BU YeRDA ILMLI,IQTIDORLI ÖQUVÇILAR KAMOLGA YeTMOQDA
Tumanimizdagi yaşil toifadagi maktab maqomiga ega umumiy örta taʼlim muassasalardan biri - bizning 26-sonli maktabimizda öquvçilarning intellektual salohiyatini yuksaltirişlariga, zamonviy bilimlarni çuqur örgatişga qaratilayotgan saʼy-harakatlar özining ijobiy samaralarini berayapti.Buni öquvçilarimiz erişayotgan yutuqlar misolida ham körişimiz mumkin.
Ustozlari saboğini, tarbiyasini qunt bilan egallayotgan öquvçilarimizning 5 nafari joriy yilda fanlar olimpiadasining tuman bosqiçida sovrinli örinlarni qölga kiritişdi.Bular Javlon Saʼdullayev, Faxriddin Maşaripov, Javohir Rajjabboyev,Xursand Saidov,Sohiba Töraboyevalardir.Ularga fan asoslarini örgatişdagi fidoyiligi uçun ustozlari – maktabning kimyo fani öqituvçisi Nodira Kengaşboyeva,biologiya fani öqituvçisi Dilfuza Xidirova,fizika fani öqituvçisi Hamidjon Bozorboyev, ingliz tili fani öqituvçisi Muhabbat Bobojonovalar yaqinda tuman hokimining taşakkurnomasi bilan taqdirlanişdi.
Maktabning 10-sinf öquvçisi Nurşoda Saʼdullayeva “Mening Prezidentim” nomli inşolar tanlovining tuman bosqiçi ğolibi böldi. Yaqinda Xöjayli şahrida “Mening huquq va majburiyatlarim” mavzusida ötkazilgan körik- tanlovning Qoraqalpoğiston Respublika bosqiçidamaktabimiz öquvçilari faxrli uçinçi örinni egallab qaytişdi.
Öquvçilarimizning fan olimpiadasidagi, körik tanlovlardagi erişayotgan muvaffaqiyatlari tufayli maktabimiz tuman maktablari reytingida 4-örinni egallab turibdi.
Öqituvçilar jamoasi ötgan öquv yilida maktab bitiruvçilarining 41 foizi mamlakatimizdagi turli oliygohlarga öqişga kirişga muvaffaq bölgan bölsa, joriy öquv yilida bu körsatkiçni oşiriş maqsadida sidqidildan mehnat qilişayapti.
Muyassar KENJAYeVA, şu maktabning ijodiy-madaniy işlar tarğibotçisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶