SOBIQ AFĞONÇI JANGÇILAR SAYoHATGA OLIB BORILDI
Hozirgi kunda tumanimizda 280 nafar sobiq afğonçi jangçilar istiqomat qilişadi. Ular qutluğ kunlarda, hayit bayramlarda bir – birini yöqlab, yiğilişib, samimiy suhbatlar quradilar, oralaridan bemavrid ketgan sobiq quroldoşlarini esga olib, oilalaridan xabar olib turadilar.
Yaqinda Özbekiston veteran jangçi faxriylari va nogironlari birlaşmasining Qoraqalpoğiston bölimining Amudaryo tumanidagi vakili Bahodir Jumaniyozov rahbarligida sobiq afğonçilar uçun yana bir köngilli tadbir ötkazildi: faxriy jangçilardan, Afğon uruşida halok bölgan jangçilarning oila aʼzolaridan köngilli 27 nafari qadimiy va hamişa navqiron Xiva şahriga sayohatga olib borildi.
Ular kun davomida şahardagi qadimiy obidalarni, ajdodlarimiz aqlu zakosi ila yaratilgan meʼmoriy inşootlarni, xalq amaliy sanʼati namunalarini juda qiziqiş bilan tomoşa qildilar.Özlariga köngilli sayohat qilişlariga imkoniyat yaratib bergan tuman hokimligidan juda minnatdor böldilar.
Mahmudjon ŞOMURODOV.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶