TABIATGA 33 696 000 SÖM MIQDORIDA ZARAR YeTKAZGAN ŞAXSLAR QÖLGA OLINDI
Atrof-muhit daxlsizligi köp jihatdan jonli tabiatni asrab-avaylaş, fauna va floraga ehtiyotkorona munosabatda bölişga boğliq. Ayniqsa, tabiat bağridagi turli xil jonzotlarga nisbatan şafqatsizlik qiliş inson uçun juda qimmatga tuşadi. Sababi, har bir jonzotning tabiiy barqarorlikni taʼminlaş, muvozanatni saqlaşdagi örni juda muhim.
Qoraqalpoğiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muxofaza qiliş qömitasining Amudaryo tuman inspektsiyasi va Qoraqalpoğiston Respublikasi Orol böyi tabiatni muhofaza qiliş prokuraturasi hamda Milliy Gvardiya xodimlari bilan hamkorlikda ötkazgan ekologik reyd tadbiri davomida Amudaryo tumanida yaşovçi fuqarolar Ş.Yu va S.Ye, A.Slar tomonidan Ellikqalʼa tumanining "Çuqur Qoq" OFY hududidagi kollektordan noqonuniy ravişda 86 dona ilonbaliq va 75 dona zoğorabaliq, 48 dona qizilqanot, 2 dona sudak baliği, jami 211 dona baliqlarni 10 dona leskali tör bilan ovlab kelayotgan vaqtlarida Ellikqalʼa tumani hududida töxtatildi.
Örganişlar davomida tabiatga 33 696 000 söm miqdorida zarar yetkazilganligi aniqlandi. Şu sababli qonunbuzar fuqarolarga nisbatan tegişli hujjatlar rasmiylaştirilib, ayni paytda Orol böyi tabiatni muhofaza qiliş prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekşiriş harakatlari olib borilmoqda.
H.Soatov, Ğ.Iskandarov, Amudaryo tuman Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş inspektsiyasi inspektorlari.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶