22.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
22.09.2026, 02:41
Fan va taʼlim 👁 215

56-SONLI MAKTABDA “YaNGI YIL SARGUZAShTLARI” BAYRAM KEChASI OʻTKAZILDI

56-SONLI MAKTABDA “YaNGI YIL SARGUZAShTLARI” BAYRAM KEChASI OʻTKAZILDI

“Yangi yil” bayrami bolajonlar tomonidan intiqib kutiladigan quvonchli bayramlardan biri hisoblanadi. Ayniqsa bezatilgan archa atrofida kuy-qoʻshiqlar, raqslar va sahna koʻrinishlari ijro etilishi, davraga turli ertak qahramonlarining tashrif buyurishi va Qorbobo hamda Qorqiz tomonidan sovgʻalar ulashilishi bolajonlarga olam-olam quvonch bagʻishlaydi.

Yangi yil arafasida tumanimizdagi barcha maktablarda va maktabgacha taʼlim muassasalarida Yangi yil bayrami tantanalari tashkil etilmoqda.

Ana shunday tadbir shu yilning 24-dekabrida Mangʻit shahrining Durunki mahallasidagi 56-sonli maktabda ham katta shodiyonalar bilan oʻtkazildi. “Yangi yil sarguzashtlari” mavzusida oʻtkazilgan ushbu bayram tadbirida ertak qahramonlarining chiqishlari, kichkintoy bolajonlar tomonidan ijro etilgan kuy-qoʻshiqlar va raqslar barchaga birdek manzur boʻldi.

Ayniqsa bayram tadbirida Mittivoy, Qizil qalpoqcha, Shum bola, Shumtaka, boʻri kabi ertak qahramonlarining chiqishlari, ularning oʻgʻirlangan Oppogʻoyni yovuz niyatli Yalmogʻiz va qaroqchilardan qutqarish yoʻlidagi sarguzashtlari ishonarli tarzda jonlantirib berilgan. Bunday koʻrinishlar bolajonlarda yaxshilik sari intilish hislatlarini paydo qiladi albatta. Moʻʼjizaga  ishongan bola ulgʻaygach, oʻzi ham, albatta, xayolot mevasini hayotga tatbiq etishga, ertak qahramonlari singari yaxshilikni amalga oshirish uchun kurashishga, jasoratli boʻlishga, yovuzlik ustidan gʻalaba qozonishga intiladi.

Davraga Qorbobo va Qorqizning kirib kelishi, ularning barchani Yangi yil bayrami bilan tabriklashi hamda sovgʻalar ulashishi bolajonlar quvonchiga quvonch qoʻshdi.

Qorbobo va Qorqiz bolajonlar bilan oʻqishlari, sinfdosh doʻstlari, yangi oʻqigan kitoblari haqida suhbatlashdi. Topishmoqlar aytib, bolalarning  zehnini, aqlini sinovdan oʻtkazdi va hozirjavobligi, bilimdonligidan xursand boʻldi. Ayniqsa, mazmunli maqollar aytishi Qorbobo va Qorqizni juda quvontirdi.

Shundan keyin bayramona bezatilgan archa atrofida boljonlar  ijrosidagi raqslar va qoʻshiqlar yana qizgʻin davom etdi. Bayram tomoshalari bolajonlarga bir olam zavq bagʻishladi. Ular rang-barang chiroqlari tovlanib turgan maftunkor archa atrofida Qorbobo, Qorqiz va turli ertak qahramonlari bilan birga qoʻshiq aytib, raqsga tushdi.

Maktabda tashkil etilgan Yangi yil bayrami nafaqat oʻquvchilarda, balki, barcha oʻqituvchilarda ham zoʻr kayfiyat paydo qildi. Chunki har bir oʻqituvchi, har bir ustoz oʻz oʻquvchisining, oʻz shogirdining quvonchli damlarini koʻrishdan, albatta cheksiz xursand boʻladi.

Maktab jamoasi 2 “B”-sinf oʻqituvchisi Dilfuza Safarboyeva va 3 “B”-sinf oʻqituvchisi Muborak Ahmedovalarning yangi yil bayrami tadbiriga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazishdagi faol harakatlardan minnatdor boʻlishdi.

Allambergan JUMANIYoZOV.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026