ÖĞRILAR QÖLGA TUŞDI
Har kim öziga berilgan hayotni qadrlab, töğri va halol yaşasa, boşqalarga ziyon yetkazmasa saodatli umr keçiradi. Biroq şunday kimsalar ham borki, ular qinğir va notöğri yöllardan yurib, umrini xazon, hayotini barbod qiladi.
Respublikamizdagi tumanlardan birida yaşovçi Salimjon va Karimjon (ismlar özgartirilgan) ham yoşgina, kuç-quvvatga tölgan bölişlariga qaramasdan halol mehnat qiliş örniga özgalarning mulkini öğirlab sotiş orqali pul topişni maʼqul körişdi. Özaro jinoiy til biriktirib, mahallalardan birida joylaşgan sanoat zonasi hududidagi quriliş taşkilotiga tegişli bölgan omborxonadan metall payvandlaş uskunasi, elektr nasos, elektromotor qurilmasi va şu kabi qimmatbaho aşyolarni yaşirin ravişda talon-taroj qilib, olib ketişdi. Uşbu texnik uskunalarni 11 mln.dan ziyod pulga sotib, birdaniga mömay “daromad”ga ega bölişdi.
Şundan söng, ikki “hamkor” keçalari yana “ov”ga çiqib, qator öğirliklar sodir qilişdi. Ömargan mollarini sotib, ega bölgan pullarini teng taqsimlaşdi va öz ehtiyojlariga sarflab yuborişdi. Jinoiy şeriklar qinğir işlarini davom ettirib, noqonuniy yöl bilan qisqa fursat içida jami 20 mln.ga yaqin “daromad” topişga erişişdi.
Biroq huquqni muhofaza qiliş idoralari xodimlarining tezkor harakatlari tufayli jinoyatçi öğrilar qölga olindi va sud hukmiga köra ularga tegişli jazo tayinlandi.
U.Orazbayeva, Nukus şahar IIO FMB 1-son IIB huzuridagi Tergov guruhi tergovçisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶