24.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
24.09.2026, 21:49
Jamiyat 👁 321

XITOY QIShLOGʻINING FAYZLI XONADONI

XITOY QIShLOGʻINING FAYZLI XONADONI

Hayotda yaxshi inson boʻlib yashash, qoʻni-qoʻshni, mahalla-koʻyda izzat-eʼtiborga sazovor boʻlmoq, oilasida atrofidagilar havas qilgulik turmush tarzini shakllantirish oson emas. Buning uchun insonda, avvalo oʻziga nisbatan qatʼiy ishonch va iroda, masʼuliyat hissi boʻlmogʻi joiz. Oilaviy hayot jarayonida qiyinchiliklarga bardoshli, shu bilan birga yaqinlari taqdiriga eʼtiborli, farzandlarga mehr-muhabbat bilan tarbiya beraoladigan insonlargina el-yurt ardogʻiga, hurmatiga sazovor boʻladi.

Amudaryo tumanining qaysi qishlogʻi, mahallasida boʻlmang, biri-biridan ibratli, oʻzgalar eʼtiboriga munosib oilalar borligiga qalbingizda havas uygʻonadi. Xususan, tumanning Xitoy qishlogʻidagi xonadonlarda boʻlsangiz, albatta, necha yuz yillardan beri biri-biriga qondosh-jigarband boʻlib yashab kelayotgan ahil va inoq, mehmondoʻst oilalar turmush tarzi bilan tanishib, koʻnglingiz togʻday yuksaladi: shunday eldoshlaringiz borligidan faxrlanasiz.

“Mening oilam” gazetasi tahririyati yoʻllanmasi bilan Xitoy qishlogʻilik Fayzulla ogʻa Nurimbetov xonadonida boʻldik. Xonadon sohibi Fayzulla ogʻani hamqishloqlari “domla” deya eʼzozlashlaridan bildikki, otaxonning taʼlim-tarbiya sohasiga ancha-muncha  mehnati singgan.

Oddiygina dehqon oilasida dunyoga kelgan Fayzulla Nurimbetov bolaligi, yoshlik davrlarini alohida mamnuniyat bilan xotirlaydi. Sobiq sovet kolxozida traktorchi boʻlib ishlagan otasi Yusuf Nurimbetovning paxta terish mashinasini mohirlik bilan boshqarishlariga havas qilib, boʻsh vaqtini otasining yonida oʻtkazishga harakat qilar, texnikani boshqarishni ham binoyiday uddalardi. Maktab darsliklarini puxta oʻzlashtirib, har kuni “aʼlo” baho olib kelayotgan oʻgʻlining intilishlaridan quvongan otasi:

– Bolam, – dedi bir kuni qatʼiyat bilan, – biz onang ikkalamiz roʻzgʻor tashvishlari bilan boʻlib oʻqiyolmadik, sen, albatta, oʻqishing kerak, oʻqigan –oʻzar, deb bekor aytishmagan. Oʻqimishli boʻlsang, kelajakda farzandlaring ham sendan oʻrnak oladi.

Vaqt oʻtib, Fayzulla ota-onasining orzusini amalga oshirdi. Qoʻlidan  kitobi tushmaydigan Yusuf traktorchining oʻgʻli umumtaʼlim maktabini  muvaffaqiyatli tugatib, Qoraqalpoq Davlat Universitetining fizika fakultetiga oʻqishga kirdi. 1983-yilda mazkur oliygohni fizika fani oʻqituvchisi mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan Fayzulla ogʻa Nurimbetov Xitoy qishlogʻidagi 21-sonli  umumtaʼlim maktabida to nafaqaga chiqquniga qadar, 38-yil davomida yoshlarga taʼlim-tarbiya berdi. Umr yoʻldoshi Gulbahor opa Abdurahmonova bilan turmush qurishganlariga ham hash-pash deguncha salkam 40-yil boʻlibdi.

– Chechangiz Toshkent Davlat Universitetining (hozirgi OʻzMU) matematika fakultetini tamomlagan, – deydi Fayzulla ogʻa, – shu opangiz tufayli, toʻgʻrisi, oila qoʻrgʻonimiz mustahkam.

Bir qishloqda, bir mahallada tugʻilib-oʻsgan Fayzulla ogʻa bilan Gulbahor opa hamjihatlikda  yashab, 4 nafar oʻgʻil-qizni tarbiyalab, voyaga yetkazishdi. 31-yil davomida 21-sonli umumtaʼlim maktabida oʻquvchi-yoshlarga matematika ilmidan saboq bergan Gulbahor opa Abdurahmonovadagi uddaburonlik, mehr-oqibat, qatʼiyatlilik va samimiyat hamda intiluvchanlik xislatlari bugun farzandlariga oʻtgan. Oilaning katta farzandi Jahongir Nurimbetov matematika fani oʻqituvchisi. U bir vaqtning oʻzida 21-sonli umumtaʼlim maktabida oʻquvchi-yoshlarga matematika fanidan saboq berish bilan birga, maktabning matematika faniga qiziquvchi yoshlariga alohida maxsus mashgʻulotlar ham olib boradi. 15-sonli maktabda tashkil etilgan “Matematika bilimdonlari” variativ oʻquv sinfida ham dars oʻtadi. Oʻquvchilari har yili mamlakatimizdagi turli OTMlarga oʻqishga kirishayotganlaridan mamnun. Gulbahor opaning shogirdlarining koʻpchiligi esa bugun el-yurt nazaridagi insonlar. Azizaxon Shomurodova, Xonzodaxon Ollamova, Yodgorbek Ashirovlar bugun oʻz mehnatlari bilan obroʻ-eʼtibor qozonishgan.

Gulbahor opa shogirdlari erishayotgan yutuqlaridan faxrlanib soʻzlarkan, hayotdagi va pedagogika sohasidagi aziz ustozi, xitoyliklarning deyarli yarmiga  maʼnaviyat sirlarini oʻrgatgan marhum otasi Mavlon Abdurahmonovni mehr bilan xotirlaydi. Oiladagi 10 nafar farzandning uchinchisi boʻlgan Gulbahor Abdurahmonova oʻz faoliyati davomida bir necha marta Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi va Xalq taʼlimi Vazirligining faxriy yorliqlari bilan taqdirlanganlar.

Fayzulla ogʻa bilan Gulbahor opa tarbiyasini olgan qizlar ham hayotdan oʻz oʻrinlarini topishib, bugungi kunda ibratli oila sohibalariga aylanishgan. Iqtisodchi mutaxassisligini egallagan Shahnozaxon, mohir chevar Lobarxon, ota-onasi izidan borib, oʻqituvchilik kasbini tanlagan Gulruh, bu oilaning  navqiron ildizlari sifatida unib-oʻsayotgan 12 nafar nevaralar davrasida kechadigan goʻzal turmush tarzi Fayzulla ogʻa bilan Gulbahor opaga zavq-shavq bagʻishlaydi.

Hamisha yaxshilar qadamidan obod, qavm-u qarindoshlar mehridan fayzli xonadonga ming yillik qadrdonlarday mehr-muhabbat qoʻygan quda-andalarining-ku tillaridan shukronalar tushmaydi.

Oilaning suyukli kelini Saidaxonning xush muomalasi, samimiyligi-yu epchilligiga dilda havas uygʻonadi. Oyoq-qoʻli chaqqongina kelinjonni soʻzlatsangiz, Gulbahor opani qaynona emas, onasi kabi aziz tutishini mamnuniyat bilan izhor etadi.

Qaynona Gulbahor opa esa kuyovlarini oʻgʻli Jahongir bilan, kelinini qizlari bilan bab-baravar qoʻyishini aytib, toʻrt nafar farzandi 8, nevaralari bilan 20 nafar boʻlganini quvonib-quvonib eʼtirof etadi.

Oila davrasidagi bu tenglik tamoyili nevaralarga ham oʻtgan. Togʻa, amma-xola-yu jiyanlar katta xonadonga yigʻilib kelishsalar goʻyo bayram boʻlib ketadi. Fayzulla ogʻa bilan Gulbahor opa biz borgan kunimiz nevaralari uchun ezgu niyatlar bilan bunyod etgan yangi imoratga koʻchib oʻtishayotgan ekanlar. Ixcham, zamonaviy meʼmoriy yechimga ega yangi imoratga “oʻng boʻlsin” aytib kelgan qizlari, qudalari, nevaralari tashrifidan shod Fayzulla bobo bilan Gulbahor momo oʻgʻli Jahongir boshchiligidagi oilaviy sozandalarning tabrik kuylari, nevaralarining chiroyli ijrolaridan qalblari yanada yuksaldi. Biri-biridan biyron nevaralarining sheʼrlarini tinglab, olqishladilar.

Bu xonadonda kitobxonlik, sanʼatga oshnolik, ayniqsa, aql gimnastikasi – shaxmat sporti bilan shugʻullanish doimiy anʼana  hisoblanadi. Ayniqsa, kitobxonlik va shaxmat oʻyinlarida bobosi va momosini ortda qoldiradigan nevaralarning intilishlarini koʻrib, toʻgʻrisi, dilimizda havas uygʻondi. Oilaning moʻʼjazgina tomorqa yerida bobosi boshchiligida kuz mavsumining eng soʻnggi yumushlarini katta ishtiyoq bilan bajarayotgan nevaralarning mehnatsevarligini koʻrgan kishi beixtiyor: “oilang, bolachaqang, atrofingda  parvona nevaralaring boʻlsa, shunday boʻlsinda”, – deya havaslanishi tabiiy.

Katta  xonadon dasturxonidagi noz-neʼmatlarning, farzandlar va nevaralarining sogʻlom voyaga yetishida oilaning tomorqa xoʻjaligida yetishtirilayotgan har bir neʼmatning oʻrni  beqiyos. Shu bois, Fayzulla  ogʻa va Gulbahor opa xonadoni tomorqasiga alohida eʼtibor qaratishadi. Kuzgi, bahorgi yumushlar, ayniqsa, mevali daraxtlarga shakl berish, yangidan koʻchat oʻtqazish, kuzgi hosildan boʻshagan yerlarni shudgorlab  qoʻyish, ertagi sabzavotlar ekiladigan yerlarga mahalliy oʻgʻit solib, alohida ishlov berish ishlarini farzandlari, nevaralari birgalikda bajarishadi.

– Bu kabi yumushlarni bolalar zoʻr ishtiyoq bilan uddalashadi, hatto oʻz mehnatlarining mahsulini koʻrib quvonishadi, – deydi Fayzulla ogʻa nevaralarining koʻchat oʻtqazishayotganini mamnun kuzatarkan.

– Bobomning olma-anorlari, uzumi koʻ-oʻ-oʻp, mana buncha! – deydi qulochlarini keng yozib jajji Temurbek. – Men ka-atta boʻlsam, oʻqib-oʻqib Amir Temur boʻlaman, ka-at-ta bogʻlarim boʻladi.

Shirin tilli Temurbek goʻyo bu oilaning davomchilaridan biri sifatida oʻz kelajagini bashorat qilayotganday edi, nazarimizda.

Biz esa, ahillik, oʻzaro mehr-oqibat, mehnatsevarlik va samimiyat choʻgʻidan rang olgan bu fayzli xonadonning har bir aʼzosiga, tillari biyron, halitdan oʻzlarining kelajagi haqida havasga munosib tasavvurga ega jajji nevaralarga qalbimizda ajib ehtirom, havas ila xayrlasharkanmiz, ezgu bir tilak tilimizga koʻchdi:

Nabiralar hali bir kuni,

Bobosidan oʻzib ketadi.

Elim, degan ezgu tuygʻuni,

Yuragiga ekib oʻtadi.

 

Amir Temur siyoqli oʻktam,

Bir bahodir, chaqin boʻladi.

Oʻsha kunda Xitoy qishloq ham,

Dunyoda eng yorqin boʻladi.

 

Robiya YOʻLDOShEVA,

Ravshan BAHROMOV.

M.ShOMURODOV

olgan suratlar.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026