24.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
24.09.2026, 20:34
Jamiyat 👁 354

PROFESSOR MATChONOV OLIMJON DAVLATBOYeVICh OʻZI TAHSIL OLGAN 29-SONLI MAKTAB OʻQUVChILARI VA SOBIQ USTOZLARI BILAN UChRAShDI

PROFESSOR MATChONOV OLIMJON DAVLATBOYeVICh OʻZI TAHSIL OLGAN 29-SONLI MAKTAB OʻQUVChILARI VA SOBIQ USTOZLARI BILAN UChRAShDI

Insonning xotirasidan koʻp narsalar, voqea-hodisalar oʻchib ketishi mumkin. Lekin bolalik, oʻsmirlik va yoshlik damlari bilan bogʻliq unutilmas lahzalar borki, bu damlar bilan inson mangu xotiralar ogʻushiga takror va takror qaytaveradi. Ayniqsa, ilk taʼlim-tarbiya olgan maktabi, ustozlari bilan bogʻliq shirin xotiralar mangu uygʻoqdir va insonni bagʻriga chorlayveradi.

Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi bioorganik kimyo amaliy texnologiyalar laboratoriyasi mudiri, kimyo fanlari doktori, professor, Oʻzbekiston Milliy Universitetining kimyo fakulteti oʻqituvchisi Matchonov Olimjon Davlatboyevich asli Amudaryo tumanidan. U tumanning Qangli ovulida tugʻilib-oʻsgan va ovuldagi 29-sonli umumtaʼlim maktabida tahsil olgan.

Olimjon Matchonov har gal oʻzi tugʻilib-oʻsgan ovulga kelganida, albatta, bolalik va yoshlik xotiralariga guvoh 29-sonli  maktabga tashrif buyurib, bugungi avlod vakillari boʻlgan oʻquvchi-yoshlar bilan uchrashadi. Oʻzi  taʼlim olgan sinfxonalarga kirib, maktab hayotiga oid oʻzgarishlar, taʼlim-tarbiya jarayonlari bilan  yaqindan tanishadi.

Yangi yil bayrami arafasida Matchonov Olimjon Davlatboyevich 29-sonli maktabning sobiq direktori, qadrdon ustozi, ayni paytda 90 yoshga toʻlgan faxriy oʻqituvchi Durdiboy ota Yerdoshevning xonadonida boʻlib, aziz ustozini muborakbod etdi. Nuroniy ustoziga shogirdlik ehtiromi ila bayram sovgʻalarini topshirdi. Ustoz va shogird olis yillar xotiralarini esladilar. Hayotda erishgan yutuqlari, yangilanishlar, oʻzgarishlar haqida fikrlashdilar.

Shundan soʻng, Olimjon Matchonov 29-sonli maktabda boʻlib, oʻquvchi-yoshlar bilan uchrashdi, maktab kutubxonasiga kitoblar toʻplamini sovgʻa qildi. Uchrashuv tadbirida maktabning yuqori sinf oʻquvchilari, maktab oʻqituvchilari, faxriy ustozlar ishtirok etdilar. Sobiq oʻquvchi, ayni paytda Oʻzbekistonga, qolaversa, dunyodagi kimyogar olimlarga yaxshi tanish, kimyo fanlari doktori, professor darajasiga yetishgan Matchonov Olimjon Davlatboyevich yoshlarga ilm olish, oʻqib-oʻrganishning, ilmiy  faoliyat yuritishning xalqimiz va Vatanimiz ravnaqi uchun beqiyos katta foydasi xususida soʻz yuritib, bugungi yosh maktabdosh doʻstlarini ilm choʻqqilarini egallash sari dadil qadamlar qoʻyishga chaqirdi.

Shundan soʻng, Qangli OFY raisi Rustam Xudoyorov, mehnat faxriysi Jangaboy Rajabov, professor Olimjon Matchonovning birinchi ustozi Sulton Avazmetov, faxriy ustoz Yoʻldosh Saparboyev hamda 29-sonli maktabning ayni paytdagi direktori Bahrom Saparovlar soʻzga chiqishib, 29-sonli maktabda taʼlim-tarbiya olgan, ayni paytda taniqli kimyogar olim darajasiga erishgan qanglilik professor Olimjon Matchonov bilan faxrlanishlarini taʼkidladilar.

Tadbirda professor Olimjon Matchonovning otasi Davlatboy ota Matchonov ham soʻzga chiqib, oʻgʻlining oʻquvchilik, talabalik yillari, tinimsiz ilmiy izlanishlar olib borish, oʻqib-oʻrganish, olimlik darajasiga yetishish yoʻlidagi mashaqqatli mehnatlari, qiyinchiliklarni sabr-toqat va matonat bilan yengib oʻtgani haqida oʻquvchi-yoshlarga soʻzlab berdi. Uchrashuv tadbirida oʻquvchi-yoshlar professor Olimjon Matchonovga oʻzlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qildilar va barcha savollariga batafsil javoblar oldilar.

Risolat IBRAGIMOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026