24.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
24.09.2026, 20:34
Jamiyat 👁 103

YaNGI YIL MUBORAK, AZIZLAR!

YaNGI YIL MUBORAK, AZIZLAR!

Aziz yurtdoshlar! Muhtaram otaxon va onaxonlar, munis va mehribon opa-singillar, qondosh va qarindosh aka-ukalar!

Xalqimizning kelajagi, ishonchi va tayanchi boʻlgan navqiron yoshlar!

Avvalo, barchamizning  hayotimizda yangi sahifa ochib, har birimizning qalbimizda yangi orzu-niyatlar uygʻotib, ona Vatanimizga kirib kelayotgan Yangi – 2022-yil muborak boʻlsin. Siz azizlarga yuksak ehtirom va hurmat ila ezgu tilaklarimizni izhor etamiz.

Azizlar, hayot davom etar ekan, albatta, sinovlar bor, qiyinchiliklar bor. Shuning uchun ham donishmand xalqimiz: “Yil yilga oʻxshamaydi, har yilning oʻz sir-sinoati bor”, deb bejiz aytmagan. Buni shu kunlarda dildan his etmoqdamiz. Tarix sahifalaridan joy olayotgan 2021-yilda ham avvalgi yildagi kabi koronavirus degan koʻrinmas yov xavf-xatarini boshimizdan kechirdik. Albatta, bu xavf-xatarlarni bartaraf etish uchun davlatimiz, hukumatimiz barcha choralarni koʻrdi, xalqimiz bir  tan-u bir jon boʻlib jipslashdi. Nuroniy otaxon va onaxonlarimizning duolari bilan yuksak onglilik hamda mustahkam intizom tufayli bu sinovni, inshaalloh, yengib oʻtmoqdamiz.

Butun mamlakatimiz xalqi kabi amudaryoliklar ham sinovlar qarshisida sinmay, matonat va mardlik  namunalarini koʻrsatayotganlari qalbimizga quvonch va gʻurur bagʻishlaydi. Nihoyatda murakkab kelgan, qurgʻoqchilik, suv tanqisligi, harorat keskin koʻtarilib, jazirama issiq havo kuzatilgan 2021-yilda tuman ishlab chiqarishining barcha sohalarida muvaffaqiyatlarga erishildi. Mirishkor dehqonlarimiz – chorvador-u gʻallakor, paxtakor va pillakorlar, sohibkor-bogʻbonlar, tadbirkor va ishbilarmonlar erishgan yutuqlar solnomasi har bir koʻngilga xotirjamlik, ertangi kunga yuksak ishonch bagʻishlaydi. Chunki bu yutuqlarda xalqimizning obod va farovon hayoti namoyon.

Yurtimizga Yangi yil kirib kelayotgan tarixiy lahzalarda bilimga chanqoq, intiluvchan, dunyo yoshlari bilan bellashishga qodir amudaryolik yoshlarning qalblarga nur va surur bagʻishlovchi ezgu orzulari yoʻlida dadil olgʻa tashlayotgan har bir qadami nafaqat Amu eliga, balki jonajon Oʻzbekistonimiz taraqqiyotiga, kelajagiga betakror qudrat bagʻishlashiga chin dildan ishonamiz.

Aziz va qadrli yurtdoshlar!

Ilohim, dilimizdagi jamiki olijanob tuygʻularimiz, orzu-intilishlarimiz roʻyobga chiqsin! Xalqimiz tinch va xotirjam, Vatanimiz sarhadlari daxlsiz, osmonimiz musaffo boʻlsin. Kirib kelayotgan 2022-yil har bir xonadonga mehr-oqibat, koʻngillarga xotirjamlik, yurtimizga fayz-baraka, tan-u jonlarimizga sogʻlik baxsh etsin!

Yangi yil muborak, azizlar!

Yangi yil har qalbda Quyoshday balqsin,
Xavf-u xatarlardan yiroq boʻlsin dil.
Ezgu niyatlarga poyidor xalqim,
Umringizga porloq chiroq boʻlsin yil!

"Taraqqiyot koʻzgusi" gazetasi tahririyati

🎬 Videogalereya Barchasi →
Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026