NURONIYLAR UÇUN TADBIR ÖTKAZILDI
Mamlakatimizda heç bir soha vakili eʼtibordan çetda qolayotgani yöq. Buning isbotini esa yangidan qabul qilinayotgan qonun va qarorlardan yaqqol körişimiz mumkin.
2017-yil avgustda qabul qilingan Qonunga muvofiq dekabr oyining ikkinçi yakşanbasi “Özbekiston Respublikasi qişloq xöjaligi xodimlari kuni” qilib belgilandi. Şuningdek, qişloq xöjaligi xodimlarining jamoa-şartnomaviy hujjatlarda mehnat xavfsizligi darajasini kötariş, iş örinlarida sanitar-gigiyenik vaziyatni yaxşilaş, xodimlarni yakka tartibdagi va jamoaviy himoya vositalari, sanitar-maişiy xonalar bilan taʼminlaş, mehnat muhofazasi qoidalariga rioya etiş masalalariga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Ha, halol, maşaqqatli mehnatlari evaziga xalqimizning rizqini butun, dasturxonini tökin qilayotgan qişloq xöjaligi xodimlari har qança eʼzoz-eʼtirofga sazovordir.
Şuni taʼkidlaş joizki, oramizda tumanimiz qişloq xöjaligi rivojiga munosib hissa qöşgan, bugungi kunda özlarining dehqonçilikdagi tajribalarini yoşlarga örgatib soha sir-asrorlaridan saboq berib kelayotgan nuroniylar talay.
Yangi yil bayrami munosabati bilan tuman Mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş bölimida ana şunday tabarruk insonlar uçun bayram tadbiri taşkil etildi.
Tadbir boşlanişidan oldin nuroniylar Mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş bölimi huzurida taşkil etilgan “Nuroniylar” maskani, nuroniylar kutubxonasi, maʼnaviyat xonasi va trenajer zali bilan tanişib, bu yerda ular uçun yaratilgan şart-şaroitlar va eʼtibordan mamnun böldilar, trenajer zalida örnatilgan sport anjomlarida jismoniy maşqlar bajarib, tanalarini çiniqtirdilar.
Tadbirda tuman hokimining qişloq va suv xöjaligi masalalari böyiça örinbosari Islom Matkarimov, Mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş bölimi boşliği örinbosari Bahodir Baltabayev, Fermer, dexqon xöjaliklari va tomorqa yer egalari Kengaşi raisi Ilhom Polvonovlar nuroniylarni bayram munosabati bilan tabrikladilar.
Amudaryo tumanida istiqomat qiluvçi, qişloq xöjaligi sohasiga munosib hissa qöşgan 12 nafar nuroniylarga “Nuroniy” jamğarmasi Respublika Boşqaruvi raisi, Mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş vaziri örinbosari, Özbekiston Qahramoni, Senat aʼzosi Sodiqjon Turdiyevning bayram tabriknomasi va esdalik sovğalari taqdim qilindi. Şundan söng, nuroniylar bayram munosabati bilan taşkil qilingan “Diydor şirin” bayram dasturxoniga taklif qilindi va bir piyola çoy ustida birgalikda suhbat qurdilar.
Tadbir yakunida nuroniylar özlariga körsatilayotan hurmat va eʼtibordan mamnun bölib, taşkilotçilarga raxmat aytdilar va duo qildilar.
Aslida birovning könglini kötariş, uning ertagi kunga işonçini mustahkamlaş uçun dunyolar şart emas, ozgina mehr-eʼtibor kifoya. Buni qişloq xöjaligi sohasida fidoyi mehnat qilgan nuroniylar uçun taşkillaştirilgan tadbir misolida ham yaqqol köriş mumkin edi.
Oygul RAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶