Yangi yil bayrami oldidan dehqon bozorlarida oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligini taʼminlaşga doir tarğibot işlari olib borilmoqda
Polizlarda yoz böyi yetilgan turli meva, sabzavotlar yo quritib, yo bankalarga joylab qiş fasli uçun isteʼmolga tayyorlanadi. Bu inson hayoti uçun koni foyda mevalar, sabzavotlar qişga uy şaroitida ğamlanganida baʼzan bodring, pomidor tuzlamalari, ikralar xavfsizlik qoidalariga amal qilinmasa hayot uçun xavfli mahsulotga aylanişi ham mumkin.
Şuningdek, savdo şoxobçalarida sotilayotgan buningdek mahsulotlarning sifatiga ham eʼtibor qaratiş zarur.
Şu yilning 13-dekabrida tumanimiz markazi hududida joylaşgan umumiy ovqatlaniş, savdo şoxobçalari, maktabgaça taʼlim muassasalarida oziq-ovqat mahsulotlarini saqlaş, taşiş, sotiş qoidalariga rioya qilinişi yaʼni ovqatdan zaharlaniş - botulizm kasalligining oldini oliş böyiça tarğibot-taşviqot tuşuntiriş işlari olib borildi. Ovqatdan zaharlaniş - tarkibida organizm uçun zaharli moddalar bölgan ovqatni isteʼmol qilganda rivojlanadigan kasallik hisoblanadi. Ovqatdan zaharlaniş içida eng köp uçraydigani botulizm kasalligidir.
Botulizm – ötkir yuqumli ovqatdan zaharlaniş kasalligi bölib, oşqozon-içak, markaziy nerv sistemasi, yurak qon tomir tizimini zararlaş bilan keçadi.
Botulizm kasalligi uy şaroitida tayyorlangan pomidor, bodring, patisson marinadi, baqlajon ikrasi va boşqa konserva, oziq-ovqat mahsulotlarini isteʼmol qiliş natijasida yuzaga kelişi mumkin.
Kasallikka çalingan bemorda holsizlaniş, köngil aynişi, qayd qiliş, oğiz qurişi, körişning xiralaşişi, buyumlarning ikkita bölib körinişi, köz qovoğining osilişi, ovoz böğilişi kabi şikoyatlar kuzatiladi. Bunday hollarda bemor darhol şifokorga murojaat qilişi, davo muolajalarini olişi lozim.
Kasallikning oldini olişda fuqarolar - isteʼmolçilar dökonlardan konserva mahsulotlarini xarid qiliş paytida mahsulotning muvofiqlik sertifikatini söraşi, mahsulotni işlab çiqargan korxonaning nomi, sanasi, yaroqlilik muddatini körib, isteʼmolga yaroqli ekanligiga işonç hosil qilib xarid qilişlari kerak. Har bir inson öz hayoti uçun eng avvalo özi javobgar ekanligini anglab yetişlari lozim. Yaʼni, ovqatdan zaharlaniş, botulizm kasalligiga çalinmaslikka ham har kim özi intilişi kerak.
Botulizm kasalligining oldini olişga qaratilgan tarğibot tadbirlarida tuman Sanitariya epidemiologiya osoyiştaligi va jamoat salomatligi bölimining sanitariya va gigiyena bölimi mudiri Durbek Bobojonov oziq-ovqat mahsulotlari savdo dökonlarida sotuvçilarga, dökonga kelgan xaridorlarga bu haqda keng tuşunçalar berdi.
Inson hayoti aziz. Uy şaroitida tayyorlangan korserva mahsulotlari, oziq-ovqat dökonlarida muddati ötib ketgan yo yaxşi saqlanmagan oziq-ovqat mahsuloti baʼzan inson soğliği buzilişiga, hayoti xavf ostida qolişiga sababçi bölişi mumkin.
Şu jihatdan qaraganda buningdek tarğibot tadbirlarining ahamiyati juda katta.
O.RAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶