YoŞLARGA YaRATILGAN IMKONIYaT yangi rejalarga yöl oçadi
Kasbning yaxşi-yomoni bölmaydi, deyişadi. Aslida ham odam egallagan kasbida qunt bilan işlasa, eʼzozlasa, elaro obrö-eʼtibor topadi.
Men yurtdoşlarimiz uçun eng kerakli – tikuvçilik kasbini tanladim. Amudaryo agrobiznes kasb-hunar kollejida tikuvçilik yönalişi böyiça tahsil oldim. Dars maşğulotlaridan olgan bilimlarimizni amaliy maşğulotlarda mustahkamlab bordik.
Şuni quvonç bilan aytgim keladiki, bizning mamlakatimizda ösib kelayotgan yoş avlodga taʼlim-tarbiya berib, kasb-hunarli qiliş bilan ham çegaralanmay, kelgusida munosib mehnat faoliyatini boşlab olişiga ham ğamxörlik qilinadi. Natijada kasb-hunar taʼlimi bitiruvçilari özlari egallagan mutaxassisliklari, kasb-hunarlari böyiça işga joylaşiş imkoniga ega bölmoqda.
Men kasb-hunar taʼlimini tugallaş oldidan özim kabi yoşlarga yaratilgan imkoniyatlardan foydalanib, 5 mln. söm miqdorida imtiyozli kredit olib, tikuvçilik tsexini oçişga harakat qildim.
Ayni kunda iş boşlaş arafasidaman. Özim kabi tikuvçilika ixlos qöygan 3 nafar qizni iş bilan taʼminlayman.
Libos – inson körki. Yurtdoşlarimizga milliyligimizga xos bejirim liboslar tikib, xizmat qiliş niyatim bor. Çunki kasb-hunar insonni kamolotga eltadi.
Nodira OTAJONOVA,
Amudaryo agrobiznes kasb-hunar kolleji bitiruvçisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶