24.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
24.09.2026, 20:33
Jamiyat 👁 242

BURChIGA SADOQATLI HARBIY XIZMATChI

BURChIGA SADOQATLI HARBIY XIZMATChI

Vatan bizga ajdodlarimizdan meros qolgan qutlugʻ maskan, aziz tuproq. Uni asramoq, har qarich yerini koʻzga toʻtiyo aylamoq  shu yurt farzandiman, degan inson uchun muqaddas burch. Ayniqsa, yurt ravnaqi va farovonligi yoʻlida xizmat qilish har birimiz uchun ham farz, ham qarzdir.
Vatan himoyachisi boʻlish esa yanada sharafli burchdir. Kindik qoni toʻkilgan Vatanni, mustaqil yurtni koʻz qorachigʻiday asrab-avaylash inson uchun goʻyo oʻz oilasini, shaʼnini, or-nomusini, imon-eʼtiqodini himoya qilish kabidir. Hech shubhasiz, bugungi kunda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlari safida xizmat qilish, Vatan ostonasi daxlsizligini taʼminlash har bir yigit uchun ulkan orzu va maqsadga aylangan. Yurtimizda ana shunday burchiga sadoqat bilan xizmat qilayotgan, kasbini  sharaflab kelayotgan harbiy xizmatchilar safi tobora ortmoqda.
Ayni paytda Amudaryo tumanidagi DXX Chegara qoʻshinlariga qarashli harbiy qismda xizmat qilib kelayotgan katta serjant Hamza Xoʻjaniyozovning sohadagi faoliyati 20-yildan oshib qoldi. Burchiga sadoqat bilan xizmat qilib kelayotgan Hazma Xoʻjaniyozov el-yurtda tinchlik-xotirjamlik hukmron boʻlishiga munosib hissa qoʻshib kelmoqda.
Hamza Xoʻjaniyozov Xorazm viloyatining Xonqa tumanida tugʻilib, voyaga yetdi. Yoshligidan harbiy sohaga qiziqishi kuchli boʻlgan bu yigit 2000-yilda oʻrta maktabni tamomlab, ezgu niyatlarini amalga oshirish maqsadida DXX Chegara qoʻshinlariga qarashli harbiy qismlardan birida muddatli harbiy xizmatni oʻtadi. Muddati tugagach, harbiy qismda shartnoma asosida yana xizmat qila boshladi. U bu davr mobaynida namunali intizomi bilan barchaga oʻrnak boʻldi. Oʻquv mashgʻulotlari va jamoatchilik ishlarida faol qatnashish bilan birga Respublika miqyosida oʻtkazilgan harbiy musobaqalarda koʻplab sovrin va medallar sohibiga aylandi.
U bugungi kunda ham oʻzining bilim va koʻnikmalarini, ilgʻor tajribasini “Ustoz-shogird” anʼanalariga sodiq qolgan holda yosh harbiy xizmatchilarga oʻrgatmoqda. Shu bilan birga u chegara oldi hududlarda joylashgan umumtaʼlim maktablarida tadbirlar tashkil etib, faollik koʻrsatmoqda. Oʻquvchi-yoshlarga mamlakatimizda mudofaa qudratini yuksaltirish, harbiylarning xizmatni aʼlo darajada ado etishlari uchun yaratilgan shart-sharoit, koʻrsatilayotgan eʼtibor va gʻamxoʻrlik xususida keng maʼlumotlar berib, yoshlarning vatanparvarlik tuygʻularini mustahkamlamoqda, harbiylikka boʻlgan qiziqishlarini oshirmoqda.
Bugungidek tinch, xotirjam hayotimiz Qurolli Kuchlarimiz tomonidan ishonchli tarzda himoya qilinmoqdaki, mana shunday masʼuliyatli burchini sidqidildan ado etayotgan, taraqqiyotimiz barqarorligiga kamarbasta boʻlayotgan barcha harbiylar eʼzozlashga, sharaflashga loyiqdir.

O.XUDOYBERGANOVA.
Suratda: tumandagi DXX chegara qoʻshinlariga

qarashli harbiy qism xizmatchisi H.Xoʻjaniyozov (chapda).

🎬 Videogalereya Barchasi →
Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026