21.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
21.09.2026, 15:23
Jamiyat 👁 123

Amudaryo tumani Ichki ishlar boʻlimi tashabbusi bilan "Sogʻlom va barkamol oila" shiori ostida oilaviy tanlovlar oʻtkazildi

Amudaryo tumani Ichki ishlar boʻlimi tashabbusi bilan "Sogʻlom va barkamol oila" shiori ostida oilaviy tanlovlar oʻtkazildi

Respublikamizda Ichki ishlar vaziri sovrini uchun "Sogʻlom va barkamol oila" shiori ostida 3-sektor hududidagi oilalar oʻrtasida sport musobaqalari va kitobxonlik bellashuvlari oʻtkazib kelinmoqda. Aholi oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini, kitobxonlikni targʻib etish maqsadida oʻtkazilayotgan tanlovlarda sektor hududidagi oilalar ishtirok etib, oʻz mahoratlarini sinovdan oʻtkazishmoqda.

Amudaryo tumanida ham Ichki ishlar boʻlimi tashabbusi bilan xuddi shunday tanlovlar va sport musobaqalari oʻtkazildi. «Yosh kitobxon oila» va «Yosh sportchi oila» nomi bilan oʻtkazilgan mazkur tanlovlarda sektor hududidagi mahallalarda yashovchi oilalar qatnashdi.

14-dekabr kuni 82-sonli maktabda shu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirni tuman Ichki ishlar boʻlimi boshligʻining oʻrinbosari Baxtiyor Urazov hamda tuman hokimi oʻrinbosari, Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimi boshligʻi Alisher Yoʻldoshevlar ochib berishdi. 

Tadbirda soʻzga chiqqanlar mazkur tanlovlar Prezidentimizning “Oʻzbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va sportni yanada takomillashtirish va ommalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi, “Sogʻlom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmonlarida koʻrsatilgan vazifalarni amalga oshirish maqsadida oʻtkazilayotganini maʼlum qilishdi. Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining “2020-2025-yillarda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash milliy dasturini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi Qarori ijrosini taʼminlash ham koʻzda tutilganini alohida taʼkidlab oʻtishdi.

Shundan soʻng, tadbirlarga start berilib, maktabning sport zalida sport musobaqalari bellashuvlari, faollar zalida kitobxon oilalar oʻz mahoratlarini sinovdan oʻtkazdilar. Musobaqa va bellashuvlarda sektor hududidan 6 ta oila ishtirok etdi.

Mazkur musobaqa va bellashuvlar ikki yoʻnalish boʻyicha oʻtkazilib, sektor hududidagi oilalar bellashuvida har bir yoʻnalish boʻyicha gʻoliblar saralab olindi.

Sportning "Quvnoq startlar", "Stol tennisi", "Shaxmat", "Shashka" hamda "Badminton" turlari boʻyicha musobaqalarda ishtirok etgan oilalar birgalikda oʻz chaqqonliklarini, abjir va ziyrakliklarini namoyish etib, gʻoliblik uchun kurashdilar. Shuningdek, kitobxonlik hamda maʼnaviyatni targʻib etuvchi "Eng yaxshi maʼnaviy yetuk oila" shiori ostida oʻtgan tanlovda oilalarning bilimdonligi, qanchalik darajada kitoblarga oshnoligi sinovdan oʻtkazildi. Ishtirokchilar bahru-bayt aytishuvlarda zukkoliklarini koʻrsatib, oʻqigan kitoblari, sevgan asarlaridagi qahramonlar haqida maʼlumotlar berishdi. Savol-javoblar viktorinasida ham bir-biridan qolishmaslikka harakat qilishdi.

Sport musobaqalarida faxrli 1-oʻrinni Bobur nomli ovulda yashovchi Guchbayevlar oilasi, 2-oʻrinni Oq oltin ovulida yashovchi Yoʻldoshevlar oilasi, 3-oʻrinni Durunki mahallasida yashovchi Bobojonovlar oilasi egalladi. Kitobxonlik yoʻnalishida esa Oq oltin ovulida yashovchi Yoʻldoshevlar oilasi 1-oʻrin, Bobur nomli ovulda yashovchi Guchbayevlar oilasi 2-oʻrin, Xitoy ovulida yashovchi Xudoyberganovlar oilasi 3-oʻrin gʻolibligini qoʻlga kiritdilar.

Murosasiz va keskin bahslarga boy tarzda kechgan tanlovlar gʻoliblari tuman Ichki ishlar boʻlimi boshligʻining diplomi hamda qimmatbaho sovgʻalari bilan taqdirlandilar. Sektor hududida birinchi oʻrinni egallagan oilalar vakillari musobaqalarning Qoraqalpogʻiston bosqichida ishtirok etadigan boʻlishdi.

Tadbirdan soʻng namoyish etilgan kontsert dasturi barchaga xushkayfiyat baxsh etdi.

O.Xudoyberganova.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026 Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi 17.08.2026