24.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
24.09.2026, 20:34
Jamiyat 👁 211

“AYoLLAR DAFTARI” BILAN IShLASh TIZIMINING 3-BOSQIChIDA AMALGA OShIRILADIGAN IShLAR BOʻYIChA SEMINAR BOʻLIB OʻTDI

“AYoLLAR DAFTARI” BILAN IShLASh TIZIMINING 3-BOSQIChIDA AMALGA OShIRILADIGAN IShLAR BOʻYIChA SEMINAR BOʻLIB OʻTDI

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida mamlakatimiz hayotining turli jabhalarida xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash, “Ayollar daftari” bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish borasida koʻplab chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Joriy yilning 7-yanvar kuni Amudaryo tumani hokimligining katta majlislar zalida “Ayollar daftari” bilan ishlash tiziminig 3-bosqichida amalga oshiriladigan ishlar” mavzusida seminar tashkil etildi.

Seminarni Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi raisi oʻrinbosari, senator Ulugʻbek Jalmenov, Federatsiyaning Qoraqalpogʻiston Respublikasi Kengashi yetakchi mutaxassisi Maxset Purxanov, boʻlim mudiri Gulnara Ilmuradova va boshqalar ishtirok etdilar.

Shuningdek seminarda Amudaryo tumanidan saylangan Joʻqorgʻi Kenes deputatlari, Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari, tuman Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimining masʼul xodimlari, Mahalla raislari, Mahalla fuqarolar yigʻinlarining xotin-qizlar masalalari boʻyicha mutaxassislari ishtirok etishdi.

Yigʻilishda joriy yilda “Ayollar daftari” bilan ishlash tizimining yangicha yoʻnalishlari haqida maʼlumot berib oʻtildi. Shuningdek, “Ayollar daftari” bilan ishlash tizimining 3-bosqichini tashkil etish boʻyicha Respublika komissiyasi qarori keng turda tushuntirildi.

Seminarda qayd etilishicha, hududlarda davlat va jamoat tashkilotlari xodimlaridan iborat ishchi guruh tuzilib, ular tomonidan xonadonma-xonadon yurib, anketa toʻldirish orqali ayol-qizlarning muammolari oʻrganiladi. Bunda bironta ham ijtimoiy himoyaga muhtoj ayol-qiz eʼtibordan chetda qolib ketmasligi taʼminlanadi.

“Temir daftar”ga kiritilgan oilalardagi xotin-qizlar va farzandi “Yoshlar daftari”ga kiritilgan ayollar “Ayollar daftari”ga kiritilmaydi. Ilgari “Ayollar daftari”ning 1-, va 2-bosqichlarida 1-toifaga kiritilgan hamda doimiy ish oʻrni bilan taʼminlangan ayol-qizlar ham 3-bosqich toifasiga kiritilmaydi.

Ishchi gurux tomonidan honadonlarda oʻrganish ishlari olib borilayotganda boqimandalik holati vujudga kelmasligiga alohida ahamiyat berilib, taʼsirchan tavsiya va usullarni qoʻllash va bunda nuroniylar koʻmagidan foydalanish lozimligi qayd etib oʻtildi.

Seminarda taʼkidlanishicha, “Ayollar daftari”ning 3-bosqich toifalariga daromad manbaiga ega boʻlmagan, tadbirkorlik qilish istagida boʻlgan, boquvchisini yoʻqotgan, I va II guruh nogironligi bor, uy-joyga muhtoj va qaramogʻida nogiron farzandi bor ayol-qizlar kiritilishi belgilangan. Sektor rahbarlari, mutasaddi vazirlik va idoralar tomonidan hududlarga biriktirilgan masʼullar 2022-yil 5-yanvardan 31-yanvargacha xonadonma-xonadon yurish orqali xotin-qizlar muammolarini oʻrganishlari va 10-fevralgacha 3-bosqichga kiruvchi xotin-qizlar roʻyxatini shakillantirishlari lozimligi, 15-fevraldan boshlab esa, 3-bosqich boʻyicha amaliy yordamlar berish choralari boshlanishi lozimligi taʼkidlandi.

Seminar davomida qatnashuvchilar taklif va fikr-mulohazalarini bildirib, oʻzlarini qiziqtirgan savollarga tegishlicha javoblar olishdi.

Kelajak avlodni dunyoga keltiruvchi har bir ayol-qiz eʼtiborga va gʻamxoʻrllikka loyiq. Ularni hayotimizning turli jabhalarida qoʻllab-quvvatlash, hayotda oʻz oʻrnini topishlari uchun yordam berish esa mamlakatimiz taraqqiyoti uchun muhim ahamiyat kasb etadi.

F. Eshimbetova

🎬 Videogalereya Barchasi →
Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026