36-SONLI MAKTABDA HARBIY XIZMATÇI MAHORAT DARSINI TAŞKIL ETDI
Ayni paytda mamlakatimizdagi barça taʼlim maskanlari öquvçi va talabalari uçun qişki taʼtil davom etmoqda. Taʼtil davrida ularning böş vaqtlarini mazmunli taşkil etiş maqsadida esa onlayn olimpiadalar, tögaraklar va boşqa maşğulotlar ötkazilmoqda.
12-yanvar kuni 36-sonli maktabda ham 14-yanvar – Vatan himoyaçilari kuni munosabati bilan tumanimizdagi DXX çegara qöşinlariga qaraşli harbiy qism xizmatçilari tomonidan mahorat darsi taşkil etildi. Dars davomida maktab direktorining maʼnaviyat va maʼrifat masalalari böyiça örinbosari Bahrom Xöjamurodov hamda harbiy xizmatçi Hamza Xöjaniyozov öquvçi-yoşlarga Vatanimizda Qurolli kuçlar taşkil etilganiga 30-yil tölganligi, mamlakatimizning harbiy salohiyati, harbiy xizmatçilar uçun yaratilayotgan şart-şaroit va imtiyozlar, yurt uçun jonini fido qilgan ajdodlarimiz jasorati haqida faxru-iftixor bilan sözlab berdilar. Maşğulot davomida harbiy xizmatçi H.Xöjaniyozov harbiy-texnik jihozlar haqida keng tuşunçalar berib ötdi. Şuningdek, öquvçilarga jangovar qurolni qismlarga ajratiş va yiğişni amalda bajarib körsatdi.
Mahorat darsida öquvçi-yoşlar qalbida Özbekiston Respublikasi Armiyasi va Qurolli Kuçlariga hurmat, faxr va iftixor, vatanparvarlik, jasurlik va mardlik, yurtga muhabbat tuyğulari yanada mustahkamlandi.
O.Xudoyberganova, 36-sonli maktabning maʼnaviy-maʼrifiy masalalar böyiça tarğibotçisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶