21.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
21.09.2026, 16:20
Adabiyot 👁 262

INShOLAR TANLOVI YaKUNLANDI

INShOLAR TANLOVI YaKUNLANDI

Tumanimizda faoliyat yuritayotgan “Jayxun ilhomlari” nodavlat notijorat tashkiloti tomonidan “Yoshlar – yangi Oʻzbekiston bunyodkorlari” loyihasi asosida joylarda  uchrashuvlar va davra suhbatlari oʻtkazilib kelinmoqda. Bu tadbirlarda tuman mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimi mutaxassislari, shifokorlar, ijodkorlar, maʼnaviyat targʻibotchilari, mahalla faollari, imomlar, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etmoqdalar.

“Oilada farzand tarbiyasining ahamiyati, yoshlarni zararli illatlar va turli axloqsizliklardan himoya qilishda ota-onalar va mahallaning oʻrni”, “Yoshlarning maʼnaviyatini yuksaltirish, ularni kitobxonlikka jalb qilish orqali giyohvandlik, axloqsizlik va zararli taʼsirlardan himoya qilish”, “Yoshlar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi koʻnikmalarini keng targʻib qilish, ularni giyohvandlik, ichkilikbozlik, turli axloqsizliklardan himoya qilish” mavzularidagi suhbatlar aholi va yoshlar orasida ulkan qiziqish uygʻotmoqda.

Shuningdek, tashkilot tomonidan eʼlon qilingan loyihaning mazmun-mohiyati, ahamiyati va loyiha doirasida amalga oshiriladigan ishlar hamda ulardan kutilayotgan natijalar ham keng tarzda tushuntirib borilmoqda.

Tumanimiz yoshlari orasidan iqtidorli, ijodkor, badiiy ijodga ixlosi baland yoshlarni izlab topish maqsadida turli mavzularda maktab oʻquvchilari orasida insholar tanlovlari ham oʻtkazilib kelinmoqda.

Shu yilning 17-noyabr kuni “Jayxun ilhomlari” NNT tomonidan “Yoshlarning maʼnaviyatini yuksaltirish, shu orqali ularni giyohvandlik, axloqsizlik va boshqa zararli taʼsirlardan himoya qilish” maqsadida maktab oʻquvchilari oʻrtasida “Yoshlar – yurt keladagi” mavzusida insholar tanlovi eʼlon qilingan edi. Shu yilning 15-dekabr kuni mazkur insholar tanlovining natijalari badiiy kengash aʼzolari tomonidan oʻrganib chiqildi.

Natijalar esa quvonarli! Maktab oʻquvchilari orasida kelajagidan umid qilsa boʻladigan iqtidorli yoshlarning juda koʻp ekanligiga yana bir bor amin boʻldik.

Tuman xalq taʼlimi boʻlimiga qarashli 42-, 73-, 84-sonli  maktablarning oʻquvchilari insholar tanlovida oʻz faoliyatlari va oʻtkir zehnlarini, makon va zamon haqidagi teran fikrlarini  yana bir marotaba namoyish etdilar. Ularning bu intilishlari besamar ketmadi albatta.

42-sonli maktabning 9 “A”-sinf oʻquvchisi Dildora Tursunboyeva “Taʼsirchan fikrlari, bilimi, dunyoqarashi, shaxsiy  tashabbusi uchun”, shu maktabning 11 “B”-sinf oʻquvchisi Muborak Soatboyeva “Yoshlik va Vatan haqidagi goʻzal tuygʻulari teranligi uchun”, 73-sonli maktabning 9-sinf oʻquvchisi Gulmira Gulimmatova, “Eng yaxshi tahliliy fikrlari uchun”, 11-sinf oʻquvchisi Kumush Gulimmatova “Eng yaxshi samimiy fikrlari uchun”, 84-sonli maktabning 10 “V”-sinf oʻquvchilari Sevinchoy Usmonova “Insonni toʻgʻri  yoʻlga yoʻnaltiruvchi joʻshqin fikrlari uchun”, Mardona Raximboyeva “Vatanparvarlik tuygʻusi ulugʻlangan eng yaxshi tahlili uchun”, Adolat Ollayorova “Shaxsiy fikrini ravon bayon qilgani uchun” “Jayxun ilhomlari” nodavlat notijorat tashkilotining “Tashakkurnomasi bilan taqdirlandi.

“Yoshlar – yurt kelajagi” tanlovining yana bir faol ishtirokchisi 73-sonli maktabning 11-sinf oʻquvchisi Amirxon Tursunov oʻzi yozgan inshosida “Makon va zamon muhitining eng yaxshi badiiy tahlili uchun” tanlov gʻolibi deb topildi.

Insholar tanlovi gʻolibiga tashkilot tomonidan tayyorlangan sovgʻa va “Maqtov yorligʻi” tantanali tarzda topshirildi.

Gʻolib va tashakkurnomalar sohiblari bilim olayotgan maktablarning ustozlar jamoasiga, shu maktablarda faoliyat yuritayotgan maʼnaviyat targʻibotchilariga tashkilot tomonidan samimiy minnatdorchilik bildirildi.

Biz tilga olib oʻtgan maktab oʻquvchilarining kelajakda komil insonlar, goʻzal maʼnaviyatli, el ardogʻidagi fidoyilar safidan oʻrin olishlariga ishonchimiz komil.

“Jayxun ilhomlari” nodavlat notijorat tashkiloti qoshida kutubxona mavjud boʻlib, bu kutubxonada turli janrlardagi qiziqarli adabiyotlar saqlanmoqda. Kutubxonaning  bugungi kunda  231 kitobxon aʼzosi bor. Kutubxonada katta yoshdagi kitobxonlar uchun ham, maktab oʻquvchilari uchun ham birdek qiziqarli kitoblar mavjud.

Shuningdek, bu kutubxonaning Qangli, Kuyukkoʻpir, Doʻrman ovul fuqarolar yigʻinlarida, Qipchoq shaharcha fuqarolar yigʻinida  hamda Gulzor mahalla fuqarolar yigʻinlarida filiallari faoliyat koʻrsatmoqda. Mazkur qishloq kutubxonalaridan olis joylarda yashovchi kitobxonlar ham katta qiziqish bilan foydalanmoqdalar.

Tumanimiz aholisining kitoblarga boʻlgan qiziqishlarini inobatga olgan holda mazkur kutubxonalarda kitobxonlarga har tomonlama  qulayliklar yaratib borilmoqda. Natijada turli yoshdagi kitobxonlar soni yildan-yilga koʻpayib bormoqda.

Tashkilot qoshidagi kutubxonada turli yoshdagi kitobxonlarni uchratish mumkin.

Kutubxonasizdan kitob olib oʻqiyotgan kitobxonlarning qiliqishlari baholanganida katta yoshdagi kitobxonlar orasida Serquyosh koʻchasi 11-uyda istiqomat qiluvchi fuqaro, mehnat faxriysi Maqsud Tojiboyev, maktab oʻquvchilari orasida 40-sonli maktabning 10 “A”-sinf oʻquvchisi Shahlo Yangiboyeva “Eng faol kitobxon” deb tan olindi.

Bu ikkala kitobxonimizga ham tashkilotimiz tomonidan sovgʻa va tashakkurnoma topshirildi.

Kitobxonlarimizga yaxshi kayfiyat tilagan holda, kitob insonning eng yaxshi doʻsti ekanligini yana bir marotaba eslatib oʻtmoqchimiz.

Oʻrozali REYIMOV, “Jayxun ilhomlari” NNT raisi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026 Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi 17.08.2026