Gender zöravonlikka uçragan ayollarga psixologik yordam körsatiş böyiça seminar-trening ötkazildi
Gender zöravonlik geografik, ijtimoiy yoki iqtisodiy çegara bilmaydi. Rivojlanayotgan, rivojlangan mamlakatlarda ham bu muammoga barham beriş jiddiy çoralar körişni talab qiladi. Birlaşgan Millatlar taşkiloti maʼlumotlariga köra, 15 yoşdan oşgan har uçinçi ayol hayoti davomida kamida bir marta bölsa ham, jismoniy yoki jinsiy zöravonlikka uçramoqda.
Mamlakatimizda ayollarga nisbatan zöravonlikning oldini oliş, zöravonlik qurbonlarini reabilitatsiya qiliş böyiça qator aniq çora-tadbirlar amalga oşirilmoqda. Xususan, ayollarga ijtimoiy, iqtisodiy va psixologik yordam körsatişda masʼul taşkilotlar tomonidan ötkazilayotgan trening maşğulotlarining ahamiyati katta.
20-dekabr kuni Amudaryo tumanidagi 16-sonli ixtisoslaştirilgan davlat umumtaʼlim maktabida ham gender zöravonlikka uçragan ayollarga psixologik yordam körsatiş böyiça seminar-trening maşğulotlari ötkazildi.
Seminar-treningda Amudaryo tumani Xalq taʼlimi bölimi psixolog-metodisti, Tatyana Pirlepesova, Ayollarni reabilitatsiya qiliş va moslaştiriş Qoraqalpoğiston Respublikasi tumanlararo markazi direktori Gavhar Çimbayçiyeva, Xotin-qizlar masalalari böyiça profilaktika inspektori Gavhar Ötemuratova va trener, 27-maktab psixologi, Mavluda Törayeva hamda 45 nafar psixologlar qatnaşdilar.
Seminar-treningni 27-maktab psixologi Mavluda Törayeva olib bordi. Mazkur treningda qatnaşçilar gender zöravonligi böyiça asosiy tuşunçalar, zöravonlikning jabrlanuvçisi, sabablari va oqibatlari, bunday holatlarga javoban çoralar taqdim etiş mexanizmlari töğrisidagi maʼlumotlarga ega bölibgina qolmasdan, jabrlanuvçi bilan işlaş usullarini amaliyotda qöllaş böyiça öz malakalarini oşirdilar.
Bundan taşqari, maktab psixologlariga ösmir yoşidagi öquvçi qizlarning ruhiyati va içki dunyosini biliş va şu asosda muomala qiliş borasida maʼlumotlar berildi.
Maʼlumki, ösmir yoşdagi qizlarning özlariga bölgan işonçi ularning rivojlanişi va baxtli hayoti uçun juda muhimdir. Ayol- qizlarning jamiyatdagi maqomi esa jamiyatning rivojlanişi bilan çambarças boğliqdir.
Seminarda zöravonlikka uçragan ayollarning stress alomatlari turlari, asab tizimi holati, stressning oldini oliş va davolaş, stressga olib keluvçi omilga töğridan-töğri taʼsir ötkaziş, stressli vaziyatning asl sababi nimada ekanligini aniqlaş, uşbu vaziyatni özgartira olişni baholaş kabi köplab fikrlar bayon etildi.
Şundan söng, psixologlar trening davomida bir birlari bilan tajriba almaşişdi. Bunday seminar-treninglarni ötkazişdan maqsad, ayollarimizni himoya qiliş, huquqlarini kafolatlaş, işsiz ayol-qizlarda motivattsiya uyğotib, ularda kasbiy könikmalarni şakillantiriş, psixologik, huquqiy, tibbiy, moliyaviy kömak beriş, umuman, ayol-qizlarning jamiyatda öz örnini topişiga kömaklaşişdan iboratdir. Seminarda iştirok etgan maktab psixologlari gender zöravonlikka uçragan ayollarga psixologik yordam körsatiş böyiça bilimlarni yanada mustahkamladilar. Seminar özaro fikr almaşiş va savol-javoblar bilan davom etdi.
Fotima Eşimbetova

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶