“KASBLAR – KELAJAK KAFOLATI” ŞIORI OSTIDA SAYoHAT TAŞKIL ETILDI
Umumtaʼlim maktablarida dekabr – ijtimoiy fanlar oyligi doirasida maktab amaliyotçi-psixologlari tomonidan “Kasblar festivali”, “Kasblar – kelajak kafolati”, “Kasbim - faxrim” mavzularida davra suhbatlari, körgazmali öquv-seminarlari, turli kasb egalari bilan uçraşuvlar ötkazilmoqda.
Ana şunday tadbirlardan biri 42-sonli maktabda ham ötkazildi. Ijtimoiy fanlar oyligi doirasidagi “Kasblar – kelajak kafolati” mavzusida ötkazilgan psixologik suhbatda öquvçi-yoşlar qiziqişlari, orzu-intilişlari, özlari tanlagan kasblarni egallaş xususidagi rejalari bilan örtoqlaşdilar.
Psixologik davra suhbatidan söng, maktabning 10-11-sinf öquvçilari uçun Amudaryo muhandislik texnikumiga va “Tamara tekstil” MÇJ korxonasiga sayohat uyuştirildi.
Maktabning amaliyotçi-psixologi Aziza Qodirberganova rahbarligida taşkil etilgan mazkur sayohat orqali öquvçi-yoşlar kelajakda özlari egallamoqçi bölgan kasblar böyiça zarur maʼlumotlarga ega böldilar. Ayniqsa, Amudaryo muhandislik texnikumida talaba-yoşlar uçun yaratilgan şart şaroitlar, yotoqxona majmuasi, öquv auditoriyalari, kutubxona, maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar uçun möljallangan zal hamda laboratoriya-amaliy maşğulotlar xonalari bilan yaqindan tanişdilar. Şuningdek, texnikumda 2021-2022-yil uçun belgilangan qabul kvotalari, kasb yönalişlari haqidagi maʼlumotlarga ega böldilar.
Şundan söng, öquvçi-yoşlar “Tamara tekstil” MÇJga ham borib, korxona rahbari Tamara Yusupova tomonidan amalga oşirilayotgan işlar, ayniqsa, korxona çevarlari tayyorlagan zamonaviy kiyim-boşlar, korxonada eksportga yönaltirilayotgan tayyor mahsulotlar taxlamlari bilan ham tanişdilar.
Korxona rahbari Tamara Yusupova öquvçi-yoşlarga tadbirkorlik sohasining öziga xos sir-sinoatlari, xalqimizga foydasi xususida sözlab berdi. Sayohat davomida öquvçi-yoşlar tadbirkorlik sohasiga oid, şuningdek liboslar dizayni böyiça özlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldilar. Mazkur sayohat öquvçi-yoşlarning öz hayot yölini töğri belgilaş, özi uçun manzur kasbni tanlaşlarida muhim ahamiyat kasb etdi.
Robiya YÖLDOŞEVA,
42-sonli umumtaʼlim maktabi ijodiy-madaniy masalalar böyiça tarğibotçisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶