç 12 ta örinni taşkil qilgan edi.

- 9-sinf öquvçilari orasida bölib ötadigan fanlar olimpiadasi Qoraqalpoğiston Respublikasi bosqiçida jami 25 nafar öquvçi bilan iştirok qilgan tumanimiz jamoasi aʼzolaridan 3 nafar öquvçi- 9-sonli maktabdan 1 nafar öquvçi, 22-sonli maktabdan 1 nafar va 26-sonli maktabdan 1 nafar öquvçilar Qoraqalpoğiston Respublikasida faxrli 1-örinni, 62-sonli umumtaʼlim maktabidan 1 nafar öquvçi faxrli 3-örinni – jami 4 ta sovrinli örinni qölga kiritdilar. Ötgan öquv yilida tumanimiz jamoasi faqat 3 ta 3-örinni qölga kiritişga erişgan edi.

Uşbu natijalarni qölga kiritişga öz hissasini qöşgan maktab jamoalarining samarali mehnatlari tufayli tumanimiz Bilimlar bellaşuvi yakunlari böyiça Özbekiston Respublikasida 62-örinni egallaşga muvaffaq böldi. Buning mamlakatimizdagi 194 ta tumanga nisbatan olinganini hisobga olsak, erişgan natijalarimiz yomon emasligidan dalolat beradi. Uşbu yönalişdagi tahlillar natijasiga köra, tumanimizning Qoraqalpoğiston Respublikasidagi 15 ta şahar va tumanlari orasida 4-örinni egallaganini alohida taʼkidlab ötiş, uşbu natijalarga erişişga alohida hissa qöşgan umumtaʼlim maktablari jamoalariga barçamizning nomimizdan çuqur minnatdorçilik bildirişimiz örinli bölsa kerak, deb hisoblayman.

Taʼlim-tarbiya jarayoni samaradorligini oşirişda samarali mehnat qilayotgan öqituvçilarni aniqlaş maqsadida ötkaziladigan "Yilning eng yaxşi fan öqituvçisi” körik-tanlovining 14 ta fan böyiça Qoraqalpoğiston Respublikasi bosqiçida tumanimizdan 8 nafar ijodkor öqituvçilar iştirok qilişdi. Mazkur körik-tanlovda Nukus şahri öqituvçilari 7 nafar, Nukus şahridagi "Progress” til örgatiş markazidan bir nafar va Ellikqalʼa tumanidan 2 nafar öqituvçi birinçi örinni egallaşgan bölişsa, tumanimizdan bir yöla 4 nafar öqituvçilarimiz:

- 5-sonli maktab öqituvçisi Barno Saidova frantsuz tilidan;

- 40-sonli maktab öqituvçisi Karomat Xudoyberganova tasviriy sanʼat fanidan;

- 33-sonli maktab öqituvçisi Jangaboy Gulmanov Davlat va huquq asoslari fanidan;

- 30-sonli maktab öqituvçisi Otabek Tajiyev iqtisodiy bilim asoslari fanidan Özbekiston Respublikasi bosqiçida iştirok qiliş huquqini qölga kiritişdi.

Şu tariqa mustaqillik yillarida tumanimizdan "Yil öqituvçisi” körik-tanlovining Özbekiston Respublikasi bosqiçida iştirok etiş imkoniyatiga ega bölgan 40-sonli maktab direktori hamda özbek tili va adabiyoti fani öqituvçisi Sanobar Xöjamuratova, 12-sonli maktabning geografiya fani öqituvçisi Zamira Yeşmuratova, 5-sonli maktabning frantsuz tili fani öqituvçisi Gulbahor Saidova va 40-sonli maktabning boşlanğiç sinf öqituvçisi Sanobar Boboniyozovalar safiga 5-sonli maktab öqituvçisi Barno Saidova, 40-sonli maktab öqituvçisi Karomat Xudoyberganova, 33-sonli maktab öqituvçisi Jangaboy Gulmanov hamda 30-sonli maktab öqituvçisi Otabek Tajiyevlar ham qöşiliş baxtiga muşarraf bölişdi.

Hurmatli yurtdoşlar!

Şuni alohida taʼkidlaşni istardimki, istiqlol yillarida mamlakatimizda dunyoning boşqa heç bir mamlakatida bölmagan darajada öqituvçilik kasbi yuqori darajada eʼzozlanmoqda. 1996-yildan boşlab har yili 1 oktyabr – Öqituvçilar va murabbiylar kuni umumxalq bayrami tarzida nişonlanib kelinmoqdi. Şuning özi ham mamlakatimizda öqituvçilik kasbining naqadar şarafli kasbga aylanganligini körsatadi.

Ötgan davr mobaynida tumanimizdan "Özbekiston xalq öqituvçisi” faxriy unvoni, "El-yurt hurmati” ordeni sohiblari, "Qoraqalpoğiston xalq öqituvçisi”, I va II darajali "Soğlom avlod” ordeni sohiblari, "Qoraqalpoğistonda xizmat körsatgan xalq taʼlimi xodimi”, "Qoraqalpoğistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi” kabi unvonlar sohiblari qatoriga"Mehnat şuhrati” ordeni, "Jasorat” va "Şuhrat” medallari hamda önlab Özbekiston va Qoraqalpoğiston Xalq taʼlimi aʼloçilari qöşilmoqda.

Taʼlimda yaratib berilgan şaroitlardan oqilona foydalanib, fidoyilik namunalarini körsatgan 47-sonli maktabning frantsuz tili fani öqituvçisi Bekbergan Tilavmuratov 1999-yilda Frantsiyada bölib, bir oylik malaka oşiriş kurslarida iştirok qilgan bölsa, uning izdoşlari sifatida 2010 yilda 64-sonli maktab direktori Şuhrat Qurbonov Germaniyada bölib qaytdi, 2011 yilda esa 5-sonli maktabning frantsuz tili fani öqituvçisi Gulbahor Saidova Frantsiyada bir oylik malaka oşiriş kursida böliş şarafiga muyassar böldi. Bunday imkoniyatlar faqat va faqat mustaqillik şarofati bilan yuzaga kelganligini qayta-qayta taʼkidlaş örinli bölsa kerak, albatta.

Fursatdan foydalanib, tumanimiz şarafini munosib himoya qilişga öz hissalarini qöşib kelayotgan yuqorida nomlari tilga olingan fidoyi öqituvçilarimiz va maktab rahbarlarigaözimizning çeksiz minnatdorçiligimizni izhor qilamiz.

Aziz döstlar! Hurmatli mehmonlar!

Tumanimiz umumtaʼlim maktablari va öquv-tarbiya muassasalarida mehnat qilayotgan fidoyi pedagog xodimlarimizning saʼy-harakatlari orqali tumanimiz şarafi munosib himoya qilinib, taʼlim muassasalari orasida öz örnimizni topib, obrö-eʼtiborimiz oşib borayotganligini taʼkidlaş barçamiz uçun nihoyatda muhim va şaraflidir.

Xususan, uddaburonlik bilan iş yuritiş orqali 36-sonli maktab (direktori Jumamurat Yerimbetov) Yaponiya mamlakatining taʼlim sektorini rivojlantiriş böyiça taşkil qilgan loyihasida iştirok qilib, 85 ming AQŞ dollaridan ortiq mablağga jihoz olib kelinişini taʼminlaydigan grant sohibi böldi.

Taʼlim muassasasidagi tozalik va tartib-intizom bilan közga taşlanayotgan 55-sonli (maktab direktori Davron Arikov), 50-sonli (maktab direktori Alişer Eşniyozov) maktablar qatoridaobodonlaştiriş va kökalamzorlaştiriş borasida boşqalarga örnak bölayotgan 33-sonli (maktab direktori Hanifa Yaxşimova), 69-sonli (maktab direktori Bahrom Kölbayev), 52-sonli (maktab direktori Qodirbergan Yeşçanov), 76-sonli (maktab direktori Nurbek Yöldoşev) maktablar qatorida 6-, 27-, 31-sonli maktablarni, taʼlim muassasasini yangi öquv yiliga va kuz-qiş mavsumiga tayyorlaşda namuna bölayotgan 11-sonli (maktab direktori Zulfiya Yusupova), 40-sonli (maktab direktori Sanobar Xöjamuratova), 10-sonli (maktab direktori Gulasal Matyoqubova), 22-sonli (maktab direktori Begmurat Şamuratov), 1-sonli (maktab direktori Inobat Nurimbetova), 20-sonli (maktab direktori Umid Yaqubjanov), taʼlim samaradorligini oşirişda peşqadamlik qilayotgan 16-sonli (maktab direktori Şuhrat Jumaniyazov), 26-sonli (maktab direktori Yalğoş Şamuratov), 64-sonli (maktab direktori Şuhrat Qurbonov) kabi maktablar qatorida 9-, 12-, 13-, 18-, 29-, 39-, 44-sonli maktablarni, tarbiyaviy işlar samaradorligini oşirişga yönaltirilgan tadbirlarda jonbozlik körsatayotgan 48-maktabni atab ötiş örinli.

Erişgan yutuqlarimiz özimizniki. Men şu narsani taʼkidlaşni istardimki, biz mavjud imkoniyatlarimizdan töla foydalana oldikmi yoki yöqmi, degan savol bilan öz-özimizga murojaat qilişimiz kerak. Ana şundagina biz qölga kiritayotgan yutuqlarimiz kölamini kengaytirib, el-yurtimiz işonçini oqlaşga intilamiz.

Bu boradagi yutuqlarimiz tubandagilarda körinadi:

Ötgan öquv yilida bölib ötgan "Bilimlar bellaşuvi”ning hududiy va tuman bosqiçi natijalariga köra 64-, 40-, 31-, 18-, 29-, 26-, 9-, 28-, 15-, 6-, 16-, 12-, 36-, 22-, 55- va 39-sonli umumtaʼlim maktablari öquvçilari tegişliça örtaça 68 balldan 58 ballgaça töplaşga erişişgan. Lekin,bir xil imkoniyatga va bir xil şaroitga ega böla turib 58-, 54-, 25-, 72-, 14-, 24-, 81-, 53-, 51-, 3-, 8-, 80-, 70- va 77-sonli umumtaʼlim maktablari öquvçilari örtaça 10 balldan 40 ballgaça töplaşga erişişgan, xolos.

Eng açinarlisi şuki, oxirgi 4-yilda, yaʼni, Bilimlar bellaşuvi tadbiri joriy qilingan yillar davomida 76 ta umumtaʼlim maktablari orasida surunkali tarzda:

25-sonli maktab 73-örindan;

54- va 81-sonli maktablar 68-örindan;

24-sonli maktab 65-örindan;

51- va 53-sonli maktablar 63-örindan;

23-sonli maktab 58-örindan;

68-sonli maktab 57-örindan yuqori örinlarga kötarila olişmagan va aksinça,

40-sonli maktab 2-örindan;

16- va 64-sonli maktablar 11-örindan;

26-sonli maktab 12-örindan;

31-sonli maktab 13-örindan;

22- va 55-sonli maktablar 14-örindan;

29-sonli maktab 15-örindan;

6- va 15-sonli maktablar 17-örindan past natija qayd qilişmagan.

Fanlar olimpiadasi böyiça ham xuddi şunday tahlillarni keltiriş mumkin, xususan, oxirgi 5-yil davomida unda iştirok qilayotgan 76 ta umumiy örta taʼlim maktablari orasida:

23-sonli maktab bir marta 57-örin va qolgan yillarda 64-örindan yuqori;

81-sonli maktab bir marta 45-örin va qolgan yillarda 56-örindan yuqori;

66-sonli maktab bir marta 57-örin va qolgan yillarda 61-örindan yuqori;

53-sonli maktab ikki marta 45-46-örin va qolgan yillarda 57-örindan yuqori;

80-sonli maktab bir marta 26-örin va qolgan yillarda 57-örindan yuqori;

51-sonli maktab bir marta 43-örin va qolgan yillarda 55-örindan yuqori;

68-sonli maktab bir marta 43-örin va qolgan yillarda 55-örindan yuqori;

43-sonli maktab 50-53-örinlardan yuqori;

57-sonli maktab 47-49-örinlardan yuqori;

37-sonli maktab bir marta 42-örin va qolgan yillarda 53-örindan yuqori natijalarni qölga kirita olişmagan.

Şu örinda aytiş joizki, 43-, 51- va 53-sonli maktablarda yangi rahbarlar tayinlanişi munosabati bilan bir munça jonlaniş közga taşlanmoqda. Lekin surunkali tarzda keyingi bir neça yildan buyon qoloqlikdan çiqa olmasdan, oxirgi örinlarni egallab kelişayotgan yuqorida sanab ötilgan tegişli maktab jamoalariga, ularga boşçilik qilib kelayotgan maktab rahbarlariga qanday baho beriş kerakligini izohlab ötirişga ham hojat bölmasa kerak.

Aziz anjuman qatnaşçilari!

Tumanimiz xalq taʼlimi xodimlarining, öquv-tarbiya muassasalarining boşqada bir qator tadbirlarda, musobaqa va körik-tanlovlarda qölga kiritayotgan yutuqlari talaygina.

Butun öquv yili davomida sidqidildan mehnat qilib, farzandlarimizga bilim sirlarini örgatiş borasida samarali natijalarni qölga kiritayotgan maktablarimiz safi tobora kengayib bormoqda. Öquv-tarbiya samaradorligini oşirişga xizmat qiluvçi "Ustoz-şogird”, "Örgan-örgat” tadbirlari, sinfdan va maktabdan taşqari tarbiyaviy işlar, sport musobaqalari, turli xil körik-tanlovlar, maktabda obodonlaştiriş va kökalamzorlaştiriş işlari, taʼlim muassasalarini yangi öquv yiliga hamda kuz-qiş mavsumiga tayyorlaş, 9-sinf bitiruvçilarini taʼlimning keyingi bosqiçi bilan töliq qamrab oliş kabi tadbirlarda sezilarli yutuqlarni qölga kiritayotgan 11-, 15-, 16-, 18-, 22-, 26-, 28-, 31-, 33-, 40-, 50-, 55-, 64 - va 69-sonli maktablar qatoriga 1-, 5-, 9-, 10-, 12-, 13-, 20-, 29-, 36-, 39-, 41-, 42-, 44-, 52-, 56-, 67-, 75-sonli umumtaʼlim maktablarining qöşilib kelayotgani bizni quvontiradi.

Hurmatli anjuman qatnaşçilari!

Bugun biz uşbu anjumanda taʼlim muassasalarini yaxşi-yomonga ajratib ötiriş niyatida emasmiz. Lekin, yurtboşimiz "Yuksak maʼnaviyat-yengilmas kuç” asarida taʼkidlaganidek, "Bizning xalqimizning dunyoda heç kimdan kam bölmasligi, farzandlarimizning bizdan köra kuçli, bilimli, dono va albatta baxtli bölib yaşaşi uçun bor kuç va imkoniyatlarimizni safarbar etayotgan ekanmiz, bu borada maʼnaviy tarbiya masalasi, heç şubhasiz, beqiyos ahamiyat kasb etadi. Agar biz bu masalada huşyorlik va sezgirligimizni, qatʼiyat va masʼuliyatimizni yöqotsak, bu öta muhim işni öz holiga, özibölarçilikka taşlab qöyadigan bölsak, muqaddas qadriyatlarimizga yöğirilgan va ulardan oziqlangan maʼnaviyatimizdan, tarixiy xotiramizdan ayrilib, oxir-oqibatda özimiz intilgan umumbaşariy taraqqiyot yölidan çetga çiqib qolişimiz mumkin”.

Hozirgi vaqtda axloqsizlikni madaniyat deb biliş va aksinça, asl maʼnaviy qadriyatlarni mensimasdan, eskilik sarqiti deb qaraş bilan boğliq holatlar taraqqiyotimizga va yoşlar tarbiyasiga tajovuz qilmoqda. Maʼnaviy tahdidlar şakllarining aksariyati informatsion xuruj va uydirmalarni tarqatiş orqali yuz bermoqda. Bugungi kunda tobora kuçayib borayotgan bunday xatarlarga qarşi doimo sergak, ogoh va huşyor bölib yaşaşimiz zarur. Bunday tahdidlarga qarşi har tomonlama çuqur öylangan, puxta ilmiy asosda taşkil etilgan, muntazam va uzluksiz ravişda olib boriladigan maʼnaviy tarbiya bilan javob beriş mumkin. Hozirgi davrda har birimiz maʼnaviy tahdidlarga nisbatan loqaydlik, beparvolik va beğamlik illatidan xalos bölişimiz, har bir fuqaro yurtimizda, jahonda sodir bölayotgan har qanday voqea, hodisa, jarayonlar menga, me

🎬 Videogalereya Barçasi →
BIR VATAN, BIR EL, BIR BAYROQ! AMUDARYoDA BAYROQ ESTAFETASI KÖTARINKI RUHDA DAVOM ETDI ▶ BIR VATAN, BIR EL, BIR BAYROQ! AMUDARYoDA BAYROQ ESTAFETASI KÖTARINKI RUHDA DAVOM ETDI 16.11.2026 «Ilğor fermerlar klubi» aʼzolari uçun dala seminarlari ötkazildi ▶ «Ilğor fermerlar klubi» aʼzolari uçun dala seminarlari ötkazildi 16.11.2026 Bolajonlarga yöl harakati qoidalari haqida maʼlumotlar berildi ▶ Bolajonlarga yöl harakati qoidalari haqida maʼlumotlar berildi 13.11.2026 Sayyor qabulda 12 ta murojaatdan 10 tasi ijobiy hal etildi ▶ Sayyor qabulda 12 ta murojaatdan 10 tasi ijobiy hal etildi 13.11.2026 Amudaryo tumanida SEO va JS bölimining yangi binosi foydalanişga topşirildi ▶ Amudaryo tumanida SEO va JS bölimining yangi binosi foydalanişga topşirildi 12.11.2026 Amudaryolik nuroniylar mini futbol böyiça örtoqlik uçraşuvida ğolib çiqdi ▶ Amudaryolik nuroniylar mini futbol böyiça örtoqlik uçraşuvida ğolib çiqdi 12.11.2026 49-sonli boğçada ekologik tarbiyaning amaliy metodikalari namoyiş etildi ▶ 49-sonli boğçada ekologik tarbiyaning amaliy metodikalari namoyiş etildi 12.11.2026 Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi ▶ Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi 12.11.2026 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi ▶ 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi 11.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda ▶ Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda 10.11.2026 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi ▶ 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi 10.11.2026 Aholi salomatligi — oliy qadriyat ▶ Aholi salomatligi — oliy qadriyat 09.11.2026 Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi ▶ Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi 09.11.2026 Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi ▶ Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi 09.11.2026 Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir ▶ Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir 06.11.2026 AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA ▶ AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA 06.11.2026 Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi ▶ Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi 05.11.2026 Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi ▶ Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi 05.11.2026 Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi ▶ Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi 05.11.2026 Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi ▶ Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi 04.11.2026 Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi ▶ Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi ▶ Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi ▶ Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi 03.11.2026 Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi ▶ Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi 02.11.2026 HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI ▶ HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI 02.11.2026 Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi ▶ Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi 31.10.2026 Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda ▶ Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda 31.10.2026 Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi ▶ Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi 31.10.2026 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi ▶ 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi 30.10.2026 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi ▶ 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi 26.10.2026