22.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
22.09.2026, 03:42
Fan va taʼlim 👁 285

20-sonli maktabda ijtimoiy fanlar oyligi yakuniga bagʻishlangan tadbir oʻtkazildi

20-sonli maktabda ijtimoiy fanlar oyligi yakuniga bagʻishlangan tadbir oʻtkazildi

Amudaryo tumanidagi 20-sonli umumtaʼlim maktabi oʻquvchilari va oʻqituvchilar jamoasi uchun dekabr biri-biridan qiziqarli taassurotlar bilan yakunlanmoqda. Maktabda dekabr – ijtimoiy fanlar oyligi doirasida “Tarixiy xotirasiz kelajak yoʻq” mavzusida ijtimoiy fanlar uslubbirlashmasi aʼzolari tomonidan tarix fanidan namunali ochiq  darslar, zakovat bellashuvlari, sinflararo va guruhlararo bilimdonlar bahslari, maktab amaliyotchi  psixologi tomonidan “Kasblar haftaligi” tadbirlari oʻtkazildi. Shuningdek “Siz qonunni  bilasizmi?”, “Madhiyamiz - faxrimiz” mavzularida  kengaytirilgan savol-javob kechalari, davra suhbatlari, adabiy-musiqiy tadbirlarda maktabning  quyi sinflari hamda yuqori sinflar oʻquvchilarining faol ishtiroki taʼminlandi. Oylikning  soʻnggi haftasida barcha tadbirlar umumlashtirildi va yakuniy tadbirda oʻquvchilar fan oyligi  davomida olgan bilim va koʻnikmalarini amalda  namoyon etishlari uchun sharoit yaratildi.

Tadbir oʻtkaziladigan maktab foyesi buyuk ajdodlarimizning portretlari, jahon ilm-faniga qoʻshgan beqiyos ulkan  hissalari haqida hikoya qiluvchi suratlar, aʼbomlar, oʻquvchilar tomonidan tayyorlangan koʻrgazmali vositalar, ijtimoiy  fanlar oyligi aks ettirilgan devoriy gazetalar bilan bezatildi.

Tadbirni maktab direktori kirish soʻzi bilan ochdi va dunyo ilm-faniga, tarix, matematika, tibbiyot, huquqshunoslik, jugʻrofiya kabi fanlarning rivojiga munosib hissa qoʻshgan olimlar, shuningdek haqiqiy islom dini taraqqiyotini taʼminlagan, hamon musulmon olamining shon-sharaf choʻqqisida turgan imom Buxoriy, At-Termiziy buyuk sarkardalar, Jaloliddin Manguberdi, Amir Temur, afsonaviy Toʻmaris, Shiroq, Alpomishlarning  buyuk maʼnaviy merosi haqida soʻz yuritdi.

Shundan soʻng, tadbirning asosiy qismi boshlandi. Unda  oʻquvchi-yoshlar fan oyligi davomida oʻzlari olgan bilimlari boʻyicha viktorina savollariga javob berdilar. 8-9-sinflar oʻquvchilari oʻzlari tayyorlagan bukletlar va Oʻzbekiston davlatchilik tarixiga oid chizgan suratlari, buyuk ajdodlarimiz – Abu Ali Ibn Sino, Imom Al-Buxoriy, Jalollidin Manguberdi, Temur Malik  Amir Temur, Al Xorazmiy, Al Beruniy, At-Termiziy kabi tarixiy siymolarning bunyodkorlik ishlari, buyuk kashfiyotlari, dunyo ilm-fani va siyosatiga qoʻshgan hissalari, ayniqsa, yengilmas sarkarda, yirik davlat arbobi Amir Temurning davlatchilik tarixi, sarkardilik qobiliyati va shon-shuhrati xususida maʼruzalar qildilar. Shu bilan birga oylik davomida olgan bilimlari boʻyicha oʻquvchi oʻquvchining xotirasini sinovdan oʻtkazishlari uchun imkoniyat yaratildi va oʻquvchilar bir-birlariga savollar berishlari asnosida oʻtilgan davrs-mashgʻulotlar saviyasiga baho berildi.

Maktabda oʻtkazilgan mazkur tadbir oʻquvchilar qalbida xalqimizning buyuk tarixiga hurmat, milliy-maʼnaviy hamda tarixiy qadriyatlarimizga hurmat tuygʻusini yanada mustahkamladi.

Robiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026