“Biz yoşlar - terrorizm va diniy ekstrimizmga qarşimiz” mavzusida profilaktik tadbir ötkazildi
Axborot kommunikatsiya va informatsion texnologiyalarning tez surʼatlardagi taraqqiyoti ğoyaviy taʼsir ötkaziş imkoniyatlarining kengayişiga turtki bölib, yoşlarning har xil diniy oqimlarga kirib ketişlariga ham sabab bölayotir. Mana şunday ayançli oqibatlarning oldini oliş, yoşlarni vayronkor ğoyalardan himoya qiliş maqsadida Respublikamiz böylab turli xil profilaktik tadbirlar ötkazilib kelinmoqda. Şunday tadbirlardan biri 21-dekabr kuni Amudaryo tumanidagi 57- va 87-sonli maktablarda “Biz yoşlar – terrorizm va diniy ekstrimizmga qarşimiz” şiori ostida bölib ötdi.
Tadbirda Amudaryo tuman Xalq taʼlim bölimi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Amudaryo tumani bölinmasi, Vazirlar mahkamasi huzuridagi Din işlari böyiça qömitasi Qoraqalpoğiston Respublikasi hududiy boşqarmasining Amudaryo tumani Boş mutaxassisi hamda Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari iştirok etişdi.
Tadbirni 87-sonli maktab direktorining örinbosari Mahbuba Madaminova kiriş sözi bilan oçdi va tadbir iştirokçilarini taklif etilgan mehmonlar va mutaxassislar bilan taniştirdi. Şuningdek, tadbirdan közlangan asosiy maqsad, öquvçi-yoşlarni töğri yöldan ozdirişga harakat qilayotgan turli buzğunçi ğoyalarga qarşi immunitetni şakllantiriş, zarur vaqtda ana şunday kuçlarga qarşi maʼrifat ilmi bilan kuraşiş kerakligini tuşuntirişdan iborat ekanligi haqida gapirib ötdi.
Şundan söng sözga Vazirlar mahkamasi huzuridagi Din işlari böyiça qömitasi hududiy boşqarmasining Qoraqalpoğiston Respublikasi Amudaryo tumani boş mutaxassisi Muzaffar Şerimbetov çiqib, öquvçi-yoşlarga murojaat qildi. Taʼkidlanganidek, hozirgi kunda şiddat bilan özgarib borayotgan tahlikali davrda bir tomondan uyuşgan jinoyatçilik, giyohvandlik, odam savdosi kabi tahdidlar kuçayib borayotgan bölsa, ikkinçi tomondan ğoyaviy tahdidlar – axborot xuruji, diniy ekstremizm va missionerlik harakatlari tinçlik va osoyiştalikka öz taʼsirini ötkazmoqda.
Respublika Manaviyat va maʼrifat markazi Amudaryo tuman bölimi mutaxassisi Nizom Yusupov öz sözida mustaqillikka erişganimizning ilk kunlaridanoq, yoşlarni qöllab-quvvatlaş masalasiga katta eʼtibor berilayotganini taʼkidlab ötdi. Afsuski, baʼzi ğoyaviy immuniteti past, dunyoqaraşi tor bölgan, intellektual salohiyati yetarli bölmagan baʼzi yoşlarimiz, bilib-bilmay turli yot oqimlarga kirib qolayotgani afsuslanarli holdir.
Amudaryo tumani Içki işlar bölimi terrorizm va ekstremizga qarşi kuraşiş guruhi katta tezkor vakili Otabek Bekçanov sözga çiqib, bugungi kunda islom dinini niqob qilib, noinsoniy harakatlarni olib borayotgan terrorçilik taşkilotlar qölida qurol bilan musulmon davlatlarida olib borayotgan xunrezliklar hamda ekstremistik qöllanmalar tarqatiş orqali dunyo yoşlarini ongini zaharlab özlarining ğarazli niyatlarini amalga oşirayotganligini taʼkidlab ötdi. Tadbir davomida öquvçilarga terrorizm haqida hujjatli film namoyiş etildi. Tadbir söngida öquvçi-yoşlar özlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassislar tomonidan javoblar oldilar.
Fotima Eşimbetova

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶